Tadbir senariysi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə12/13
tarix13.04.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#97263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amir Temur tavalludiga senariylar

TADBIR SENARIYSI

Amir Temur ajdodlarimiz



1-boshlovchi:
— Yillarning qa'ridan omon chiqolgan, 
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash'alin gurlab yoqolgan,
Boshi osmon bo'lsin bugun o'zbekning, 
Dong'i doston bo'lsin bugun o'zbekning! 
2-boshlovchi:
Beruniy yaratgan ziyosi bilan
Jon tabibi — ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo'lsin bugun o'zbekning, 
Jismi payvand bo'lsin bugun o'zbekning!
— Amir Temur otliq bobosi bilan, 
Marvarid yaratgan navosi bilan, 
Intizor Boburiy Mirzosi bilan
Nasli ulug' bo'lsin bugun o'zbekning,
Rizqi to'luq bo'lsin bugun o'zbekning!
1-boshlovchi: —Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va mehribon tarbiyachilar!
2-boshlovchi: — Assalomu alaykum, shirin bolajon!ar-u aziz o'quvchilar!
1-boshlovchi: — Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga baqishlangan tadbimi o'tkazish uchun yig'ilib turibmiz.
2-boshlovchi: — Amir Temur bobomiz buyuk sohibqiron, sarkarda va qudratli mamlakat tuzib, uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo'lgan.
1-bosh!ovchi: — Hurmatli ustozlar, bugun o'quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she'riar hamda u zotning hayoti va faoliyati to'g'risida turli ma'lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.
2-boshlovchi: — Marhamat, aziz o'quvchilar!
1-o'quvchi:
— Amir Temur bobomiz 
Mard-u jasur bobomiz. 
Jang-u jadallar kezgan Buyuk davlat, yurt tuzgan. 
Abadiy o'chmas nomi, 
Tilimizda kalomi. 
Unutmaymiz hech qachon 
Sizni ulug' bobojon! 
2-o’quvchi:
— Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo'r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo'lib, 
Xaiqim osoyishta ko'rsaydi umr.
3-o'quvchi:
— Sohibqiron aytar: ey farzandlarim, 
Ko'zimning qarog'i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bb'lingiz, 
Bo'shashtirmang mening bo'g'in-bandlarim. 
4-o'quvchi:
— Adolat, ozodlik dastida bo'ling, 
Yomonlik, razolat qasdida bo'ling. 
Nifoq tuxmlarin ekmangiz aslo, 
Yaxshilik, ezgulik rostida bo'ling!


Milliy raqs ijro etiladi. Raqs tugagach, o'quvchilar Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida so'zlab berishadi.
1-bosh!ovchi: — Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo'lmagan Xo'ja Ilg'or qishlog'ida barlos urug'iga mansiib bo'lgan bek Tarag'ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.
2-bosh!ovchi: — Temur yoshligidan bilimga tashna bo'lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otiarni juda sevgan va mohir chavandoz bo'lgan.
1-bosh!ovchi: — Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo'lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma'rifat, madaniyatni targ'ib etgan. Qizil O'rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.
2-bosh!ovchi: — Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.
1-bosh!ovchi: — Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o'z davrining buyuk davlat arbobi bo'lgan. Uning shiori — «Kuch — adolatdadir», degan purma'no hikmat bo'lgan.
2-bosh!ovchi: — Amir Temur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.
1-bosh!ovchi: — Amir Temur davlatining poytaxti — Samarqand shahri bo'lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.
2-bosh!ovchi: — Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko'rinishi namoyish etiladi. So'ngra o'quvchilar shoir Temur Ubaydulloning «Pirlar qissasi» she'ridan parchalar o'qib berishadi:
1-o'quvchi:
— Temur otli pahlavon, 
Topar chog'ida kamol — 
Unga bo'ldi esh, hamdam 
Shayx Shamsiddin Kulol. 
2-o'quvchi:
— Sohib karomatlarning 
Biri edi Shayx Kulol. 
Tarag'ay Bahodirning 
Piri edi Shayx Kulol. 
3-o'quvchi: 
Amir Temur bahramand
Pirning o'gitlaridan. 
Ixlos bilan ushladi 
Shayx Kulolning baridan. 
4-o'quvchi:
— Bir tomondan qo'lladi 
Suyub Said Baraka. 
O'tmas edi uningsiz 
Mashvarat-u ma'raka. 
5-o'quvchi:
— Shundan buyuk saltanat 
Dovrug' soldi jahonga. 
Barcha ta'zim ayladi 
Temur Sohibqironga. 
6-o'quvchi;
— Buyuk zotlar nafasi 
Har doimo qo'llasin! 
Ona yurtimni mudom 
G'oliblikka yo'llasin!
1-boshlovchi: Sohibqiron buyuk davlat tuzishda, uning gullab-yashnashida quyidagi qoidalarga qat'iy amai qilganligini aytib o'tgan:
1. Men davlatni shoshmay, insonparvarlik bilan boshqardim.
2. Tartib va qoidalarga rioya qilish — mening davlatimni mustahkamladi.
3. Men o'z askarlarimga g'amxo'rlik va olijanoblik ko'rsatdim.
4. Men davlatni haqgo'ylik va aql bilan boshqardim.
5. Adiblar, allomalar, olimlar, tarixchilarga muruwatli bo'ldim.
6. O'z ishimda qat'iy va dadil bo'ldim.
7. O'z xalqimni doim tushundim.
8. Yaxshiga yaxshi, yomonga qattiqqo'l bo'ldim.
9. Men doim ahillikni istadim.
10. O'z askarlarimni hurmat qildim va qonun-qoidalarga qattiq rioya qildim.
1-boshlovchi: — Aziz ustozlar va bilimdon o'quvchilar! Bugun biz buyuk bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko'p narsalarni bilib oldik.
2-boshlovchi: — Biz — O'zbekiston farzandi, buyuk Amir Temur avlodidan bo'lganligimiz bilan faxrlanamiz. Bobomizdek olijanob va haqiqatparvar, yurtsevar bo'laylik!
1-boshlovchi:
— Jahongir so'zidan yaxshilik bunyod,
Bizga mayoq bo'lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o'mak,
Shunda rizo bo'lur Temurdayin zot.
2-boshlovchi: — Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va bugungi tadbirimizda Amir Temur bobomiz haqidagi she’rga navbat.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin