Kreditni so'ndirishning differentsial usuli bu nima? Kreditni so'ndirishning differentsial usuli bu kreditni so'ndirishning shunday usuliki, unga ko'ra har oy asosiy qarz bo'yicha bir xil summa to'lab boriladi, foiz to'lovlari esa kredit qoldig'i kamayib borishi bilan birga asta-sekin kamayib boradi. Birinchi oylarda to'lovlar miqdori eng yuqori bo'ladi va har oy kichrayib boradi. So'nggi oyda to'lov miqdori birinchi oyga nisbatan ancha kam bo'ladi. 10 000 000 so'm miqdorida 6 oyga 23% asosida kredit. Kreditni so'ndirishning differentsial usulida oylik to'lovlar miqdori quyidagicha bo'ladi: Har oylik to'lov summalari bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib, birinchi oyda to'lov 1 855 707,76 so'mni tashkil etadi undan 189 041,10 so'm foiz to'lovlari. So'nggi (6) oy uchun to'lov miqdori 1 698 173,52 so'mga teng bo'ladi undan faqatgina 31 506,85 so'm foiz to'lovlari. Siz bankka to'lashingiz zarur bo'lgan umumiy summa 10 672 146,12 so'mga teng. Muddat uzaytirilgan taqdirda, masalan, 24 oyga, birinchi to'lov hajmi 605 707,76 so'mni tashkil etadi, shundan 189 041,10 so'm foiz to'lovlari. So'nggi oyda (24) to'lov hajmi 424 805.94 so'mga teng bo'ladi undan 8 139,27 so'm foiz to'lovlariga teng. Kredit muddati ikki yil bo'lganda, bankka to'lanishi zarur bo'lgan summa12 398 721,46 so'mni tashkil etadi.
Ikki to'lov usulining farqi nimada? 10 000 000 so'mlik kredit bo'yicha to'lovlarni ikki xil usulda amalga oshirishni solishtirish natijasida xulosa qilishimiz mumkinki, differentsial to'lov usuli annuitetga nisbatan 6 oy va 2 yil muddat uchun mos ravishda 9 297,82 so'mga va 170 871,99 so'mga foydaliroq ekanini ko'rishimiz mumkin. Demak, kreditni annuitet va differentsial usulda so'ndirishni taqqoslaydigan bo'lsak, shartlar bir xil bo'lganida birinchi holatda to'lovlar miqdori birmuncha ko'p bo'ladi.
Kreditni so'ndirishning annuitet usuli: siz har oy qancha miqdorda to'lov amalga oshirishingizni aniq bilasiz. Kredit majburiyati bo'yicha o'z xarajatlaringizni bilgan holda, byudjetingizni yanada aniq rejalashtira olishingiz mumkin