141
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
qoralaydi. Shoir masnaviylarida hajv va
satiraning unsurlarini ko‘ramiz. Bir she’rida
qozini hajv qiladi:
Ba faxmi xud faridi ahli g‘abro,
Dilozori turo boshad tamanno
1
.
“Sen og‘zingdan chiqayotgan so‘zlarning
ma’nosini bilmaysan va ularni nazorat ham
qilolmaysan. Og‘zingdan chiqayotgan so‘zlarni
nazorat qilolmaysan. O‘zingni olamning
yagonasi deb bilasan, lekin seni ishing doim
dilozorlikdan iborat”.
Demak, Shukuriy o‘z she’rlarida
tarbiyaviy
qimmatga molik g‘oyalarni ilgari suradi.
Birovlarni diliga ozor yetkazuvchilarni qoralab,
oliyjanoblikni ulug‘laydi.
Shoir she’rlaridan anglashilishicha,
Farg‘onada bir yaqin qarindoshi vafot
etganligi, bundan juda qayg‘uga botganligini
aytib hukmdordan ruxsat so‘raydi. Lekin ahvoli
nochorligi tufayli bora olmaganligini chuqur
qayg‘u bilan yozadi. U alamli iztiroblarida
Samarqand hokimi Muhammad Ayozni ham
aybdor deb biladi. Farg‘onaga borolmagan
Shukuriy umrining oxirigacha g‘am
anduh
chekadi.
Shoir masnaviylarini kuzatar ekanmiz,
uning tarjimai holiga doir ayrim qaydlarga
ham duch kelamiz. Bir masnaviysida u o‘g‘li
haqida shunday deydi: “Ey Noibi Xusravi
zamona, bir oy o‘tib, meni farzandim
Toshkentga ish izlab, mehnat qilgani ketuvdi.
Ko‘p ishlab azoblar chekdi. O‘g‘lim Shoshga
ko‘chib ketti. U ishlarimga hamisha yordam
berardi, endi esa uning yo‘liga intizor bo‘lib
yashamoqdaman’’,-deya arzi-dodini bayon
etadi. Mana shu tashvishlar bilan kun o‘tkazar
ekan, narvondan yiqilib, dard chekkanlarini
ham alam bilan ifodalab beradi. Demak,
Shukuriyning naqqoshlikdan keladigan
daromadi tirikchilikka kifoya qilmagan.
Naql qilinishicha, Shukuriy Samarqandlik
bir Ulamoga hassa yasab beradi. Ammo
xizmati evaziga bir og‘iz gap ham eshitmaydi.
Kunlarning birida esa o‘sha kimsa shoirga
bir
forsiy ruboiy yozib, jo‘natadi. Mana o‘sha
ruboiy:
Ey asli vujudi tu ziyak qatra mani,
Zinhor ma kun bar ulamo kibru mani .
Zeroki hami guft rasuli madani,
Man akrama oliman, faqat akramani.
Mazmuni: Aslida sening vujuding bir
qatra mani suvidan yaralgan. Shuning uchun
ulamolarga takabburlik qilma.
Kimki olimlarni
izzat-ikrom qilsa, bas, payg‘ambarimiz, mani
izzat qilibdi, deydilar. Bunga javoban Shukuriy
1 Шукурий қўлёзма. ФАШҚИ.№5022.109 б
5 ta ruboiy yozadi. Ularning 3 tasi forsiyda, 2
tasi o‘zbek tilida.
Birinchi ruboiyda shunday deyilgan:
Javobi avval ba a’lami mazkur:
Gar olim dar shar’i rasuli madani,
Joiz nabuvat bar on kasi kibru mani.
Dar haqqi chunun olimi farmud nabi,
Man akrama olimi, faqat akramani.
Mazmuni: Agar olim payg‘ambar
shariatiga sodiq bo‘lsa,
bunday kishiga
takabburlik qilishlik joiz emas. Ular haqida
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom
aytdilarki, kimki olimni izzat qilsa , bas, mani
hurmat qilgan bo‘lur. Ulamoga qilgan shoirona
javoblari uning din sohasida ham yetuk olim
ekanligini ko‘rsatib turibdi. Zero, haqparast
shoirning har
narsada sodiqlikni, chin ixlosu
amalni talab qiladi. Payg‘ambarimiz. (s.a.v)ga
voris ulamolarnigina hurmatga loyiq sanaydi.
Ikkinchi to‘rtlik:
Gar olimi mohiri masoil boshad,
Dar rog‘i amal hamisha ojil boshad,
Ikromi hamon kasbu vod ikromi nabi,
Illo ba avomi dahr shomi boshad.
Mazmuni:
Agar bir olim kishi diniy
masalalarda mohir bo‘lib, amal bobida ham
yo‘lidan og‘ishmasa, mana shunaqa ikromi
nabi, ana shunday zotni hurmat aylash
payg‘ambarga ehtirom ko‘rsatish bilan teppa-
tengdir. Illo, diniy masalalarni chuqur bilmagan
olim avom qatorida turadi.
Uchinchi ruboiy olimning ilmiga amal
qilishi va uning foydasiga bag‘ishlangan:
Olim buvad on kaski amal doshta boshad,
Dar rohi nabiy tuhmi vafo koshta boshad.
Nodon buvad on ro hama ilmast amal nest,
Ey balki, kutubro hari bardoshtda boshad.
Mazmuni: Kimki amali bo‘lsa, o‘sha kishi
olimdir. Payg‘ambarning yo‘lida vafo urug‘ini
sepgan bo‘lsa olimdir. Agar ilmi ko‘p bo‘lsa-yu,
amal bo‘lmasa, u kimsa johildir. Balki ustiga
kitob ortilgan eshak kabidur. Demak, uchala
ruboiyning ham yaralishiga A’lamning ruboiysi
turtki bo‘lgan. Bu esa Shukuriyning fors-tojik
tilida ham yuqori darajada ijod qila olishligi, ilm
nima, amal nima,
bular haqida teran bilimga
ega ekanligini ko‘rsatadi.
Turkiy tilda yozilgan to‘rtinchi ruboiyga
kelganda shoir o‘quvchi diqqatini olim va
olimlik ta’rifiga qaratadi:
Olim elidur bog‘i shariat chamani,
Bu shat ila gar bo‘lsa amal birla fani,
Bu vas ta sodiq kishi sha’nida kelib,
Man akrama oliman, faqat akramani.
Dostları ilə paylaş: