Tafakkur jarayonini oʻrganish va axborot nazariyasi
Abstraktsiya shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunday tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha ob`ektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu ob`ekt yoki ob`ektdan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda ob`ektdan ajratilgan bir belgining o`zi tafakkurning mustaqil ob`ekti bo`lib qoladi. Abstraktsiya, odatda tahlil jarayonida yoki tahlil natijasida sodir bo`ladi.

Umumlashtirish tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash muhim belgilarining shu narsalar to`g`risidagi bitta tushuncha qilib fikrda birlashtirish demakdir. Masalan: olmalar, noklarda, o`riklarda, apel’sinlarda va boshqa shu kabilarda bo`lgan o`xshash belgilar bitta tushunchada birlashadi.
Konkretlashtirish birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob`ektga tadbiq etish mansub qilinadi, ifodalanadi. Masalan: biz “oq” deganimizda ko`z oldimizga kor, qog`oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilari kamroq bo`lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo`ri, o`zumni mevalar qatoriga, stol, stul, divan va shu kabilarni mebel qatoriga qo`shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog`ida biz, odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o`zidir.