Tijorat krediti va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
1. Tijorat banklarida kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo‘lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat’i nazar, kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo‘lgan umumiy masalalar ro‘yxatini belgilab beradi. Bunda kredit siyosatining yo‘nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim. Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
Kreditlashning strategik yo‘nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Kredit siyosatida kredit ajratishda filiallar tomonidan mustaqil qarorlar qabul qilishda kreditlashning limitlarini belgilash mezonlarini ko‘rsatgan holda bosh bank va uning filiallari o‘rtasida javobgarlikning aniq chegaralari aks ettirilishi lozim. Kreditlash uchun mas’ul bo‘lgan barcha shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etilishi lozim. Kredit qo‘mitasi majlislari va uning bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab qo‘yilishi kerak. Kredit siyosati kreditlar va mikroqarzlarning to‘planishi darajasi, shu jumladan kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar bo‘yicha to‘planishi darajasi monitoringi bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olishi zarur. Kredit siyosatida rahbariyatga muntazam ravishda topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablar belgilanishi lozim Kreditni to‘lash muddati uni to‘lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to‘lashning ma’qul dasturlaridan iborat bo‘lishi zarur.
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat, shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to‘lash muddatining so‘ngida va kredit to‘lashning boshlang‘ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Kredit siyosati to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, mablag‘larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirib olish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi kerak. . Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo‘yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, banklar talab qiladigan ma’lumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim etilishi kerak.
Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta’minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi kerak.
Bundan tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligi Kredit siyosati muayyan turdagi qimmatliklar (ko‘chmas mulk, avtomobillar va b.) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o‘z ichiga olishi hamda ta’minlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari to‘plamini rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni to‘lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan ta’minlangan kreditlar bundan mustasno) hisoblangan yagona asosi bo‘lmasligi belgilab qo‘yilishi zarur.
Kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan qo‘yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o‘z ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar o‘rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur.
Hujjatda garov mavzui baholovchi tashkilot va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi lozim. Siyosat ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va iste’mol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan kreditlarni to‘lash hisobiga qarzdor tomonidan bo‘nak to‘lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o‘z ichiga olishi zarur.
Kredit siyosatida ko‘rsatilishi lozimki, yer uchastkalari belgilangan tartibda garov ta’minoti sifatida bankka o‘tgan hollarda, bank ushbu yer uchastkalarini unga mulk huquqi o‘tgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay sotishga qo‘yishi kerak.ni kiritish bo‘yicha talabni o‘z ichiga olishi kerak. Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim. Kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Ssudalarning sifatini aniqlashtirish va kutilishi mumkin bo‘lgan kreditlar bo‘yicha yo‘qotishlarga qarshi yetarli rezervlarni shakllantirish maqsadida chorakda kamida bir marotaba bankning kredit portfeli to‘liq inventarizatsiyasi jarayoni bankning kredit siyosatida belgilanishi shart.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha “to‘lovsizlik” tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, shuningdek bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi.
Kredit siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. Kredit siyosati “kreditning to‘liq qiymati” tushunchasini, shu jumladan kredit olish va xizmat ko‘rsatish (qaytarish) bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlar to‘g‘risidagi shartlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotni o‘z ichiga olishi zarur. Bunda, shu jumladan, resurslar qiymati, kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, ma’muriy sarflar, ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar va bank marjasi baholanishi zarur. Kredit siyosati quyidagi taqiqlarni nazarda tutishi shart:
-mikroqarz shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
-kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirish. Kredit siyosati bank bilan bog‘liq shaxslarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank talablariga muvofiq keluvchi limitlarni o‘z ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida bank bilan bog‘liq shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bog‘liq shaxslarga beriladigan kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qo‘yilishi kerak. Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari va bunday vositalar chiqarilishi mumkin bo‘lgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim.
Balansdan tashqari majburiyatlarni berishda moliyaviy hisobotlar (hujjatlar)ni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan boshqa turlarini berishda foydalaniladigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil bo‘lishi zarur. Tijorat akkreditivlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish, to‘lov va yuk ortish hujjatlari (yuk xatlari), sug‘urta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar qayd etilishi kerak. Siyosat bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini belgilashi hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar minimal yuzaga keluvchi yo‘qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab qo‘yishi lozim.
Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan, tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini ta’minlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tadbiri, moliyaviy tahlil, garovni rasmiylashtirish va baholash, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash, qonunchilik me’yorlariga rioya qilish. Kredit siyosati bank xizmatlari va bo‘linmalari tomonidan Bank Boshqaruvi va Kengashiga kreditlashning turli jihatlari bo‘yicha topshiriladigan hamda kredit portfeli sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim. Hisobotlar filiallar va bank bo‘yicha umuman kreditlash vositalari va yo‘nalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan hamda batafsil yoritilgan bo‘lishi kerak.