Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.
Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma'lumot oladi.
Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya'ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me'yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.
Iqtisodiy normativlar – Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira me'yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning yetarliligi va boshqalar kiradi. Bank iste'mol kreditlari mamlakatimizning barcha banklari taklif etadigan bank xizmati turi bo‘lib, ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini xarid qilish maqsadida ajratiladi:
maishiy-texnika, komp'yuter, radio va elektrotexnika;
Iste'mol krediti har bir bankning ichki tartibiga asosan ajratiladi. Kredit mahsulot va xizmat yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi. Shuningdek, ba'zi banklar kredit uchun garov ta'minoti (ko‘chmas va ko‘char mulk, sug‘urta polisi) talab etadi. Aksariyat hollarda iste'mol kreditlari uchinchi shaxsning (masalan, doimiy daromadga ega bo‘lgan hamkasbingiz, o‘rtog‘ingiz yoki qarindoshingiz) kafilligi ostida ajratiladi.
Banklar iste'mol kreditlarini o‘rtacha 22%-28% stavkalaridan, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatlarda taklif etadi. Ba'zi banklarda shartnomaning 20%-25% miqdorigacha boshlang‘ich badal qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Kreditni so‘ndirish kamayib borish tartibida yoki oyma-oy bir xil miqdordagi to‘lovlar (annuitet) asosida amalga oshirilishi mumkin. Kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o‘zgartirish huquqiga ega emas.