Navbatdagi tushuncha – bu tranzaksiyalarni hisobga olishdir. Tranzaksiyalarni hisobga olish o‘z o‘rnida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tgan barcha aktivlar yoki aktivlarga bo‘lgan mulk huquqlarini qayd etish hisoblanadi. Masalan, A shaxs chet davlatda bo‘lgan B shaxs do‘stiga tegishli miqdordagi summani o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bank emitentlari tizimi bilan bog‘liq muammolar, xakerlik atakalari, firibgarlik va boshqa bir qator vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar o‘tkazmalarning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi barchaga ayon holatdir. Bu kabi operatsiaviy holatlardanning oldini olish mumkin emas, sababi barcha ma’lumotlar va jarayonlar bitta markaziy tizimda saqlanadi. Biroq blokcheyn texnologiyasi bu kabi holatlarning vujudga kelishini qisqartiradi, sababi ushbu texnologiya taqsimlangan reyestr asosida ishlaydi.
Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlarning bitta tashkilotning reyestrida saqlanmasligidi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning nus'halari bir vaqtning o‘zida internet tarmog‘i orqali ulangan virtual kompyuterlarning sonidan qat’i nazar yangilanadi. Blokcheyn texnologiyasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar reyestrini o‘z o‘rnida qalbakilashtirib bo‘lmasligi bilan ham xarakterlanadi. Kompyuterlarda saqlanayotgan ma’lumotlar barcha foydalanuvchilarda to‘liq va ishonchli bo‘lishida, blokcheyn texnologiyasida konsensus tushunchasini tatbiq etishgan. Blokcheyn texnologiyasida barcha ma’lumotlarning tranzaksiyasilari haqidagi axborotlar bitta blokka joylashtiriladi.
Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi aktivlar o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta zanjirga ulangan bo‘ladi. Blokcheyn zanjiri uzilmasdir, sababi har bir blok oldingi blokka havola qiladi. Bloklarn o‘zgartirib yoki o‘chirib bo‘lmaydi, faqat unga yangi bloklarni qo‘shish mumkin.
Blokcheyn zanjiridagi bloklarni maynerlar ko‘shishadi.
Mayner blokcheynda bir qator funksiyalarni amalga oshiradi:
• Blokcheyn nusxalarini saqlaydi, shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni
yo‘qolishidan yoki qalbakilashtirilishidan himoya qiladi;
• Tranzaksiyalarni tasdiqlaydi;
• Boshqa maynerlar tomonidan kiritilgan tranzaksiyalarni tekshiradi.
Qoidaga ko‘ra, maynerlarning soni cheklanmagan. Maynerlar soni ko‘p bo‘lishi, tizimning ishonchliligini taqozo etadi. Har qanday shaxs mayner bo‘la olishi mumkin. Buning uchun ularga ixtisoslashtirilgan kompyuterlar hamda dasturiy ta’minot kerak. Maynerlarni yangi tranzaksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlashiga mukofot olishadi.
Mukofot sifatida bloklarda qayd etilgan tranzaksiyalardan kelib tushuvchi kommision to‘lovlar namoyon bo‘ladi. Muayayan algoritm asosida tizim mukofotlarni taqsimlaydi. Mukofotni olish uchun ta’kidlangani kabi maynerlar tomonidan muayyan masalani yechishi kerak. Qaysi mayner birinchi bo‘lib matematik masalani yechadigan bo‘lsa, omadli hisoblanib, birinchi bo‘lib tranzaksiyalarni tizimga joylashtiradi. Bu esa o‘z navbatida, maynerlarning kompyuterlarining ishlash tezligiga bog‘liq hisoblanadi. Olingan mukofotlar tegishli tartibda virtual hamyonga mukofot tegishli tartibda tushadi.
Mavjud masalalarni yechish jarayoni alohida bir fan doirasida o‘rganilib, ushbu fan – kriptografiya deb ataladi. Blokcheyn tizimida foydalanuvchilar o‘rtasida amalga oshirilgan aktivlarning tranzaksiyalarini tegishli kriptografik kalitlar, ya’ni maxsus noyob raqamli kalitlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli kodlarning ketma-ketligini bilib olish deyarli imkonsiz hisoblanadi.
2021 yil avgust oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya, ya’ni blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatga olingan . Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, blokcheyn texnologiyasi XXI asrning eng yirik kashfiyotlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Blokcheyn texnologiyasi ilk bora bitkoin to‘lov vositasini tartibga solish uchun ishlab chiqilganligi sababli, avvalo, ushbu jihatdan tahlil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Bitkoin – pulning raqamlashtirilgan shaklidir, biroi muomaladagi fiat valyutalardan farqli o‘laroq, bitkoin Markaziy bank nazorati ostida emas.
