Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə27/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

3. Relyef va tuproqlar geografiyasi
Turli relyef elementlarida tuproqning yoshidagi tafovutlar va tuproq sharoitining differensiyalanishi bilan aloqadorlikda relyef tuproqlarning makonda taqsimlanishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi.
Relyefning uchta guruhi ajratiladi: makro –, mezo – va mikrorelyef. Makrorelyef – bu yer yuzasining yirik shakli bо‘lib, katta hududlarni egallaydi va balandligi bir qancha о‘n metrdan yuzlab metrgacha boradi (tog‘ tizmalari, yassi tog‘lar, tekisliklar va h.k). Mezorelyef – nisbatan kichik hududlarni egallagan, о‘nlab va yuzlab kvadrat metrlarni qamragan shakl bо‘lib, balandligi 1-10 m va undan balandroqda tebranadi (yonbag‘ir, qir va h.k). Mikrorelyef – unchalik katta bо‘lmagan hududlarni egallagan relyefning mayda elementlari bо‘lib, nisbiy balandligi 1 m dan oshmaydi.
Makrorelyef eng avvalo tog‘larda tuproqlarning joylashishida balandlik mintaqalari qonuniyatiga dahldordir. Bu yerda joyning balandligiga qarab iqlim sharoitining о‘zgarishi tuproq qoplamining differensiyalanishida, shuningdek tog‘larningn ,,tо‘siq” samarasi va moddalarning gravitatsion kо‘chishi hal qiluvchi ahamiyatiga ega.
Mezorelyef namning qayta taqsimlanishi, erigan (suyuq) moddalarning migratsiyasiga sabab bо‘ladi; yonbag‘ir ekspozitsiyasi aniq ta’sir kо‘rsatishi mumkin (biroq, har doim emas). Tuproqlar almashinuvining mezorelyef elementlari bilan mustahkam aloqadorligi qonuniyat.
Turli tuproqlardagi dog‘larning qonuniy almashinuvi mikrorelyef elementlarining takrorlanishi bilan bog‘liq. Shuningdek tuproq qoplamining tuzilmaviy (struktura) qonuniyatlari joyning relyefi bilan bevosita bog‘liq.
Aksariyat hududlarda yer osti suvlari chuqurligi ham kо‘p hollarda joyning relyefiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Tekis yuza va yonbag‘rlardan yog‘in suvlari erkin oqib ketadigan hududlarda yer osti suvlari ancha chuqurda bо‘ladi, shu tufayli bunday hududlarda odatda avtomorf tuproqlar uchraydi. Yer usti suvlari vaqtincha tо‘planadigan hamda yer osti suvlari 3-6 m chuqurlikda joylashgan sharoitda yarim gidromorf tuproqlar shakllanadi. Yer yuzasining yassi yoki botiq – pastqamliklarida yer usti suvlari muntazam – uzoq muddat tо‘planadigan, yer osti suvlari sathi yer yuzasidan 3 m gacha bо‘lgan chuqurliklarda joylashgan maydonlarda gidromorf tuproqlar rivojlanadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin