Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlanishining tashkiliy asoslari tadbirkorlikning huquq va majburiyatlari


O‘rtoqliklar kommindit, to‘la va chala



Yüklə 460 Kb.
səhifə6/38
tarix04.08.2023
ölçüsü460 Kb.
#138672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi s (3)

O‘rtoqliklar kommindit, to‘la va chala shirkatlar.
Kichik biznesda ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun har il shakldagi shaslar birlashuvi ichida eng oddiysi o‘rtoqlik, ya’ni shirkatchilikdir.
O‘rtoqlik - bu ikki yoki undan ortiq shesning mulkini umumiy manfaatni ko‘zlovchi maqsadlardagi tadbirkorlik harakatini uyushtirish, birlashuvidir. U shartnoma asosida tashkil qilinadi, uning qatnashchilari avvalo o‘zining va boshqa a’zolarning manfaatini ko‘zlab arakat qiladilar.
O‘rtoqlik ish asosan uchta turi mavjud: chala (oddiy), to‘la va kommandit shirkatchiligi.
CHala (oddiy) shirkatchilik - bu ikki va undai ko‘p shahslarning shartnomaviy birlashishi bo‘lib, unda mulk va tadbirkorlik harakatlari umumiy shirkatchilik manfaatiga erishish maqsadida birlashadi. Ushbu birlashish shaklida tashkilot umuman bo‘lmaydi, chunki shirkatchilik sheriklari hap biri alohida harakat qiladi.
Uchinchi shaslar uchun ushbu birlashma umuman yo‘q yoki mafiy hisoblanadi. Ammo, chala (oddiy) shirkatchilikda ishtirok, etuvchi shaslar, o‘z huquq va majburlyatlarini umumiy manfaat uchun ishlatadilar. Mulk masalasida, uchinchi shas oldidagi majburiyalari to‘la saqlab qolinadi. Bu kabi shirkatchilik a’zolari kelishilgan ulushni qo‘shishlari zarur va ko‘rilgan zarar va qarzlarni to‘lashda barobar qatnashishlari lozim bo‘ladi. Ular tadbirkorlik ishini olib borishda teng huquqga ega bo‘lib shirkatchilikka kiritgan ulushidan qat’iy nazar ishni tekis olib borishi, olingan foydani taqsimlashda ishtirok etishi, kerakli vaqtda shirkatchilikdan chiqishi va mulkning bir qismiga egalik qilishi mumkin.
Birdamlikdagi javobgarlik, qatnashchilar o‘rtonlikning umumiy majburiyati uchun javobgarliklari asosida amalga oshiriladi. Bu javobgarlik cheklanmagan javobgarlik bo‘lib, bunda shirkatchilik qatnashchilari unnng majburiyati bo‘yicha faqat o‘zining hissasi bilan emas, balki shirkatchilik maqsadida ishlatilishi va ishlatmasligidan qat’iy nazar, agar shirkatchilik ko‘rgan zarar uning mulki qiymatidan ortiq bo‘lsa, o‘zining barcha mulki, shu jumladan shnsiy mulki bilan javob beradi.
To‘la shirkatchilik - bu shartnoma asosida ikki va undan ortiq shaslarning umumiy maqsadga erishish uchun o‘z mulklari va tadbirkorlik kuchlarini birlashtirishiga asoslangan kelishuvidir.
To‘la shirkatchilikda ham uddi chala (oddiy) shirkatchilikka o‘shab, uning egalari manfaatining birligi seziladi. Agar chala (oddiy) shirkatchilikda umumiy manfaat mafiy namoyon bo‘lsa, to‘la shirkatchilikda uchinchi shaslar bilan bo‘ladigan barcha munosabatlarda umumiy shirkatchilik manfaati aniq ko‘rinib turadi.
Oddiy (chala) shirkatchilikdagiga o‘shab to‘la shirkatchilikda ham tashkilot bqlmaydi. Bitimlar barcha O‘rtoqlar manfaatini ko‘zlab va ularning bittasi yoki bir nechasi nomidan tuziladi. Ammo, tashqi iqtisodiy
munosabatlarda, to‘da shirkatchilik, uning sheriklari nomi bilan ish yurituvchi yagona firma sifatida arakat qiladi.
Qonun bo‘yicha shirkatchilik a’zolarn soni cheklanmagan bo‘lsalar ham, ko‘pchilik shirkatchiliklar, asosan ikki yoki uchta a’zoga ega bo‘ladilar. SHirkatchilik yollangan ishlovchilar mahnatidan ham foydalanadi.
SHirkatchilar mulki, odatda, uning a’zolari hissasidan va qilingan foydadan tashkil topadi va u sheriklarga umumiy mulk bo‘lib xizmat qiladi.
Barcha shirkatchilar faoliyati uchun a’zolar o‘rtasidagi kelishuv asos bo‘ladi. SHirkatchilik to‘g‘risidagi kelishuv quyidagm majburiy ilovalarni o‘z ichiga oladi: shirkatchilikning nomi, yanr bir sherikning familiyasi, ismi va otasining ismi, tadbirkorlik faoliyati turi va o‘rnashgan joyi, hap bir sherikning qo‘shgan mablag‘i miqdori, daromad va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararniig taqsimlanish tizimi, har bir sherikning kompensatsiya olish usuli, bir sherkning shirkatchilik kapitalidan oladigan cheklangan pul mablag‘i.
Tadbirkorlik faoliyatidai keladigai daromad sheriklarga tegishli hisoblanadi. SHirkatchilik a’zolari foydani hap qanday o‘zaro manfaatli usul bilan bo‘lishishga kelishishlari mumkin. Har bir shirkatchilik sherigi bir il miqdorda kapital qo‘shish majburiy emas, ba’zi bir ollarda bir sherik butunlay hech narsa qo‘shmasligi mumkin, chunki uning biror sohadagi tajribasi va kasbi, bilimi uning kapitali bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kommandit shirkatchiligi - bu ikki yoki undan ortiq shasning mulni va tadbirkorlik arakatlarini umumiy maqsadga erishish niyatida birlashtirishiga asoslangan shartnomaviy kelishuvi bo‘lib, bunda sheriklar ichida kamida bittasi kreditorlar oldida to‘la (cheklanmagan) javobgarlikka, yana bittasi cheklangan javobgarlikka ega bo‘lmog‘i kerak. To‘la javobgar shahslar haqiqiy a’zolar, cheklangan javobgarlar omonatchi - a’zo yoki komanditlar deb ataladilar. Kommandit kreditorlar oldida o‘zining shasiy mulki bilan emas, balki, umumiy mulkka qo‘shgan hissasi bilan javobgar bo‘ladi.
To‘la shirkatchilikdagi har bir sherik shirkatchilik faoliyatida shahsan qatnashishi kerak bo‘lsa, kommanditlar shirkatchilikka o‘z mulkini kiritishdan boshqa majburiyatga ega emaslar. Ular uchinchi shaxclar bilan bo‘ladigap bitimlarda ishtirok qilmaydilar va ularning nomi uchinchi shaslar uchui noma’lum bo‘lib shirkatchilik bitimlarida kommandit uchinchi shaslar bilan taraflik munosabatlarida ishtirok etmaganligi sababli shirkatchilik majburiyati bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi, ammo unda shirkatchilikni umumiy mulkiga qo‘shgan o‘z issasini yo‘qotish afi bo‘ladi.
Kommandit shirkatchlligi aralash issdorlik-kommanditligi" shakliga o‘tishi mumkin va buning uchun a’zolar o‘z issalarini qo‘shishni aksiya sotib olish yo‘li bilan amalga oshirishlari zarur. SHirkatchilikning bunday aralash shakli uning hissadorlik jamiyatiga o‘tish shakli bo‘lib xizmat qiladi.
xo‘jalik shirkatchiligininng tadbirkorlikning boshqa tashkiliy huquqiy shakllari oldidagi afzalliklari quyidagilar:
• ishbilarmonlikning yakka xo‘jalik shakliga qaraganda shirkatchilik o‘zining mablag‘lari bilan biroz quvvatliroq;
• majburiyatlar bo‘yicha yuqori javobgarlikka egalik xo‘jalik shirkatchiligili mijozlarga ishonchli sherik qilib qo‘yadi;

