Birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni
hal etishda ulardan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan
bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.
Ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z
xayoli
ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish,
uning natijasida
yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.
Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok,
diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan
bog‘liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega
bo‘ladi.
To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan
foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat.
Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni
rejalashtirish va dasturlash, bunday
dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.
XAYOLNING MAXSUS VAZIFALARI
Antitsipatsiyaviy xayol
insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi
voqealarni oldindan sezish,
harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh»
yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida,
Dostları ilə paylaş: