Volume–24_Issue-1_March_2023 27 rejani batafsil o'rganish va ekspertizadan o'tkazish, mahsulot ishlab chiqarish va ularni
bozor sharoitida sinash tajribasi, bozorda ishlab chiqarish va sotish sxemasiga tuzatish
kiritish va h.k. Xususan, O‘zbekistonda ham 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion
g’oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” da qator yangiliklar amalga
oshirildi. Davlat dasturida “Innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish, yangi va talab
yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion loyihalar –
startaplarni, jumladan, xorijda qo‘llaniladigan ilg’or uslub va texnologiyalardan
foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, investorlar va
innovatsion infratuzilma subyektlari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali
tashkil etish” kabi mavzular o‘z aksini topgan.Shunday qilib, innovatsion
tadbirkorlikni sifat jihatidan yangi, ayni paytda innovatsiyalarni doimiy ravishda
izlashga, innovatsion komponentga yo‘naltirilgan iqtisodiy jarayonga aylantirishning
maxsus innovatsion jarayoni sifatida talqin qilish mumkin. Bu tadbirkorlar yangi
biznes loyihasini amalga oshirish yoki davom etayotgan loyihani takomillashtirishga
tayyor. Umuman olganda, innovatsion tadbirkorlikni davlat texno-iqtisodiy jarayoni
deb tushunish mumkin, buning natijasi sifatida innovatsiyalarni amaliy sinovdan
o'tkazish yo‘li bilan eng yaxshi va yuqori sifatli yangi mahsulot, ish, xizmat va
texnologiyalarni yaratilishini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, innovatsiyalar
davlatning rivojlanishida katta o‘rin tutib, bu jarayonni tezlashtiradi.O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Faol tadbirkorlik va innovatsion
faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g’risida”gi qarori.Xususan, O‘zbekistonda qabul qilingan ko‘plab
normativ-huquqiy hujjatlar ва ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga qo'yilgan
qonun loyihalarida o‘z aksini topgan. Innovatsion faoliyat to‘g’risida 2020 yil 27
iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g’risida”gi
Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017–2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi
to‘g’risida”gi prezident farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini
tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g’risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975- son
Farmoni , «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni
qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish
to‘g’risida» 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son, «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish
tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g’risida» 2020 yil 13 oktabrdagi PQ-4862-son qarorlari, “O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi