3. Kapital investitsiyasi va uning turlari.
4. Investitsiya va daromadlarni diskontlashtirish.
Moliyaviy resurslar va moliyaviy kapitalning moiyati va tuzilishi.
Biznesning asosini, shuningdek uniig kichik ko‘rinishlarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. xxo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy zaxiralarini uning ixtiyorida bo‘lgan pul vositalari tashkil qiladi. Ular xxo‘jalik faoliyatining turli tarmoqlariga yuboriladi: vositachi va moliyaviy xxizmatlar, savdo sotiq xxizmatlari, investitsiya va innovatsiya loyihalari. Naqd pulning etishmovchiligi kichik biznesni istiqbolini, uni hayot topish ehtimolini, uning moliyaviy epchilligini pasaytiradi va sinishiga olib keladi. CHunki etarli miqdorda naqd pulni bo‘lmasligi banklarni qarz bermasligiga olib keladi, xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun ishlatiladigan moliyaviy zairalar (om ashyo sotib olish, yarimtayyor mahsulotlar, mehnat uskunalari, ishchi kuchi) pul ko‘rnishdagi sarmoyadir. SHunday qilib moliyaviy menejmentda tivsiflanishi bo‘yicha sarmoya bu moliyaviy zairaning bir qismidir.
Sarmoyaning umumiy ifodasi:
D T D 1
P T P1
bu erda: P - investor tomonidan qarzga berilgan pul mablag‘i.
T - masulot ( tadbirkorlik faoliyati uchun sotib olingan uskuna, ishchi kuchi va xo‘jalik yuritishni boshqa qismlari).
P1- investor tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritish natijasida va qo‘shimcha masulotni sotishdan olingan pul mablag‘i.
(P1 - S) -investorni foydasi yoki qo‘shimcha masulot.
(P1 - T) - masulot sotuvidan yoki xxizmat ko‘rsatishdan tushgan pul.
(P - T ) - investorni xo‘jalik uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajati.
Moliyaviy sarmoyani ishlatishini yuqorida keltirilgan jadvalda xxo‘jalik tizimiga quyiladigan pul mablag‘lari to‘la sarflanmaydi, faqat qarzga beriladi va aylanib foyda bilan investorga qaytib keladi. (P) Moliyaviy zairalar sarmoyasi qo‘shimcha foyda keltirishi uchun u ko‘proq aylanishi kerak.
П
П1
m
Т
bu erda: m - investorning foydasi.
Yiliga sarmoya qancha ko‘p aylansa investor yillik daromadi shuncha ko‘p bo‘ladi.
Moliyaviy zairalar sarmoyasini tuzilishiga shuniigdek asosiy fondlar, aylanma fondlar, muomila fondlariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi. Asosiy fondlar - mehnat qurollar yig‘indisini qimmatli ko‘rinishi. U moliyaviy ko‘rinishini o‘zgartmasdan ishlab chiqarish va xo‘jalik korona chegarasida faoliyat ko‘rsatadi hamda o‘z qiymatini qaytadan yaratilgan masulot qiymatiga o‘tkazadi.
Aylanma fondlar - koronani ishlab chiqarish fondini bir qismini tashkil qiladi. U bir ishlab chiqarish davrida (siklida) ishlatiladi va o‘z qiymatini ishlab chiqariladigan masulotga to‘laligicha o‘tkazadi. Muomila fondlari tayyor masulotni iste’molchilarga yuborilgani lekin to‘lanmagani, bank va kassa, hisobidagi pul mablag‘ini o‘z ichiga oladi.
Nomoddiy aktivlar - hisob-kitob toifasi. Nomoddiy vositalariga fizik ususiyatlarga ega bo‘lmagan, ammo korona aktiviga qo‘yilgan va odatda uning foydalanish muddati davrida amortizatsiya to‘lovlarini talab qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, nou-ou, avtorlik uquqlari va boshqa intellektual to‘liq, shasiy mulkchilikka va erdan, foydali qazilmalardan va savdo markazlaridan, EHM programmaviy ta’minotidan va boshqalardan uzoq davr foydalanish. Ularning bir qismi o‘zining dastlabki narini yo‘qotadi va vaqt o‘tishi mobaynida foyda keltaradi.
Nomoddiy vositalarni sotib olingan tovar va sotishdan masulot sotishdan, ish bajarish va xizmatdan kelgan foyda hisobiga hamda bank krediti, jismoniy yuridik shaslarni qaytarilmaydigan badallari hisobiga moliya bilan ta’minlaniladi. Oddiy vositalar ularni sotib olish qiymatlari bilan hisobga olinadilar ularga qo‘shimcha (bevosita) harajatlar, ba’zi bir ob’ektlarni tartibga keltirib xo‘jalik faoliyatiga kiritish uchun qilingan harajatlar qo‘shiladi.
Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari.
Uncha ko‘p bo‘lmagan yangi ishbilarmonlar o‘z ishlarini o‘zlari moliya bilan ta’minlaydilar. Ko‘pchilik kishilar oz miqdorda bo‘lsa ham tashqi manbalarga mutoj bo‘ladilar.
Pul resurslarining 4 ta toifasi mavjud:
1. Savdo krediti. Bu gurhdagi "Pul" to‘g‘ri ma’noda zayom vositasi hisoblanmaydi. Haqiqatdan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning etkazib beruvchilaringiz sizga pul to‘lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muhlatlarda to‘lash sharti bilan.
2 Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar bu kabi kreditlarni masus maqsadlar uchun tovar sotib olish uchun beriladi. Masalan, qisqa muddatli kreditlar ehtiyot sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga etmasdan uziladi.
3. Uzoq- muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatda koronani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi va olipta foyda hisoblanadi.
4. Aksionerlik kapitalda investorning qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydani bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda siz o‘z koronangizning bir qismini sotasiz.
Dostları ilə paylaş: |