Tadbirkorlik subyektlarida ichki nazoratning samarali


Keywords: accounting, internal audit, internal control, internal control system,  control procedures, effectiveness of internal audit



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix21.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#158348
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tadbirkorlik-subyektlarida-ichki-nazoratning-samarali-tizimi-sifatida-ichki-auditning-o-rni-va-ahamiyati

Keywords:
accounting, internal audit, internal control, internal control system, 
control procedures, effectiveness of internal audit. 
 
Kirish.
Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida korxonalar faoliyati 
toʻgʻrisida ishonchli axborotlariga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Korxonalar 
faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarida aks 
yettiriladi. Ushbu hisobotlardan foydalanish taʼsischilar, aksiyadorlar, soliq organlari, 
banklar, etkazib beruvchilar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga korxonaning 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 1 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 450
joriy moliyaviy holatini, uning faoliyati samaradorligini va rivojlanish istiqbollarini 
baholash imkonini beradi. Shunday ekan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim 
etilayotgan maʼlumotlar ishonchli, xolis va amaldagi qonunchilikka mos boʻlishi zarur. 
Audit bunday maʼlumotni olishga yordam beradi. 
Audit mustaqil moliyaviy nazorat boʻlib, uning maqsadi tadbirkorlik 
subyektlarining buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarining ishonchliligini va moliyaviy 
(xoʻjalik) muomalalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Shuni taʼkidlash kerakki, audit nafaqat kompaniyaning moliyaviy hisobotlarining 
ishonchliligini tekshirishni, balki balanslarni, auditorlar tomonidan amalga oshiriladigan 
moliyaviy hisobotlarni tekshirishni va xoʻjalik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 
takliflarni ishlab chiqishni ham oʻz ichiga oladi. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 
19-asrning oxiridan boshlab, banklar, 
sugʻurta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyalari rivojlana boshlaganda, ichki 
auditorlik kasbi biznes jarayonlarining samarali ishlashi uchun kuchliy ahamiyatga ega 
boʻldi. AQSH da 1941-yilda tashkil etilgan ichki auditorlar instituti hozirgi kunda 190 
dan ortiq mamlakatlarda o’z ofislari boʻlgan ichki auditorlar xalqaro professional 
uyushmasi ochgan, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham. [6] 
Bugungi kunda Oʻzbekistondagi har bir muvaffaqiyatli kompaniya ichki audit 
boʻlimlari va xizmatlarini yaratish bilan faol shugʻullanmoqda.
O’zbekistonda “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-son qaroriga,[1] hamda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan 
korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga 
olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son 
qaroriga [2] muvofiq aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan 
korxonalarda ichki auditni tashkil etishga qo’yiladigan yagona talablarni hamda uning 
ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilash maqsadida “Korxonalardagi 
ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Nizom 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil qilish tartibi ko’rsatilgan me’yoriy 
hujjat hisoblanadi. 
Bundan 
tashqari 
2021-yil 
25-fevraldagi 
OʻRQ-677-sonli 
Oʻzbekiston 
Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi yangi tahrirdagi qonuni, [3] 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi 2020 
yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi, [4] 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611 sonli 
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori [5] korxonalardagi ichki audit xizmatini tashkil etishga 
asos bo’lib xizmat qilmoqda. [8] 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin