Tadbirkorlik va boshqaruv


Kredit muassasalari va nobank kredit tashkilotlari



Yüklə 71,67 Kb.
səhifə17/22
tarix07.02.2023
ölçüsü71,67 Kb.
#83267
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Tijorat krediti va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Kredit muassasalari va nobank kredit tashkilotlari

Kreditlar bo'yicha kechiktirilgan to'lovlar qarz oluvchining kredit tarixida aks etadi va bu kredit olish bo'yicha murojaat rad etilishiga sabab bo'lishi mumkin. Agar Siz taqdim etgan garov (avtomobil, ko'chmas mulk) qiymati Sizning to'lov qobiliyatingiz yo'qolgan holatida kreditni to'liq qoplash uchun yetarli bo'lmasa, kredit miqdori kamaytirilishi mumkin; Agar Siz kredit majburiyatlari uchun kafolat sifatida uchinchi shaxs kafilligidan foydalanmoqchi bo'lsangiz, bank uchinchi shaxsning kreditni o'z vaqtida qaytarish bo'yicha moliyaviy imkoniyatlarini ham baholaydi, chunki kafil, qarz oluvchi kabi, kreditni o'z vaqtida undirish bo'yicha birdek javobgar bo'ladi; qarzdor kredit ta'minoti sifatida sug'urta polisini taqdim etganda, banklar sug'urta kompaniyasining moliyaviy holatini o'rganish va baholash huquqiga ega.
Jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligini baholashda kamida oxirgi 6 oy davomidagi daromad haqida ma'lumotnoma tekshiriladi. Odatda, ushbu ma'lumotnoma ish haqi va uning ushlanmalari(daromad solig'i, pensiya jamg'armasi hissasi va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Agar kredit kafillik bilan ta'minlangan bo'lsa, kafilning daromadi to'g'risidagi ma'lumotnoma ham taqdim etiladi. Shu bilan birga, tijorat banklari jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini skoring baholash natijalari asosida baholaydilar. Ba'zi tijorat banklari kredit berish yoki bermaslik bo'yicha qaror qabul qilish uchun o'z skoring tizimiga ega. Mazkur tizim mijozning taqdim etgan hujjatlarida ko'rsatilgan asosiy ma'lumotlari (ish joyi, o'rtacha oylik daromadi, boshqa kreditlar bo'yicha qarz va boshqalar) asosida kreditga layoqatliligini baholaydi. Yuridik shaxslarning kreditga layoqatliligini baholash jismoniy shaxslarning to'lov qobiliyatini baholashdan juda farq qiladi. Bunda, mezonlar yanada murakkab bo'lib, yuridik shaxsning moliyaviy holati va qarz mablag'lariga muhtoj bo'lgan loyihaning daromadliligini baholash ko'zda tutiladi.
Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.
Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi. Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.

Yüklə 71,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin