Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
144 
dastlabki namunalari ibtidoiy davr qatlamlarida 
yaratilgan bo‘lib, ular uzoq yillar mobaynida 
turli urf-odatlar marosimlar e’tiqodlar tarkibida 
saqlanib qoldi. Xalq og‘zaki ijodining ilk 
namunalarida ibtidoiy odam o‘zini tabiat 
hukmronligi ostida his etganligi natijasida 
olamni idrok etishga bo‘lgan qiziqishi, intilishlari 
aks etadi. Qadimgi odam ongi tabiat hodisalari, 
atrof-muhit o‘zgarishlariga ham guvoh bo‘ladi, 
ham badiiy ijod qiladi. Ana shu ijod natijasi 
o‘laroq koinot va tabiat haqidagi ilk sodda va 
jo‘n tasavvurlar silsilasi vujudga keldi. Ibtidoiy 
odam bilan koinot va tabiat o‘rtasida ma’lum 
bir chegara bo‘lmagan. Uning tasavvurida 
atrof - muhit ham o‘zidek bo‘lgan ya’ni yaqin 
munosabatda bo‘lgan. Ba’zan insonlarning 
qadim ajdodlari hayvonlar yoki o‘simliklar 
bo‘lishi mumkin, degan tushunchalar mavjud 
bo‘lgan. Keyinchalik bunday tushunchalar 
rivojlana boradi va qadimgi mifologiyada bir 
qiyofadan boshqa qiyofaga o‘tish tushunchasi 
paydo buladi. 
Qadimgi miflar folklor asarlari genezisida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bizgacha 
yetib kelgan ko‘pgina xalq ogzaki ijod 
namunalarining tarixiy ildizlari mifologiyaga 
borib taqaladi. Mifologiya ijtimoiy tafakkurning 
ilk mahsuli sifatida uzoq tarixiy davrni bosib 
o‘tdi. 
Miflarda o‘zini butunlay tabiat hukmronligi 
ostida his etgan qadimgi odamning atrof-
muhit borliqni anglash yo‘lidagi ilk intilishlari 
namoyon bo‘lgan. Miflarning 
yaratilish 
jarayonida uning ijodkori o‘z dunyoqarashidan 
kelib chiqib hayotiy uydirma sifatida tasvirlasa-
da, ayni o‘sha davr kishisi uchun bu real hayotni 
izohlovchi hikoyadek qilinganligi shubhasiz. 
Shuning uchun ham mif bugungi kunda 
haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida 
anglashilmaydi. Yaratilgan va ommalashgan 
joyda mif aslida real voqelik talqini deb 
tushunilgan
13
.
Qadimgi odam miflarni ma’lum bir bilimga 
tayanib emas, balki, hayotiy tajribalaridagi 
tasavvurlari asosida yaratadi. Shuning 
uchun miflarda tevarak atrofdagi, koinot va 
jamiyatdagi turli mavjudodlarning o‘zaro 
kurashi g‘ayritabiiy kuchlar (dev, ajina, ajdarho 
kabi)ning paydo bo‘lishi daslabki tasavvurlar 
mevasi sifatida izohlanadi.
"Qadim zamonlarda Kun bilan Oy juda 
13 Стеблин-Каменский М.И. Миф. – Л.: Наука, 1976. – С.4-5.
14 Муродов М. Шайхов Х. Ҳаётбахш хаёллар. – Тошкент, Ёш гвардия, 1985, 11-12-бетлар.
15 Уланов А. Бурятский героический эпос. – Улан-Удэ, 1963. – С 78.
qalin do‘st, birodar bo‘lishadi. Ularning biri yigit, 
biri qiz bo‘lib, Kun kunmisan kun, Oy oymisan 
oydan go‘zal ekan. Kunlarning birida ular, 
ikkimizdan qaysi birimiz go‘zalroqmiz, deya 
bahslashib qolishadi-yu, oradan nizo chiqadi. 
Bundan Oy qattiq xafa bo‘ladi. Oydan battar 
achchiqlangan Kun juftakni rostlab qoladi. 
Oy: "Seni ushlab alamimni olmagunumcha 
tinib tinchimay quvganim-quvgan", deya izidan 
tushadi. Shu tariqa ular osmon jinslari Quyosh 
va Oyga aylanishadi"
14

Keltirilgan mif etimologik xarakterda 
bo‘lib, unda Oy va Quyosh avval erda yashagan 
qiz va yigitning samo yoritgichlariga evrilishi 
tarzida bayon qilingan. Ko‘rinadiki, qadimgi 
odam butun borliqni xuddi o‘zidek jonli tarzda 
tasavvur qiladi. Uning bunday tasavvur 
qilishiga kuzatishlari sabab bo‘lgan. ‘‘Qadimgi 
odamlar uchun evrilish muqaddas emas 
balki, odatiy holdek ko‘ringan. Chunki, ular 
barcha tabiat hodisalarini: qor erib, issiqqa 
almashishi, gullash, odam va hayvonlarning 
o‘lishi va tirilishi (tug‘ilish)ni muntazam kuzatib 
borishgan. Bu hodisalarga ular evrilishning bir 
ko‘rinishi sifatida qarashgan’’
15

Ma’lumki, inson hayoti tabiat bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, tevarak atrofni o‘rab 
olgan moddiy mavjudlik bilan inson ruhiyati 
o‘rtasida yuzaga kelgan ramziy mutanosiblik, 
aloqadorlik odamzod badiiy tafakkurida ham 
o‘z ifodasini topgan. Tabiatni jonli tarzda 
tasavvur qilib, unga topingan qadimgi odam 
atrof-muhitga nisbatan e’tiqod bilan iltijo qilib 
yashaydi. Bunday qarashlar natijasida qadimgi 
tasavvurlar tizimining animizm, totemizm, 
shomonizm, so‘z magiyasi nomi bilan atalgan 
ko‘rinishlari kelib chiqqan. Bularni ibtidoiy 
dinning ilk shakllari desak ham bo‘ladi. 
Ruh va uning abadiyligiga ishonch 
hamda jonning ko‘chib yurishi haqidagi 
tasavvurlar animizmning asosiy mohiyatini va 
mazmunini tashkil etadi. Animistik tasavvur 
asosida butun borliqni jonlantirish, har bir 
predmet, narsa va hodisalar ortida uning ruhi 
mavjudligini tasavvur etish yotadi. Dastlabki 
mifologik tasavvur mavhum tushunchalarni 
anglay olmaydi. Shuning uchun ham tanadan 
tashqarida mavjud bo‘lgan ruh moddiy 
ko‘rinishda, ma’lum predmetlarda namoyon 
bo‘ladi. Animizmning amaliy asosi mif-
asotirlarda mavjud bo‘lgan. Keyinchalik 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin