– kenja bo’lim barmoq falangalari (phlanges digitorum); har birida bir nechtadan suyak bo’lib,uzunasiga o’rnashgan besh qatordan
iborat.
14
Chanoq kamari juft yonbosh, quymich suyaklaridan va tog‘ay xolicha qolgan qov elementlaridan iborat. Bu uchchala element quymich kosasi atrofida o‘zaro qo‘shiladi.
Muskulsistemasi. Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Qorin muskullurining bir qismi metamer tuzulishini saqlab qolgan. Og’iz bo’shlig’ining muskullari murakkablashadi.Bu muskullar oziqning og’iz bo’shlig’ida harakatini va o’pka ventilyatsiyasini taminlashda ishtirok etadi. Oyoqlarini xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo‘ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi muskullarning segmentatsiyasi yo‘qoladi. Tilni xarakatga keltiruvchi muskullar yaxshi rivojlangan.