137
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
OYDIN HOJIYEVA SHE’RIYATIDA
TAVSIFIY LIRIKA NAMUNALARI
Dilnavoz Akmalovna Salimova –
katta o‘qituvchi, f.f.b.f.doktori (PhD).,Jizzax davlat pedagogika instituti
Аnnotatsiya:
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatida mumtoz poeziya an’analari sifatida yashab kelayotgan hamda
yangicha shakllarda namoyon bo‘lgan medidativ-tavsifiy lirikaga xos xususiyatlar – Oydin Hojiyeva she’rlari misolida ochib berilgan.
Аннотация:
В данной статье ведется слово об особенностях описательной лирики видом из медидативной лирики,
сохранившиеся как традиции классической узбекской поэзии ХХ века, и новые виды описательной лирики в примере
стихотворений современной узбекской поэтессы Ойдин Ходжиевой
Abstract:
In this article, the idea of descriptive lyricism, a characteristic feature of medidtative-descriptive lyricism, preserved
in Uzbek poetry of the twentieth centure as a continuation of the traditions of classical poetry and manifested in new forms, is
illustrated by the poems of poet Oydin Khojiyeva.
Kalit so‘zlar:
Tavsifiy lirika, tavsif obyekti, lirik subyekt va obyekt, shoir nigohi, lirik holat.
Ключевые слова:
Описательная лирика, объект описания, субъективность и объективность лирики, взгляд поэта,
лирическое состояние.
Keywords:
Descriptive lyrics, descriptive object, lyrical subject and object, poet‘s point of view, lyrical situation.
Tavsifiy lirika ko‘rinishlariga xos
ifodaning turli-tumanligi she’riyatda tavsif
qilish imkonlarini birmuncha kengaytiradi.
Chunki she’rda obyekt qilib olingan tabiat,
narsa-buyum, holat, hodisa, tushuncha
ayrim hollarda, hatto, personaj ham
tavsif obyekti sifatida subyektiv holatni
harakatga keltirishga xizmat qiladi.
Adabiyotshunoslarning ta’riflariga ko‘ra,
tavsifiy lirikaga mansub she’riyat – bu
tashqi olam
voqea-hodisalarini statik
gavdalantirmoqlikdir
1
, ya’ni lirik subyekt
e’tiborini tortadigan qandaydir, odatda,
tabiatning tavsiflanishi orqali shu subyekt
ichki dunyosi ochilishi kutiladi. Bugungi
she’riyat namunalarining tavsifiy lirikaga
mansublarini o‘qib, kuzatib amin bo‘lamizki,
birgina tabiat tavsifi emas, shuningdek,
yuqorida tilga olganimizdek, xilma-xil tavsif
obyektlari vositasida ham subyektiv olam
ifodalanadi. Garchi tavsifiy lirika tabiatiga
xos “lirik men”ning o‘y-hislari, kechinmalari
bevosita ifodalanmasa-da, “lirik asarlardagi
tavsif
detallari umuman olganda, his-tuyg‘u
obyekti sifatida muhim sanaladi”
2
. Tavsif
lirikada his-tuyg‘ularning bevosita ifodasi
minimumga intiladi, subyektning his-
kechinmalari obyekt (narsa, hodisa, holat,
voqea, shaxs v.b.)ning tavsifi orqali bavosita
ifodalanadi
3
. Ushbu nazariy ta’riflardan
ko‘rinadiki, tavsifiy lirika tavsif vositalarining
1 Поспелов Г. Лирика среди литературных родов.- М.: Изд-во Московского Ун-та. 1976. –С.106.
2 Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: akademnashr, 2013. –Б.77.
3 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Navoiy universiteti; 2018. –B.389.
4 Улуғбек Ҳамдам. Янги ўзбек шеърияти. – Т.: Адиб, 2012. – Б.261.
har qanday holatda ham his-tuyg‘u obyektini
ifodalashda o‘z o‘rniga ega ekan, demak
tavsif vositasi his-tuyg‘u bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ifodalanishi yoki tavsif obyektining
turdosh tushunchalari bilan metaforik tarzda
ifodalanishi orqali lirik tavsifi beriladi. Bu
haqda adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdamov
quyidagi fikrini bildiradi: “Tavsifiy lirikaning
ifoda jihatidan ramziy-metaforik ko‘rinishi
hamda ramziy bo‘lmagan ko‘rinishi ham keng
uchraydi”
4
. Lirika mavzu ko‘lami jihatidan
falsafiy, peyzajli, muhabbat turlariga qarab
farqlanarkan, ulardagi mavzuni ochishga
xizmat qiladigan metaforiklik xususiyatini
tavsif vositasi ifodalab beradi. Chunki
she’riyat mavzularining rang-barang va
turfaligini bir-ikki tashbehlarda
ifodalash
bilan tavsif vositalarini chegaralab
bo‘lmasligi tabiiy, ya’ni she’rdagi tavsif
vositasining xilma-xilligi va har bir ijodkorda
boshqasining ijodida uchramaydigan original
ko‘rinishlarining uchrashi topilma sifatida
poetik ixtiro hisoblanadi. Xuddi rassom
peyzaj, natyurmort, portret yoki boshqa
janrdagi asarlar ranglari palitrasida yangi
va betakror namuna yaratganidek,
shoir
ham fantaziyasini, so‘z boyligini mahorat
bilan ishlata olgani bois lirik asar tavsifining
imkoniyatlari qanday ekanligini ko‘rsata
oladi. Fikrlarimizni asoslash maqsadida
ayrim lirik asarlarga murojaat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: