Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o‘xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar - ostiylar orqali o‘tib, bevosita yoki bir necha tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo‘shlig‘iga chiqib ketadi. Qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketgan. Shuning uchun uni gemolimfa deb ataladi.
Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo‘g‘imoyoqlilari uchun xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda ko‘payish va nasli to‘g‘risida g‘amxo‘ rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda murakkab shartsiz tug‘ma reflekslar ham rivojlangan. Oliy bo‘g‘imoyoqlilarning hayoti davomida turli xil shartli reflekslar ko‘nikmalar ham oson hosil bo‘ladi.
Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar- ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug‘lanish ba′zan urug‘lanmasdan partenogenez jinsiy ko‘payadi. Azaldan suvda yashaydigan bo‘g‘imoyoqlilarda urug‘lanish tashqi, quruqlik bo‘ imoyoqlilarida ichki bo‘ladi. Ayrim vakillari tuxum qoymasdan tirik bola tug‘adi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar ancha murakkab o‘zgarishlar orqali metamorfoz rivojlanadi. To‘liq metamorfoz rivojlanishda tuxumdan chiqqan nasl voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘lmasa qurt deyiladi. Bo‘g’imoyoqlilarning sariq moddaga boy bo‘lgan tuxumlaridan chiqqan yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar faqat tullab o‘ sadi. Tullash o‘sayotgan hayvon uchun tor kelib qolgan eski po‘stning yorilib, hayvon tanasidan tushib ketishidan iborat. Tullayotgan hayvonda eski kutikula faqat tanasidan emas, balki oyoqlari, og‘iz organlari, nafas yo‘llari, ichagi oldingi va keyingi qismlaridan ham tushib ketadi. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va trilobitasimonlar kenja tiplariga bo‘ linadi. Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar azaldan suvda yashovchi hayvonlar hisoblanadi. Ularning jabralari parapodiy o‘simtalarining o‘zgarishidan kelib chiqqan. Bir qancha juda mayda vakillarining jabralari bo‘lmaydi, ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan turlari (zaxkashlar) o‘ziga xos tuzilgan traxeyalar bilan nafas oladi. Bu kenja tipga faqat qisqichbaqasimonlar sinfi kiradi.