Oziqlanishi. Amfibiyalar deyarli bir hiddagi oziqlarni iste’mol qiladi. Ularning hammasi voyaga yetgan davrida har xil umurtqasiz hayvonlar - hasharotlar, chuvalchangdar, qisqichbaqalar, mollyuskalar bilan oziqlanadilar. Bizdagi amfibiyalar ichida eng kattasi bo’lmish ko’l baqasi yosh baqalarni yeydi
va ularni qirib yuboradi. Yashil baqalar ba’zan qush jo’jalariga, mayda kemiruvchilarga va baliqlarga hujum qiladi. Gigant salamandra baliqlar va ularning ikralari bilan oziqlanadi. Oyoqsizlar yer chuvalchanglari va chumolilarning tuxumlarini yeydi.Ko’pchilik dumsiz amfibiyalarning itbalig`i o’simliklar bilan, dumlilar va oyoqsizlarning lichinkalari hayvon organizmlari bilan oziqlanadi.
Amfibiyalarning hayoti temperatura va namlikka bog`liq bo’lganligidan, ularning oziqlanishida ixtisoslashish uchun hech imkon byermagan. Тempyeratura bilan namlik darajasi o’zgarmay turadigan tropiklardagina ixtisoslashgan turlari uchraydi. Bu yerda ko’p turlar nuqul chumoli va tyermitlar bilan oziqlanadi.
Urchishi. Amfibiyalar rivojlanish vaqtida ko’pincha yashash joylarini almashtiradilar, chunki ularning ko’pi baliqlar singari tuxum tashlash va tuxumni tashqarida urug`lantirish yo’li bilan suvda urchish usulini saqlab qolgan. Bularning erkagi va urg`ochisi orasidagi farqlar unchalik bilinmaydi. Dumsizlarning ko’pchiligida erkaklari urg`ochisiga nisbatan kichik. Тaroqli triton erkaklarining bahor paytida orqa tomonida va dumlarida teri bo’rtmalari kuchli rivojla-nib, bunda qon tomirlarining zich to’ri paydo bo’ladi. Dumsizlarning erkaklari oldingi oyoq panjalarining ichki barmog`ida qadoqdar urchish davrida ancha rivojlanadi, u urg`ochisini ushlash va unga yopishishga imkon beradi.
Amfibiyalar ko’payishiniig umumiy xususiyati ko’payish davrida tuxum qo’yish, tuxumning rivojlanishi va itbalig`ining yashash joyi suv muhitiga bog`liq bo’lishidir. Shubhasizki, bu hol amfibiyalarning baliqlar kabi birlamchi xususiyati bo’lgan. Keyinchalik ularda suvdan tashqarida ko’payishga imkon byeruvchi moslamalar paydo bo’la boshladi. Lekin bu imkoniyatlar ayrim turlariga xos bo’lib, ikkilamchi xarakgyerga egadir. Hozirgi paytda yashayotgan amfibiyalarning hayot kechirishi va urchishi turlichadir.
Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg`urish taraqqiyotning ancha yuqori bosqichida turadi. Bu amfibiyalarning ko’payishidagi progressiv xususiyatlar dumsizlar guruhi bilan raqobat qilishga imkon beradi. Masalan,
tritonlarning erkaklari bevosita urg`ochisini urug`lantirmasdan, spyermatofor deb ataladigan spyermatozoidli paketlarni suvga tashlaydi, bu paketlarni urg`ochisi kloakasi bilan to`tib oladi. Odatdagi tritonda nasl uchun qayg`urish birmuncha murakkabroq o’tadi, uning urg`ochisi ko’pincha har qaysi tuxumini suv o’simligi bargiga o’rab qo’yadi, natijada tuxum berkingan barg orasida qoladi, erkaklari tuxumni qo’riqlab yuradi. Oyoqsizlarning erkaklari quruqlikka qo’yilgan tuxumni g`avdasi bilan o’rab oladi. Zigotaning rivojlanishi to’g`risida dumsizlar misolida yuqorida gapirildi.
Neoteniya. Dumli amfibiyalarning` bir qancha turlarida metamorfoz jarayoni yashash sharoitining xususiyatlari munosabati bilan birmuncha vaqggacha to’xtab qolishi yoki butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya deb ataladi. Neoteniya, ayniqsa, lichinkasi aksolotl deb ata-ladigan Amerika ambistomasida juda yaxshi namoyon bo’ladi.
Barcha dalillarga ko’ra, dumli amfibiyalar metamorfozlanish layoqati-ni yo’qotgan neotenik lichinkalardan boshqa narsa emas. Masalan, Тexas g`orida yashovchi ko’r triton yoki o’pkasiz triton, protey, amfiuma va boshqa ko’pgana turlar allaqanday bir salamandraning lichinkasidir.