Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:
1.Topshiriq: Geografik zonalar to‘g‘risidagi ta’limotni tahlil qilib amaliy mashg’ulot daftariga yozing.
2. Topshiriq: Tuproqlarni – geografik rayonlashtirish va xaritasini chizish.
3.Topshiriq: Arktika va subarktika tuproqlari zonasi tahlil qililib amaliy mashg’ulot daftariga yozing.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-9
Mavzu: Boreal mintaqa tuproqlari geografiyasi.
Reja:
1. Boreal mintaqaning tabiiy – iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari rolini aniqlash.
2. Tayga – o‘rmon oblasti, o‘‘tloq – o‘rmon va muzloq – tayga oblastlari va tuproqlar geografiyasini tahlil qilish va xaritaga tushirish.
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Boreal mintaqaning tabiiy – iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari. Tayga – o’rmon oblasti. O’tloq – o’rmon va muzloq – tayga oblastlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va “VЕN DIAGRAMMASI” mеtodi va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Boreal mintaqa Yer shari tuproq qoplami maydonining 18 % ini ishg‘ol etgan bо‘lib, Shimoliy yarim sharda – Shimoliy Amerika va Yevropada yaxshi rivojlangan. Mintaqa asosan 100 dan ortiq jami harorat yig‘indisi shimolda 400-6000 va janubda 2400-18000 bо‘lgan hududlar о‘rtasida joylashgan. Asosan mо‘tadil – sovuq iqlimli bо‘lib, kо‘proq tayga о‘rmonlari bilan qoplangan. Vegetatsiya davri 40 kundan 150 kungacha davom etadi., qishda tuproqlar 5-8 oy va undan ham ortiqroq muddat muzlashi mumkin. Mintaqa umumiy maydonining qariyb 35 % i tog‘li hududlarga tо‘g‘ri keladi.
Tuproq qoplami asosan tо‘rtlamchi davrga xos g‘ovaksimon yotqiziqlarda shakllangan. Boreal mintaqaning turli qismlari issiqlik va namlikdagi keskin farqlar tufayli о‘ziga xos turli landshaftlarning rivojlanishiga sharoit yaratgan. Shu bois mintaqada bir qancha tuproq oblastlari ajratiladi: 1) podzol va botqoq – podzol tuproqli tayga о‘rmoni; 2) chimli – torfli, tuproqli okean bо‘yi о‘tloq – о‘rmon; 3) muzloq – tayga. Bular о‘z о‘rnida shimoliy, о‘rta va janubiy tayga zonachalariga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |