TAFAKKURNING O'SISHI
Bola tug’ilgan kunidan boshlab ba'zi narsalarni sezish va ba'zi hislarni ajratish qobillyatiga ega bo'ladi. Lekin hali bu bolada fikr qilish bo’shaydi; bola o'sgan sari, tajriba to'play borgan sari nutq orqali aloqa imkoniyati kengayib, faoliyati o'sib borgan sari ta'lim va tarbiya jarayonida uning tafakkuri ham o'sa boradi.
Yasli yoshidagi bolalarrning tafakkuri
Bolalar tili chiqib, yaxshi gapira borgan sari, ularda fikrlar, ya'ni mugokamalar va ttushunchalar shaklida ifodalanadigan tafakkur jarayonlari ham o'sib boradi. Lekin idrok va tasavvurlarning obrazlariga tayanuvchi hamda ish-harakatlarda ifodalanuvchi boshlang'ich aniq tafakkur bolalarda tili chiqmasdan oldin pavdo bo’la boshlaydi.
Yasli yoshidagi bolalarning tafakkuri hali juda cheklangan bo'ladi. Yasli yoshidagi bola, asosan, o'zi shu onda idrok qilgan narsalari to'g'risida fikr qiladi. Ushinskiy degan ediki: «Bola agar shunday deb aytish mumkin bo'lsa, shakllar, bo'yoqlar, tovushlar, umuman sezgilar orqali fikr qiladi».
Yasli yoshidagi bolalarda fikr qilish jarayonlari ularning hali sodda nutqlarida ifodalanadi. Bu nutq ko`pincha boshqa kishilarga murojaat qilmay, o'ziga gapirishdan iborat bo'ladi. Bu fikr qilish jarayonlari ayni vaqtda idrok qilinayotgan narsalar bilan qilingan ish-harakatlarga bog'liq bo'ladi.
Bu yoshdagi bola narsalarni birining ustiga birini qo'yib yoki yonmayon qo'yib taqqoslaydi: masalan, o'z o’yinchog'ini bo'lak-bo'lak qilib sindirib, uni analiz qiladi; kubiklardan yoki cho'plardan «Uy» yasab, sintez qiladi; kubiklarni rangiga qarab terib, ularni turkumlarga ajratadi va umumiylashtiradi. Bu yoshdagi bolalarni hali o'z oldiga biror maqsad qo'ymaydi va o'z harakatlarini rejalashtirmaydi. Bola idrok va harakat qilar ekan, ayni vaqtda fikr ham qiladi.
Bolaga biror narsani ko`rsatib va «Bu nima?» deb savol berib, shu narsaning nomini aytish taklit qilinganida u «Stol» deb javob beradi, ya'ni o'z hukmini aytadi, «Qani aytchi, bu nima?» deyilgan savolga, «Bu kosa» deb javob beradi va hokazo. Agar bola narsaning nomini billmasa, u savol bergan kishiga burilib, odatda uning shu narsa nominii aytib berishini kutadi. idrok qilinayotgan narsaning nomini aytishning o’ziyoq hukmdir. Lekin bolalar narsalar to'g'risida mana shunday bevosita -hukmlar aytish shu narsalarning nomini aytib berish bilangina cheklanmaydilar, bolalar narsalarning ayrim belgilarini, sifatini, harakatini, ya'ni o’zlari o'z tajribalarida tanishgan, o'z1ari idrok qilgan belgilarini ham aytib beradilar.
Dostları ilə paylaş: |