Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


139 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
tasviri ifodalanadi. Masalan, “Tashrif”
6
deb 
nomlanuvchi she’rida ona tafti erta ko‘klam 
manzaralarining vatan tabiati leymotivini 
tashkil etadi.
“Har bir shoirning mahorati uning 
an’anaviy san’atlardan, obrazlardan qanday 
mahorat bilan foydalana olishi bilan belgilanib, 
originallik kasb eta olgani bilan baholanadi”.
7
Ona Vatan tabiati haqidagi o‘lmas mavzu 
har bir ijodkor manzumasida yangi tasvir 
va tavsiflarda tarannum etilishi bois har 
gal tabiat lirikasining yangicha manzaralari 
chiziladi. Oydin Hojiyevaning ham “Tashrif’ 
she’rida shu jihatdan originallikni uchratamiz. 
Ya’ni vatan tabiatining erta bahor chog‘idagi 
go‘zal manzaralarini tavsifu-tasvirlash XX 
asr she’riyatida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan 
tavsifiy lirika namunalari hisoblansa, Oydin 
Hojiyeva ham shu an’anani davom ettirgani 
holda tavsif obyektining an’anaviylikdan 
yangilikka qarab intilganiga shohid bo‘lamiz. 
Shoira tabiat manzarasi tasviri ortida o‘zining 
lirik subyekt kechinmalarini – vatanga 
muhabbat tuyg‘usini qalblarga oshno etadi:
Uchqur tulporiga uradi qamchi,
Guldirab o‘tadi momaqaldiroq.
Qur-qur turnajonlar solar arg‘amchi
Yurakka yonoshib kelar hur chaqmoq…
Maysalarning igna tillari baxshi,
Yomg‘irga jo‘r bo‘lib o‘lan aytadur.
Oh, hayot – mo‘jiza, tiriklik yaxshi,
Dilning tub-tubiga quyiladi nur.
“Hayot – mo‘jiza, tiriklik yaxshi, dilning 
tub-tubiga quyiladi nur” deya shoira iqroriga
o‘quvchi ham o‘z ko‘ngli tubidan oshno 
bo‘ladi. Shoira tabiat manzarasi tasviri 
ortida o‘zining lirik subyekt kechinmalarini 
– vatanga muhabbat tuyg‘usini qalblarga 
shaydo etadi.
Ushbu she’rning lirik tavsifi ham 
yuqorida tilga olganimizdek, tavsif obyekti 
bo‘lgan hodisaning o‘zida bevosita tilga 
olinmaydi. Aksincha, tavsifning bu vazifasini 
navbati bilan keyingi misralarida uchratamiz: 
6 Ойдин Ҳожиева. Назокат.шеърлар, достон, қасида, бадиалар, ўйлар. –Т.: Шарқ, 2007. –Б.44.
7 Саломов Ғ., Комилов Н. Коллектив жамоа.таржимон маҳорати. –Т.: Фан, 1979. – Б.67.
Yerning shodliklari – qo‘ziqorinlar
Hamal yellariga tutadi ko‘krak.
Ming turfa ranglardan zangor quyunlar
Kelinchak zaminga taqar chambarak. 
Lirik kechinmaning ko‘tarinki pafosda 
kitobxonga zavq bera boshlashi ko‘z 
o‘ngimizda erta bahor tashrifini gavdalanadi.
“Yer shodliklari”, “hamal yellari”, 
“kelinchak zamin” kabi ko‘klam tarovatini 
eslatuvchi assotsiativ birliklar qo‘llangani 
bois, tavsifining aynan bahor ekani tilga 
olinishga muhtojlik sezmaydi. “Attor 
qutisida yo‘q bo‘yoqlarni Malik cho‘llargacha 
chaplagan mohir” iborasi hamda so‘nggi 
bandda kelgan “Beshik boshidagi onaday 
dilbar, suyumli shu tuproq, bahoriy Vatan!”
deb ta’sirlangan shoira xayoli va ko‘z 
o‘ngida paydo bo‘lgan go‘zallikni chiroyli 
tashbehlarda she’rga tizib yuboradi. Xuddi 
mana shu Vatan tabiati “bahoriy vatan” epiteti 
vositasida reallashib ketadi. Pirovardida 
bahoriy vatan ifodasi original topilma sifatida 
yangilik bo‘lib baholanadi. 
Bu kabi she’rlar muallifning tavsifiy 
lirika imkoniyatlaridan o‘ziga xos iste’dod 
bilan foydalanishidan ko‘ramizki, tavsifiy 
namunalarni yaratishda Oydin Hojiyevaning 
o‘ziga xos uslubi mavjud.
Fikrlarimiz xulosasida aytmoqchimizki, 
tavsifiy lirika ijodkorga keng imkoniyatlar 
eshigini ochadi. Chunki tavsifga olinadigan 
vosita har bir ijodkorning atrof-borliqqa 
boqqan nigohidan, tasavvuridan, 
dunyoqarashidan, poetik idrok qilishidan va
albatta, kuzatuvchanlik, sezgirligidan tug‘iladi. 
Shu tariqa qalamkashlik qobiliyatining 
individual meditativ tavsiflay olish qobiliyati
original o‘xshatmalarni yaratishiga bog‘liq 
jarayon sanaladi. Zamondosh o‘zbek shoirasi 
Oydin Hojiyeva she’rlarida tavsifiy lirikaning 
dilbar namunalarini yaratgan ijodkor sifatida 
ibrat bo‘la oladi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin