Tafakkur va ong


Ongning to’rtinchi ta’rifi



Yüklə 318,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.04.2022
ölçüsü318,92 Kb.
#55774
1   2   3   4   5   6
Ongning to’rtinchi ta’rifi – uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. 

“Mening o’z muhitimga bo’lgan munosabatim meninng ongimdir” deb yozgan  Karl 

Marks. 

Kishi  ongiga    muqarrar  ravishda  his-tuyg’ular  olami  kirib  keladi, unda  murakkab 

obyektiv eng avvalo o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. 

Bu  o’rinda  esa  (jalb  etilgan)  ijtimoiy  boshqa  ko’pgina  hollarda  bo’lgani  kabi 

potologiya  normal  ongni  mohiyatini  anglab  olishga  yordam  beradi.  Ayrim  ruhiy 

kasalliklarga  chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar 




sohasidagi  buzilish  bilan  belgilanadi:  Bemor  bunga  qadar  behad  yaxshi  ko’rgan  

onasini suymaydigan bo’lib qoladi. Ya’ni kishilar to’g’risida  zarda bilan gapiradi 

va hakazo. 

Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi 

namoyon  bo’lishining    muqarrar  sharti  til  hisoblanadi.  Nutq  jarayoni  faoliyatida 

odam  bilimlar  hosil  qiladi.  Kishi  dunyoga  kelgunga  qadar  uning  uchun  insoniyat 

yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan 

o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan  edi: “Har bir kishi ildizlari 

sal bo’lsa ham odam  ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli  shajaraga tayanadi: 

sohil  bo’yidagi  to’lqin  kabi  orqamizda  butun  boshli  okean,  butun  bir  dunyo 

tarixining shiddati his etiladi. Til alohida sistema, unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki 

ijtimoiy ong aks etgandir. Til konkret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, u ma’lum 

bir ma’noda  uning real ongi bo’lib qoladi.» 

Ulug’  mutafakkirlar  –  “Til  amaliy,  haqiqiy  ongdir,  boshqalar  uchun  ham  mavjud 

bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir...” deb qayd etgan 

edi. Ong tushunchasi psixologiyada psixotriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida 

keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan  ma’noda ishlatiladi. 

Psixiatorlarning    bemorda  ong  bor  yo’qligi,  yo  bo’lmasa  buzilganligi  masalalari 

doim  qiziqtiradi,  shu  tufayli  ular  ong  deganda  bemorning  o’z-o’ziga  qayerdaligi, 

vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati 

ham  harakatlari  haqida  hisob  berish  imkoniyatlarini  tushunadilar.  Ong  yaxshi 

saqlanib  qolgan  odam  miyaga  kelayotgan  yangi  axborotga  o’zidagi  mavjud 

bilimlarni  hisobga  olgan  holda  baho  beradi  va  o’zini  tevarak-atrofdagi  muhitdan 

alohida  ajratib,  boshqa  odamlarga  faoliyat  va  vaziyatga  nisbatan  tarkib  topgan 

munosabatlar sistemasini saqlab qoladi  hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida 

o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. 

Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. 

Ongsizlik  –  kishini  o’zini  tuta  olmaydigan  qilib  qo’yadigan  taaassurotlar  bilan 

bog’liq  psixik  jarayonlar  harakatlar  va  holatlar  yig’indisidir.  Psixik  holat  sifatida 



ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat 

o’rni  va  vaqtini  mo’ljal  qilish,  yaxlitligi  yo’qoladi,  hatti-harakatining  nutq 

yordamida    boshqarilshi  buziladi.  Ongsizlikka  quyidagi  psixik  holatlarni  kiritish 

mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan 

lekin  haqiqatda  ham  ta’sir  ko’rsatadigan  kuzatuvchilarga  javob  reaktsiyalari: 

oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan  va shunga 

ko’ra  endilikda  anglanmaydigan  bo’lib  qolgan  harakatlar  faoliyatiga  undovchi 

ammo  maqsad  hissidan  anglanmaydigan  ayrim  moyillar,  ongsizlik  hodisalariga 

bemor  kishining  psixikasida  ro’y  beradigan  ba’zi  bir  protologik  hodisalarni-

alahlash,  ko’ziga  yo’q  narsalarning  ko’rinishi  kabilarni  ham  ko’rish  mumkin. 

shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar 

psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi. 

Ongsizlik  –  bu  kishining  xuddi  ong  kabi  o’ziga  xos  psixik  qiyofasidirki,  u  kishi 

miyasida  borliqning  yetarli  darajada  bir  xil  bo’lmagan  qismiga  aksi  tarzida  inson 

hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 




Yüklə 318,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin