Tadbir senariysi


AMIR TEMUR HAQIDA QO'SHIQ



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə13/13
tarix13.04.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#97263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amir Temur tavalludiga senariylar

AMIR TEMUR HAQIDA QO'SHIQ
Siz - Amirsiz, Siz-Temursiz,
jahongir Sulton.
Iymondirsiz, vijdondirsiz
Siz aziz inson.
Qalblar aro ko'tarmoqda
ruhingiz isyon,
Temur bobo, nomingizni
yodetajakmiz.
Olam aro ruhingiznishod etajakmiz. 
Tumorlarda, duolardaj yashab qolasiz,
Ko'kni o'pgan binolardaj yashab qolasiz,
Ko'zga ko'chgan/ziyolarda yashab qolasiz,
Narziy bitgan navolarda yashab qolasiz.
Temur bobo, nomingizni yodetajakmiz,
Olam aro ruhingizni shod etajakmiz!
Bobomizga hurmat 
O’quvchi:Olti yuz yil ilgari qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlat barpo etgan Sohibqiron saltanatining barcha hududlarida birday amal qilgan “Kuch - adolatda” shiori bugun biz, vorislar uchun ham ustuvor axloqiy-ma’naviy mezondir. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishni oldimizga bosh maqsad qilib qo‘yganimiz va shu yo‘ldan sobitqadamlik bilan olg‘a odimlayotganimiz buning yorqin dalilidir.
1- O’quvchi: Amir Temur o‘zining Shahrisabzdagi koshonasi – Oqsaroy peshtoqiga “Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”, degan ulug‘vor hikmatni naqsh ettirgan. Bu - Amir Temurning, dunyodagi aksariyat jahongirlardan farqli o‘laroq, umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lganidan dalolat. 
2- O’quvchi: Bu - Amir Temur yurtimizning jahonda buyuk nufuz kasb etishini, mislsiz go‘zal va obod bo‘lishini, har tomonlama taraqqiy topishini orzu qilgani, bu yo‘lda salmoqli natijalarga erishgani, mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘targani, qadimiy shaharlarimizni olamning yetti iqlimiga ma’lumu mashhur tabarruk maskanlarga aylantirgani hamda o‘z sa’y-harakatlarining bu kabi sharofatlaridan haqli ravishda faxrlana bilganining tasdig‘i.
3- O’quvchi: Bu – hamisha el-yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohibqiron dahosining o‘z xalqiga, kelajak avlodlarga murojaati, olijanoblik va bunyodkorlikka chorlovi. Obod va ozod yurtimizda shahar va qishloqlarimiz, bugungi hayotimizning qiyofasi kundan-kun ochilib borayotgani zamirida ham bizga bobokalonimizdan meros bunyodkorlik ruhi, xalqimizning yakdilligi, halol mehnati, aqlu zakovati va teran salohiyati mujassamdir. 
4- O’quvchi: Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas. Toshkentda, Shahrisabzda, Samarqandda buyuk bobomizning ulug‘vor haykallari qad ko‘tardi. Poytaxtimiz markazidagi xiyobon, shohko‘cha, metro bekati, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridagi madaniyat va ma’rifat maskanlari Sohibqiron nomi bilan ataladi. 
5- O’quvchi: Amir Temur ordeni – yurtimizda mustaqillik davrida ta’sis etilgan va bugungi avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, ozod mamlakatimiz yorqin istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari uchun beriladigan yuksak davlat mukofotlaridandir. 
6- O’quvchi: Amir Temur xiyoboniga tutash joyda Sohibqiron bobomiz va uning shavkatli avlodlariga bag‘ishlab bunyod etilgan muhtasham koshona – Temuriylar tarixi davlat muzeyi yurtimizning turli hududlaridan va dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan keladigan ziyoratchilar bilan doimo gavjum.
7- O’quvchi: Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo‘lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turibdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak”.
1-boshlovchi: Amir Temur, A. Navoiy, Z.M. Bobur … kabi bobolarga va ular qoldirgan buyuk merosga doimo hurmatda bo’laylik!
2-boshlovchi: Shu bilan Amir Temur bobomiz tavalludiga bag’ishlab tayyorlagan tadbirimiz nihoyasiga etdi.
1-boshlovchi: — Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizga sog'lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo'lmish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda hech qachon charchamang!
Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin