Tafakkur haqida umumiy tushunciia



Yüklə 34,64 Kb.
səhifə1/12
tarix11.05.2023
ölçüsü34,64 Kb.
#111008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tafakkur haqida umumiy tushunciia


TAFAKKUR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCIIA
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrof­dagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.
Tafakkur jarayonida fikr paydo bo'ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq — til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o'z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.
Sezgi va idroklarga, xotira va tasavvurlarga nisbatan tafakkur odam­larning bilish va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega.
Masalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G'arbga botayot­ganligini hammamiz ko'ramiz (idrok qllamiz). Biz Yerning qimirlamay turganligini, quyosh esa yer atrofida aylanayotganligini ko'ramiz. Ko'p asdar davomida juda ko'p kishilarning qilgan fikriy faoliyati natijasida­gina, uzoq davom etgan kuzatishlar va tidqiqotlar natijasidagina haqiqat­da quyosh yer atrofida aylanmasdan, balki yer o'z o'qi atrofida va quyosh atrofida aylanayotganligi aniqlandi. Demak, quyoshning harakati to'g'risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka, haqiqatga to'g'ri kel­mas ekan, -voqelikning to'g'ri aks etishi, ya'ni haqiqat — bunch tafakkur yordami bilan aniqlandi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlaridagi hosil bo’lgan ko’kmlar va tushunchalar ularning chinligini yoki chin emasligini aniqlaslida ifodalanadi.

Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va to’laroq aks etadi.
Biz sezgi, idrok va tasavvur vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo’lmagan narsa yoki hodisalarni, bu narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bog’lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Masalan,
bizga ma’lumki, agar yorug’lik nuri shisha prizma orqali o'tkazilsa, bu nur spel, ruing yetti mngiga ajralib ketadi, bu ranglami biz idrok qilamiz (ko'zimiz bila ko'ramiz), lekin fizikadan bizga, shu narsa ma’lumki, bu nurlardan bo’lak, yangi boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar, infraqizil va ultrabinafsha nurlar deb ataladi. Bu nurlarni biz ko`rmaymiz, idrok qilmaymiz. Bunday nurlarning borligi tafakkur yordami bilan kashf qilingan.


Yüklə 34,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin