Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə22/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

2. Tuproqning suv tartibi
Tuproq hosil bо‘lish jarayonida paydo bо‘lish va rivojlanishning asosiy sharoitlaridan biri bu suvning mavjudligidir. Tuproqlar geografiyasida namlikning ahamiyati juda katta. Bir xildagi issiqlik mintaqasida namgarchilik sharoiti bilan bog‘liq tarzda keskin farqlanuvchi tuproq turlari shakklanadi. Masalan, subtropik mintaqaning gumid hududlaridagi nam о‘rmonlarda qizil va sariq tuproqlar, arid mintaqalarda esa – sur – qо‘ng‘ir chо‘l tuproqlari rivojlanadi. Bir tabiat zonasining turlicha rel’yef elementlarida tuproqlarning namlanish darajalari farqlanadi.
Tuproq namlanishining asosiy manbalaridan biri atmosfera yog‘inlari hisoblanadi. Yog‘inlarning shakli (yomg‘ir, qor va b.), shuningdek ularning mavsumlar bо‘yicha taqsimlanish xarakteri ham tuproq qoplami geografiyasiga ta’sir kо‘rsatadi. Tuproq namligining ma’lum qismi havodagi suv bug‘larining kondensatsiyalanishidan vujudga keladi. Tuproqdagi suv zaxirasining tо‘ldirilishi grunt suvlari hisobiga, ular bilan tuproq о‘rtasidagi kapillyar aloqalarning mavjudligi tufayli ham rо‘y berishi mumkin.
Tuproqda suvning sarf bо‘lishi asosan bug‘lanish, desuksiya jarayoni va oqim bilan bog‘liq.
Ma’lum vaqtda tuproqqa suv kirishi, aralashishi, yig‘ilishi va sarfi kabi barcha hodisalar mujassamlamasiga tuproqning suv tartibi deyiladi. Tuproqning suv tartibi tuproqda moddalarning migratsiyasining yо‘nalishi va jadalligini belgilaydi hamda shu bilan birga tuproq kesmasining genetik qatlamlarga differensiyalanishiga va tuproq qoplamining vujudga kelishiga ta’sir kо‘rsatadi.
A.A.Rodening tuproqlarning suv tartibi bо‘yicha ajratgan 6 ta guruhi (muzlagan, yuviladigan, davriy yuviladigan, yuvilmaydigan, terlaydigan va irrigatsion-sug‘oriladigan) ham tuproqlarning tabiat zonalari bо‘yicha taqsimlanish qonuniyatiga deyarli hamohang ekanligini kо‘rish mumkin.
Atmosfera yog‘inlari va bug‘lanish о‘rtasidagi munosabatlardan namlanish koeffitsiyenti kelib chiqadiki, qaysiki bu tuproqlar geografiyasida muhim ahamiyat kasb etadi (2-jadval).

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin