O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI “BANK ISHI VA MOLIYA” KAFEDRASI.
.
«____» _______2021 y.
BANK ISHI FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Tijorat krediti va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
R E J A: Kirish………………………………………. ……………………………….….3 1. Tijorat banklarida kredit siyosatining maqsadi, strategiyasi, tamoyillari…….5
2. Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit, uning turlari va funksiyalari………14
3.Markaziy bankning tijorat bank kreditlariga ta’siri……………………….......20
4. Kredit muassasalari va nobank kredit tashkilotlari………….……………..…30
Xulosa……………………………………………...……………………….…...37
Foydalanilgan adabiyotlar rőyxati……………………………………..…..…38
Kirish
2020- yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.