Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Axborot manbalari: www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-10 Mavzu: Subboreal mintaqa tuproqlari geografiyasi. Reja: 1. Subboreal mintaqaning tabiiy-iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlarini aniqlash.
2. Nam qo‘ng‘ir-o‘rmon, qora va kashtan tuproqli o‘rmon-dasht hamda dasht oblasti tuproqlar geografiyasini tahlil qilish va xaritaga tushirish.
3. Och – kashtan, qo‘ng‘ir chala cho‘l va sur – qo‘ng‘ir cho‘l tuproq oblasti tuproqlar geografiyasini tahlil qilish va xaritaga tushirish.
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Subboreal mintaqaning tabiiy-iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlarini, Nam qo‘ng‘ir-o‘rmon, qora va kashtan tuproqli o‘rmon-dasht, Och – kashtan, qo‘ng‘ir chala cho‘l va sur – qo‘ng‘ir cho‘l tuproqlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism Subboreal tuproq – bioiqlim mintaqasi boreal mintaqaga nisbatan kichikroq hududni egallagan bо‘lib, uning hissasiga Yer shari tuproq qoplamining 16 % i tо‘g‘ri keladi. Subboreal mintaqa asosan Shimoliy yarim sharda – Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan, Janubiy yarim sharda – Argentinaning janubiy hududlari va Yangi Zelandiyada unchalik katta bо‘lmagan hududlarni qamragan. Mintaqaning 1/3 qismi tog‘liklar bilan band. Subboreal mintaqa boreal mintaqaga qaraganda issiqlik bilan yaxshi ta’minlangan va namlik bо‘yicha keskin farqlanadi, mintaqaning 1/3 qismining namligi yetarli bо‘lsada, 2/3 qismi arid va semiarid hududlardan iborat. Mintaqada 100 dan yuqori harorat yig‘indisi 2200-40000, vegetatsiya davri 130 kundan 210 kungacha davom etadi. Qishda tuproq ayrim okean sohillari hududlarini hisobga olmaganda 4-5 oy muzlaydi. Tuproq hosil bо‘lishi sial karbonatli va karbonatsiz nurash pо‘stida yuz beradi. Tuproqlarning tarqalishida Yevrosiyoning ichki tekisliklarida kenglik va Shimoliy va Janubiy Amerikada meridional yо‘nalish yaxshi namoyon bо‘ladi. Okean sohillaridan materiklarning ichkarisi tomon iqlimdagi qurg‘oqchilikning orta borishi bilan о‘ta nam landshaftlar qurg‘oqchil landshaftlar bilan almashinishi rо‘y berib, tuproq fatsialarining kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Shu tufayli mintaqada: 1) qо‘ng‘ir tuproqli nam о‘rmon; 2) qora va kashtan tuproqli о‘rmon – dasht hamda dasht; 3) och – kashtan, qо‘ng‘ir chala chо‘l va sur – qо‘ng‘ir chо‘l tuproq oblastlari ajratiladi.