Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Relyef – tuproq hosil bо‘lishi va tuproqlarning geografik joylashishida muhim omildir. U yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlarni qayta taqsimlanishida yetakchi rol о‘ynaydi.
Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi va atmosfera yog‘inlari relyef shakllariga monand tarzda qayta taqsimlanadi. Radiatsiyaning qayta taqsimlanishi turli yonbag‘irlarning tikligi va ekspozitsiyasiga bog‘liq. Shimoliy yarim sharning barcha kengliklarida shimoliy yonbag‘rlar yilning barcha mavsumlarida eng kam radiatsiya oladi va sovuq bо‘ladi. Masalan, Tyanshanning shimoliy yonbag‘rlari qishda janubiy yonbag‘rlariga qaraganda 10-15 marta kam quyosh radiatsiyasi oladi, yozda esa – 1,5 marta kam. Baykalorti (Buryatiya)da kunduzi 20 sm chuqurlikdagi tuproq haroratining farqi shimoliy va janubiy yonbag‘rlarda may-iyunda 2-9 0C, iyulda esa 4-7 0C ni tashkil etgan.
Eng issiq yonbag‘ir holati ham yil davomida о‘zgaradi. Yanvardan martgacha yuqori harorat janubi-g‘arbga tо‘g‘ri keladi, keyin zudlikda janubi-sharqqa о‘tadi. Yoz va kuz mobaynida yana janubi-g‘arb, ya’ni orqaga qaytadi. Turli ekspozitsiyali yonbag‘rlarda tuproqning issiqlik tartibining xususiyatlari ularning suv tartibi va о‘simliklar xarakteriga ta’sir etadi, bu о‘z о‘rnida relyef sharoiti bilan bog‘liq tarzda tuproqlarda sezilarli darajada farqlanishga olib kelishi mumkin.
Turli relyef shakllarida havo massalari harakatlarining xususiyatlari bilan bog‘liq tarzda iqlim kо‘rsatkichlari bо‘yicha farqlanadi. Shunga kо‘ra sovuq havo ta’sirida vodiy, yonbag‘ir va tepaga nisbatan kо‘proq issiqlik va namlik oladi, shunga bog‘liq tarzda ularning tuproqlari ham farqlanadi.
Relyefdagi xilma-xillik yer usti suvlari oqimiga ta’sir etib, yer yuzasida atmosfera namligini qayta taqsimlanishida muhim rol о‘ynaydi. Yoqqan yog‘in relyefning baland qismlaridan pastqam joylar tomon oqadi, shu tarzda relyefning balandroq suvayrig‘ich qismlari odatda atmosfera yog‘inlarining ma’lum qismini yо‘qotadi, pastqamliklardagi tuproq esa yuqoridan oqib keladigan suv himmatiga qо‘shimcha namlik oladi. Bu jarayonni Yer yuzasining deyarli hamma qismida uchratish mumkin, chunki amalda mutloq tekis maydonlar kamdan-kam hollarda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |