Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə74/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz


Amaliy mashg‘ulot-5
Mavzu: Tuproq hosil bo‘lishida iqlim va gidrologik omillarning o‘rni.
Reja:
1. Tuproqning issiqlik va suv tartibini aniqlash.
2. Tuproq hosil bo‘lishida shamolning rolini tahlil qilish.
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Tuproq hosil bo’lishida iqlimning bevosita va bilvosita ta’siri. Tuproqning issiqlik tartibi. Tuproqning suv tartibi. Tuproq hosil bo’lishida shamolning rolini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va“KLASTЕR” mеtodi va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Iqlim tuproq hosil bо‘lishida va tuproqlar geografiyasida muhim omillardan biri hisoblanadi. Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari ham iqlim bilan bog‘liq. Iqlim tuproq hosil bо‘lishiga bevosita ta’sir etib tuproqning energetik darajasi va gidrotermik tartibini belgilaydi hamda tuproq hosil qiluvchi boshqa omillarga (о‘simlik, organizmlarning hayot faoliyati, tuproq hosil qiluvchi jinslar va b.) ham bevosita ta’sir kо‘rsatadi.
Tuproqning issiqlik va suv tartibi tuproqda kechadigan barcha fizik, kimyoviy, biologik jarayonlar xarakteri hamda jadalligiga ta’sir kо‘rsatadi. Tog‘ jinslarining fizik parchalanishi va ularning g‘ovaklashishi, kimyoviy reaksiyalarning jadalligi, tuproq aralashmalarining birikishi, qattiq va suyuq bosqichlar nisbati kabilar harorat orqali amalga oshadi. Vant-Goff qoidasi bо‘yicha haroratning har 10 0C ga ortishi, kimyoviy reaksiyalar tezligini 2-3 martta orttiradi11.
Bakteriyalarning biokimyoviy faoliyati, organik qoldiqlarning chirish tezligi, organizmlarning hayot faoliyatlari kabilar ham harorat bilan bog‘liqligiga shubha yо‘q. Shu tufayli Yer sharining turli hududlarida issiqlik tartibining bir xil emasligidan nurash va tuproq hosil bо‘lish tezligi, tuproq kesmasi (profili) va nurash pо‘sti ham turlicha bо‘ladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin