Tafakkur
— inson aqliy faoliyatining yuksak shakli;
obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T.
atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish
quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga
oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok,
tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson
miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik
asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro
munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr,
mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular
shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar
shaklida ifodalanadi (qarang
Ong
). T. til va nutq bilan
chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi.
Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq
aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi
kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga
ham beriladi. Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli
xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib
turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan,
idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning
haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar,
tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini
belgilab oladi. Inson T.i orqali voqelikni
umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa
va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar,
munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin,
inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga
asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning
vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan
koʻrish imkoniyatiga ega.
Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq,
jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika,
biol.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi.
Psixologiyada T. voqelikni umumlashtirish
darajasiga, muammoni yechish vositasi
xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi,
shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir
necha turlarga (koʻrgazmali harakat,
koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy,
ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq
qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va
ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va
munosabatlar ham T. yordamida namoyon
boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi
tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi
tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat
qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat T.
sifatlari vujudga keladi. Insonning inson
tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan uzviy
aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar,
takliflar T.ning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya
T.ning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi
davri), ontogenetik (kishi umri davomida)
bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi.
Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab
masalalari T.dagi mantiqiy jarayonlarni yanada
chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.
TAFAKKURNING IKKINCHI MUHIM BELGISI
VOQELIKNI ANALIZATORGA BEVOSITA TA’SIR
KO‘RSATMAY, KO‘PCHILIK HOLLARDA ASBOBLAR
KO‘MAGIDA OLINGAN QO‘SHIMCHA BELGILAR
YORDAMIDA ANGLANADIGANLARNI TUSHUNISH VA
NAMOYON QILISH IMKONINI YARATUVCHI
Dostları ilə paylaş: |