  • boshqaruvning cheklangan sondagi shaslar (haqiqiy a’zolar) atrofida jamlanishi biror qabul qilishidan zaruriy mustaqilllk, erkinlik va tezkorlikni ta’minlaydi;

  • begona ivestorlarning kapitalini jalb qilish imkoniyati tadbirkorlik fioliyatini kengaytirshi va takomillashtirish, hamda mahsulot, ish va ko‘rsatiladigan xizmatning raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit yaratadi;

  • murakkab bo‘lmagan tarkibi va boshqaru tizimi amaldagi ishlab chiqarish arajatlarni kamaytiradi. SHirkatchilik odatda qobiliyatli va tajribali, hamda bir birini to‘ldiruvchi odamlardan tashkil topadi.

Menejerlik vazifasi ular o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Masalan bitta sherik molni va mahsulot ta’minotida bo‘yicha ekspert, boshqasi - marketingda, uchinchisi - reklamada xizmat qiluvchi bo‘lishi mumkin;

  • ijobiy iqlim (muhit) mavjudligi. Bundan shirkatlarda insonlar ishni o‘z ohishi bilan qabul qiladilar psiologik jihatdan bir-birini yashi tushunadilar, shuning natijasida ularning orasida
    ijobiy iqlim doimiy ravishda saqlanib turadi;

  • shirkatchilik a’zolarining ishiga yuqori darajadagi qiziqishi. SHirkatchilik uchun foydali bo‘lgan barcha napca uning ar bir a’zosi uchun ham foydalidir.

Xxo‘jalik shirkatchiligining kamchiliklari:

  • barqaror emaslik. SHirkatchilik ishbilarmonchilikni eng o‘zgaruvchan shakli hisoblanadi. SHeriklardan birining undan chiqishi yoki o‘limi
    shirkatchilikning butunlay tarqalib ketishiga cabab bo‘ladi. Bu kabi noaniqlik uzoq muddatli bitimlar tuzilishini qiyinlashtiradi;

  • a’zolarni cheklaingan javobgarligi. Agar bitimda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda, hap bir a’zo shirkatchilik qarzlari oldida, o‘zining investitsiyadagi hissasidan qat’iy nazar, to‘la javobgarlikka ega bo‘ladi,
    ya’ni biror a’zoning atosi boshqa a’zolarning ham qilishiga olib keladi.




Yüklə 460 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin