Amaliy mashg’ulotining borishi:
II.Tashkiliy qism. II.Talabalarning mashg’ulot mavzusi, maqsadi, borishi va mustaqil bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
III.Yangi mavzuni o’rganish. a) Talabalarni kichik guruhlarga ajratib, guruhlar tomonidan belgilangan va o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda, sifatli bajarishga erishish.
b) o’quv materialini yahlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
IV. Yangi mavzu yuzasidan kichik guruhlar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi, munozaralar tashkil etish. Iqlimning qaysi jihatlari tuproq hosil bо‘lishida muhim ahamiyatga ega?
Tuproqning issiqlik tartibini tushuntiring.
Yer sharining issiqlik bо‘yicha ajratilgan mintaqalarini sharhlab bering.
Tuproqning energiya manbalarini ayting.
Tuproqning suv tartibi mohiyatini izohlang.
Tuproqdagi suv sarfining sabablari nimada?
Tuproqning suv tartibi deyilganda nimani tushunasiz?
Namlanish koeffitsiyenti nima?
Namlanish koeffitsiyenti bо‘yicha Yer sharida ajratilgan mintaqalarga tavsif bering?
Shamolning tuproq hosil bо‘lishiga qanday ta’siri bor?
Amaliy mashg’ulot topshiriqlari: 1.Topshiriq: Iqlimning qaysi jihatlari tuproq hosil bо‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanligini tahlil qilish amaliy mashg’ulot daftariga yozing.
2.Topshiriq: Yer sharining issiqlik bо‘yicha ajratilgan mintaqalarini sharhlab bering va amaliy mashg’ulot daftariga yozing.
3.Topshiriq: Tuproq hosil bo’lishida gidrologik omillarning o’rnini o’rganish tahlil qilish hamda amaliy mashg’ulot daftariga yozing.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.