Bitkoin o‘z o‘rnida birinchi kriptoaktiv sifatida qaralib, uning o‘ziga xos xususiyati: o‘zgartirishning, nazorat qilishning imkoniyatining mavjud emasligi, ko‘p marotaba foydalanishning imkonsizligi hamda istalgan vaqtda va istalgan joydan tranzaksiyalarning amalga oshirishning imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Bitkoin, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi, u blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi. Blokcheyn yuqorida ta’kidlangani kabi kriptovalyutavning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Kriptovalyuta blokcheyn texnologiyasiga asoslangan har qanday raqamli valyutadir. Qolaversa, kriptovalyuta kriptografik usullar va uni yaratgan va targ‘ib qiluvchi jamiyatning ishonchi bilan belgilanadigan valyutasi sifatida qaraladi. Blokcheyn texnologiyasi orqali, shaxs tomonidan dunyoning istalgan burchagidan ma’lumotlar joylashtirilib unga nisbatan ulanish, ulardan foydalanish imkoniyatini kiritadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘z-o‘zidan yangi to‘lov tizimlarini yaratilishiga olib keldi. Banklar hisobraqamlaridagi pullar hamda kriptovalyuta o‘rtasida farq unchalik katta emas. Farqi shundaki birini nazorat qilib bo‘ladi, ikkinchisini esa nazorat qilib bo‘lmaydi.
E’tiborimizni Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada namoyon bo‘lishiga qaratishimiz lozim. Hozirgi kunda odamlar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan nomoddiy axborotlarni interaktiv jarayonlarni amalga oshiruvchi internet platformasi orqali amalga oshirish jadallashgan. Ammo fuqarolar tomonidan pul bilan bog‘liq munosabatlarda, shaxslar ko‘proq bank emitentlariga murojaat qilishi barchaga ma’lum holatdir.
Oddiy misol, bugungi kunda mamlakatimizda ommalashgan pul tranzaksiyalarni amalga oshirishda, “Click”, “Payme”, “Apelsin” kabi ilovalar mavjud bo‘lib, ushbu ilovalar orqali elektron pul mablag‘larini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish imkoniyati mavjud. Xususan, “Apelsin” ilovasida pul mablag‘larini viza, master karta orqali boshqa davlat valyutasiga erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. Bir ko‘rinishda, shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan elektron pul mablag‘larini o‘tkazish bevosita, shaxslar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilayotgandek ko‘rinsa ham, ushbu vaziyatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) o‘rtada vositachi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular orqali o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Bevosita, butun dunyoda amalga oshiriladigan pul mablag‘larining o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi to‘lov usullaridan biri hisoblanmish – RauPulning mohiyatiga ham e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, unda ham qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa o‘z navbatida, “ortiqcha bo‘g‘in”dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. Bugungi kunda, banklar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazilishi, banklarda mijozlar bilan munosabatlarda, xizmat ko‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib kelishiga qaramasdan, moliya tashkilottda ish hajmining kamayishiga, xizmatlarning samaradorligiga imkoniyat yaratadi. Ushbu jarayon ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi, sababi butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir.
XULOSA Rivojlangan davlatlar misolida ko’radigan bo’lsak, Xaustova Mariya Nikolayevnaning “Individualnoye bankovskoye obslujivaniye sostoyatelnix kliyentov kak segment mejdunarodnix finansov” deb nomlangan i.f.n.dissertatsiya avtoreferatida moliyaviy xizmatlarning ommabopligi bo’yicha bir nechta takliflar keltirilgan. Privatebanking xizmatlarini Wealth management, yaʼni moliyaviy sohalarga va Life Style management, yaʼni oyilaviy tarmoqlarga yo’naltirishni taklif etadi.[3] Iqtisodchi olima G.A. Dremina “Instrumenti povisheniya effektivnosti bankovskix uslug v usloviyax finansovoy nestabilnosti” deb nomlangan ilmiy maqolasida bank moliyaviy xizmatlarini amalga oshirishda va ommabopligini taʼminlashda “Lean banking”, yaʼni kam xarajat, kam sarmoya talab qiluvchi tizim bo’lib, Lean-texnologiyalarni joriy etishni taklif etadi .
Bizningcha, ushbu mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlarini tahlili asosida ularning takliflari mamlakatimiz bank tizimida moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga imkon beradi deb xulosa qilishimiz mumkin.