3.Topshiriq: Tuproq tuzilmasi va fizik xossalarini tahlil qilining hamda amaliy mashg’ulot daftariga yozing.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Axborot manbalari: www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-8 Mavzu: Geografik zonallik qonuniyati va rayonlashtirish. Arktika, tundra va o‘rmon tundra tuproqlari. Reja: 1. Geografik zonalar to‘g‘risidagi ta’limotni tahlil qilish.
2. Tuproq – geografik rayonlashtirish va xaritaga tushirish.
3. Arktika va subarktika tuproqlari zonasi tahlil qilish
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Geografik zonalar to’g’risidagi ta’limot. Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari. Tuproq – geografik rayonlashtirish. Qutbiy mintaqaning tabiiy – iqlimiy sharoiti va tuproq zonalari. Arktika tuproqlari zonasi. Subarktikaning tundra gleyli va loyli – gumusli tuproqlari zonalarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism Geografik (tabiiy) zonallik tо‘g‘risidagi ta’limot geografiya fanlaridagi eng batafsil ishlab chiqilgan ta’limotlardan hisoblanadi. Shuning uchun uni tabiiy geografiyaning negizini tashkil etishi orqali tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Kenglik issiqlik mintaqalari tо‘g‘risidagi tasavvurlarning antik davrlarda yuzaga kelgani ma’lum. Biroq, u tabiatshunoslar dunyo bо‘ylab sayohatlarda ishtirok eta boshlagan XVIII asr oxirlarida ilmiy yо‘nalishga aylandi. Sо‘ngra XIX asrning birinchi yarmida bu ta’limotning rivojlanishiga Aleksandr Gumboldt katta hissa qо‘shdi. U о‘simlik va hayvonot dunyosini iqlim bilan bog‘liklikda kuzatdi hamda balandlik mintaqalanishi hodisasini kashf etdi. Shunday bо‘lsa-da, zamonaviy kо‘rinishga ega geografik zonalar tо‘g‘risidagi ta’limot XIX asr bilan XX asr chegarasida, V.V.Dokuchayevning tadqiqotlari natijasida shakllandi. Olim mazkur ta’limotning kо‘pchilik tomonidan tan olingan asoschisi hisoblanadi. V.V.Dokuchayev zonallikni quruqlikda va dengizda, tekislikda va tog‘da ham bir xilda namoyon bо‘ladigan tabiatning umumiy qonuni sifatida asoslab bergan.