Qalqondorlar (Notostraca) kenja turkumi. Qalqondorlarning boshko‘krak va qisman qorin bo‘limini yopib turuvchi ko‘krak qalqoni yaxshi rivojlangan. Ko‘krak bo‘g‘imlarida oyoqlar soni har xil bo‘ladi. Oldingi 1- 10 ko‘krak bo‘g‘imlarida bir juftdan, keyingi bo‘g‘imlarida esa 4—6 juftdan oyoqlar bor. Qalqondorlar hovuz va ko‘lmak suvlar tubidagi balchiqdan har xil organik qoldiqlar va mayda jonivorlarni topib yeydi. Oziqni ko‘krak oyoqlar o‘simtalariyordamida tutib, oyoqlar o‘rtasidagi tarnovchasi orqali og‘izga haydaydi. Oziqlanishning bunday usuli eng qadimiy hisoblanadi. Qalqondorlar partenogenez ko‘payadi. Tuxumlari noqulay sharoitga chidamli. Turkum 9 turni o‘z ichiga oladi. Quyosh nuri tushib turadigan suv havzalari, ba‘zan yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘ladigan halqob suvlarda Triops concriformis va Lepidurus apus uchraydi. Shoxdor mo’ ylovlilar (Cladocera) kenja turkumi. Shoxdor mo‘ ylovlilar tanasi ikki yondan yassilashgan bo‘lib, ikki tavaqali tiniq xitin chig‘anoq ichida joylashgan. Bir qancha turlari (masalan, dafniya) bosh qismi pastga egilgan tumshuqsimon o‘simta - rostrumni hosil qiladi. Boshida bitta fasetkali ko‘z, uning oldida oddiy nauplius ko‘zi joylashgan. Dafniyaning fasetkali ko‘zida 22, yirtqich vakillarida 300 tagacha ommatidalar bor. Rostrum ostida kalta cho‘ psimon antennulalari joylashgan. Antennalar esa kuchli rivojlangan uzun va ikki shoxli patsimon qillar bilan qoplangan bo‘ lib, harakatlanish vazifasini bajaradi. Dafniya ikkala antennalarini orqaga siltab, oldinga sakrab harakatlanadi. Shu sababli shoxdor mo‘ ylovlilarni ―suv burgalari‖ ham deyishadi. Shoxdor mo‘ ylovlilarning ko‘krak bo‘limi 4-6 bo‘g‘imdan iborat. Ko‘krak oyoqlari juda ko‘p patsimon qillar bilan ta‘minlangan. Qillar yordamida suvdan mayda oziq zarralarini filtrlab oladi. Ko‘krak oyoqaridagi xaltasimon o‘simtalar nafas olish funksiyasini bajaradi. Oldinga egilgan qorin bo‘limi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Qorni uchki qismi ikkita tirnoqsimon o‘simta bilan tugaydi. Shoxdor moylovlilar rangi qon plazmasi tarkibidagi gemoglobin miqdoriga, gemoglobin esa suv tarkibidagi kislorodga bog‘liq bo‘ladi. Suvda kislorod ko‘p bo‘lganida qon och qizg‘ish, kislorod tanqislida to‘q qizil rangga kiradi. Qon tomirlari bo‘lmaydi. Ko‘krak orqasida joylashgan pufaksimon yuragi qonni tana bo‘shlig‘ida aralashtirib turadi. Dafniya yuragi bir minutda 150—500 marta qisqaradi.
Shoxdor mo‘ ylovlilarning dengiz va chuchuk suvlarda 400 ga yaqin turi bor. Chuchuk suvda Daphnia pulex va bosmina Bosmina longirostris ko‘p uchraydi. Ko‘pchilik shoxdor moylovlilar bahor va yozda partenogenez ko‘payadi. Tuxumlarini tanasi orqa tomoniga qalqon ostidagi kameralarga qoyadi. Ulardan yana urg‘ochilari chiqadi. Kuzda havo sovishi bilan tuxumlar qishlaydigan stadiya efippiy hosil qiladi. Shunday qilib, dafniyalar va ayrim shoxdormoylovlilar rivojlanish sikli kolovratkalarga o‘xshab geterogoniya usulida boradi.
Ko‘pincha shoxdor moylovlilar chig‘anog‘i shakli va o‘lchami yil davomida o‘zgarib turadi. Yoz mavsumida dafniya chig‘anog‘i bosh qismida qalpoqcha paydo bo‘ladi; chig‘anoq o‘simtasi cho‘ziladi. Siklomorfoz deb ataladigan bu fasliy o‘zgarishlar bosmina (Bosmina logirostris) uchun ham xoc. Siklomorfoz harorat ta‘sirida suv zichligi o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yuqori haroratda suv zichligi kamayganidan suzish uchun tana yuzasi kengroq bo‘ lishi lozim. Shoxdor mo‘ ylovlilar chuchuk suvlarda har xil umurtqasizlar va baliqlar, ayniqsa baliq chavoqlari uchun qimmatli oziq bo‘ ladi. Baliqchilik xo‘ jaliklarida maxsus hovuzlarda dafniya va ayrim boshqa qisqichbaqasimonlar ko‘paytiriladi.