Tijorat krediti va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Kredit bu majburiyat, u sovg‘a yoki ehson emas. Kredit - bu kredit tashkilotlari, masalan bank tomonidan ajratiladigan qarz mablag'laridir. Banklar pullarni bir tashkilotdan qarz olib boshqasiga ma'lum bir muddatga qarzga beradi. Pulni qarz sifatida olib ishlatgani uchun foiz to'laydi va mijozlariga qarzga bergani evaziga esa foiz undiradi. To'langan foizlar va undirilgan foizlar o'rtasidagi farq bankning daromadi hisoblanadi. Demak, bankka tadbirkor sifatida qaraydigan bo'lsak, u o'z biznesi uchun
"xom-ashyo" sotib oladi, "mahsulotni ishlab chiqaradi" va daromad ko'rish uchun mijozlariga "sotadi". Bu yerda:
Xom-ashyo – bu pullarni depozitga foizlar evaziga jalb qilish;
Tayyor mahsulot – bu bank xizmatlari;
Sotuv – bu kredit va boshqa bank xizmatlari.
Kredit asosan ma'lum bir maqsadga, muddatga, ta'minot ostida, uni so'ndirish grafigi asosida va qarzdorning to‘lay olish qobiliyatiga qarab ajratiladi. Bu kreditning asosiy tamoyillari hisoblanadi. Chunki bank kredit berish uchun jalb qilgan mablag'larini omonatchi va depozit egalariga foizi bilan birga o‘z vaqtida qaytarishi, o'z xarajatlarini qoplashi va kreditni qaytish yoki qaytmaslik riskini oldindan baholashi lozim. Shundan kelib chiqib, har bir bank kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi. Kredit aholiga, xususiy tadbirkorlarga, yirik korxonalarga va hattoki davlatlarga berilishi mumkin. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kreditga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash va to‘xtovsiz faoliyat olib borishi uchun banklarga doim pul resurslari zarur.
Iste’mol kreditlari.Mijoz tomonidan ma’lum bir iste’mol tovar va xizmatlari, masalan maishiy texnika, avtotransport sotib olish uchun uy-joyni ta’mirlash, to‘y marosimlari, dam olish va davolanish kabilarga yo‘naltirilgan qarz mablag‘lari olinishi misol bo‘ladi.
Iste’mol kreditlarini ajratishda bank o‘z sa’y harakati bilan resurs jalb qiladi. Tabiiyki, bunday resurslarni bank ma’lum bir “narxda” sotib oladi. O‘z-o‘zidan “mahsulot ishlab chiqarish”dagi xarajatlarni qoplash maqsadida bank bunday kreditlarni nisbatan balandroq “narxda” sotadi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan kreditlar.Bunday kreditlar boshlang‘ich sarmoya, aylanma mablag‘ni to‘ldirish, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi maqsadlar uchun qisqa va uzoq muddatlarda ajratiladi. Bunda kredit foizlari davlat dasturi asosida imtiyozli ravishda yoki bankning o‘z mablag‘lari hisobidan, lekin imtiyozli kreditlarning foizlaridan farqli ravishda ajratilishi mumkin.