Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə76/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-6
Mavzu: Tuproq hosil bo‘lishida relyefning ahmiyati.
Reja:
1. Moddalar migratsiyasida relyefning rolini aniqlash.
2. Relyef va tuproqlar geografiyasini tahlil qilish.


Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimotchisi sifatida. Moddalar migratsiyasida relyefning roli. Relef va tuproqlar geografiyasi. Tuproqning morfologik belgilari. Tuproq kesmasi va genetik qatlamlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Relyef – tuproq hosil bо‘lishi va tuproqlarning geografik joylashishida muhim omildir. U yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlarni qayta taqsimlanishida yetakchi rol о‘ynaydi.
Turli relyef shakllarida havo massalari harakatlarining xususiyatlari bilan bog‘liq tarzda iqlim kо‘rsatkichlari bо‘yicha farqlanadi. Shunga kо‘ra sovuq havo ta’sirida vodiy, yonbag‘ir va tepaga nisbatan kо‘proq issiqlik va namlik oladi, shunga bog‘liq tarzda ularning tuproqlari ham farqlanadi.
Relyefdagi xilma-xillik yer usti suvlari oqimiga ta’sir etib, yer yuzasida atmosfera namligini qayta taqsimlanishida muhim rol о‘ynaydi. Yoqqan yog‘in relyefning baland qismlaridan pastqam joylar tomon oqadi, shu tarzda relyefning balandroq suvayrig‘ich qismlari odatda atmosfera yog‘inlarining ma’lum qismini yо‘qotadi, pastqamliklardagi tuproq esa yuqoridan oqib keladigan suv himmatiga qо‘shimcha namlik oladi. Bu jarayonni Yer yuzasining deyarli hamma qismida uchratish mumkin, chunki amalda mutloq tekis maydonlar kamdan-kam hollarda uchraydi.
Yerning yuza qismidagi oqim, qorlarning erishi va yomg‘ir suvlari natijasida tuproq qatlamining yuqori qismi yuviladi va oqiziladi hamda suv bilan aralashgan tuproq zarrachalari nisbatan pastqamlik joylarga yotqiziladi. Tuproq yuvilishi (eroziya)ning jadalligining muhim omillari: 1) yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining miqdori va xarakteri; 2) yonbag‘ir ekspozitsiyasining qiyaligi, uzunligi, shakli, yuzasining holati (о‘simliklar bilan qoplanganligi, mikrorelyef va b.); 3) tuproqning xossalari (suvni shimish qobiliyati, tuzilmalarining eroziyaga qarshi barqarorligi va b.) hisoblanadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin