Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va boshqa psixik jarayonlar


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tafakkurning o'sishi



Yüklə 39,48 Kb.
səhifə13/14
tarix31.12.2021
ölçüsü39,48 Kb.
#50021
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tafakkurning o'sishi

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri ham, asosan aniq­amaliy va aniq-yaqqol tafakkur bo'ladi.

Lekin tarbiya ta'siri bilan tajriba va bilimlar to'planishi sababli hamda umuman aql-idrokning birmuncha o'sganligi sababli, maktabgacha tarbi­ya yoshidagi bolaning tafakkuri yasli yoshidagi bolaning tafakkuriga nis­batan ancha mazmunli bo'lib qoladi. Uning fikrlash jarayonlari ham ancha takomillashadi: uning taqqoslashi ancha aniqroq bo'ladi, analizi ancha mufassalroq, umumiylashtirishlari ancha aniq va kengroq bo'ladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola biror ishni qitayotganida shu ishning maqsadini oldindan belgilab qo'yadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola­ning mana shunday fikrlash jarayoni ancha murakkabroq bo'lgan o'yin faoli­yatida va uning uyidagi o'zi uddalaydigan mehnat faoliyatida namoyon bo’ladi hamda o'sib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o`yinda va mehnatda boshqalarning harakatlariga ko'pincha taqlid qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, ba'zi vazifalarni o'zi ham mustaqil qiladigan bo'lib qoladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqning o'sib borishi va uning kattalar bilan nutq orqali qilayotgan aloqasi kengayib borishi undagi tafakkurning shakllanishida, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning fikr qiladigan narsalar doira­si ham kengaya boradi. Bu narsalar doirasi bola o'zi bevosita idrok qili­nayotgan narsa chegarasidan ham chetga chiqadigan bo'lib qoladi. Maktab­gacha tarbiya yoshidagi bola o'zi shu onda idrok qilayotgan narsalar to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki o'zi ilgari idrok qilgan narsalar to’g'risida ham fikr qiladi. Maktabgacha arbiya yoshidagi bola xayolining o'sib borishi sababli u yaqin kelajak to'g'risida ham, ya'ni ertagi kun to’g’risida, bo'ladigan bayram to'g'risida, yaqinda yoz bo'lishi to'g'risida boshqa shu kabilar haqida fikr qiladigan bo'lib qoladi. Ertaklardagi voqealarni xayol qilishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri uchun material bo'ladi.

Bog'lanishli nutq o'sib borgan sari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri faqat ayrim-ayrim hukmlardagina ifodalanib qolmas­dan, balki, shu bilan birga, muhokamalar tatiqasida ham ifodalanadi. Lekin bu muhokamalarda hamisha muayyanlik va izchillik bo'lavermaydi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'z muhokamalarida ko`pincha bir narsadan ikkinchi narsaga «sakrab» o’taveradi, o'zining tasdiqlab va inkor qilib aytgan so'zlarida zidlik borligini payqamaydi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`z muhokamalarida, asosan, analogiya (bir-biriga o'xshatish) yo'li bilan xulosa chiqaradilar. Maktab­gacha tarbiya yoshidagi bolalar maktab yoshiga yetay deb qolganlarida, ularda deduksiya va induksiya yo'li bilan xulosa chiqarish qobiliyati o'sa boshlaydi. Bolalar bunday xulosalar chiqarish shaklini kattalardan nutq bilan birgalikda o'rganib oladilar.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning miyasida ko'pgina aniq tu­shunchalar turadi, bu tushunchalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bola­ning turmush tajribasida va kattalar bilan nutq orqali qilingan aloqa jara­yonida hosil bo'ladi.

Yasli yoshidagi bolaning tushunchalariga nisbatan maktabgacha tar­biya yoshidagi bolaning tushunchasi anchagina sermazmun bo’ladi, ya'ni uning tushunchasida narsaning belgilari ko'proq aks etgan bo'ladi. Lekin. shu bilan bir vaqtda, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchalarida narsalarning unchalik ahamiyatli bo'linagan belgilari ham bo'ladi: bu belgilar, asosan, o'zining yorqinligi, chiroyliligi, harakatchanligi va

boshqa shu kabi xususiyatlari bilan bolaning diqqatini o'ziga tortgam belgilardir.




Yüklə 39,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin