“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
136
Hasanalidan afv so‘radi:
–
Kechirasiz, ota, bizning Homidboy
shunaqa qo‘lansa gaplar uchun yaratilg‘an
odam. (A.Qodiriy. «O‘tkan kunlar»)
Aloqa jarayonida yuqorida ko‘rib
o‘tilgan lisoniy birliklardan tashqari
nolisoniy vositalarning tutgan o‘rni haqida
tilshunos olim N.Mahmudov shunday
fikrlarni aytgan: «Odatda, kommunikativ
vaziyatning uch asosiy unsuri mavjud
bo‘ladi, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va
mavzu yoki axborot. So‘zlovchi
muayyan
axborotni tinglovchiga yetkazish uchun,
albatta, vosita – tegishli kanalni tanlaydi.
Tabiiyki, asosiy kanal tilning o‘zidir. Ammo
axborotni to‘la yetkazishda umumiy
vaziyat va maqsadga muvofiq boshqa
kanallar ham ishga tushiriladi. Bu o‘rinda
paralingvistik va ekstralingvistik vositalar
nazarda tutiladi. Chindan ham, turli jestlar,
yuz ifodasi, boshni qimirlatish, gavda
harakatlari, makon yaqinligi, ovoz tabiati,
kiyimlar, so‘zlovchi va tinglovchining
ijtimoiy yoki boshqa
maqomi kabi xilma-
xil omillar kommunikatsiya jarayonida
alohida qimmatga ega. Uzatilmoqchi
bo‘lgan axborotning mazmuni, maqsadi va
tabiatiga uyg‘un tarzda kommunikatsiya
kanali tanlanadi»
3
.
Yuqorida tahlil qilingan matnda
lisoniy
vositalardan tashqari so‘zlovchining o‘zini
tutishiga xos xususiyatlar (nimadandir
g‘ijing‘andek ko‘rinishi, toqatsizlang‘andek
bo‘lishi, istehzo bilan so‘zlashi, yerga
qaratib, lom deyishka majol bermay
qo‘yishi)ni aks ettiruvchi vositalar umumiy
tarzda muallif gapi va ko‘chirma gaplarni
o‘zaro bog‘lashdan tashqari tanbeh nutqiy
aktining voqelanishiga ham xizmat qilgan.
Tilimizda ba’zan so‘zlovchi fikrlarining
aniq va tushunarli bo‘lishini ta’minlashda
imo-ishora ifodalovchi yoki so‘zlovchining
turli harakatlarini ifodalovchi fe’llardan
ham foydalaniladi. Bu fe’llarning matn
tarkibiga kiritilishi muallif gapi va ko‘chirma
gapning uyg‘unlashishiga yordam
beradi. Tilimizdagi qulluq qildi, qo‘lini
cho‘zdi, engashdi, musht ko‘tardi kabi
fe’llar ko‘chirma
gapni shakllantirishda
qatnashuvchi shunday fe’llar.
Qiz tizzasini quchganicha yulduzlarga
qaradi:
— Yulduz uchyapti, — dedi u
siniq ovoz
3 Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. –Тошкент, 2009. –Б.40.
bilan.
— Kimningdir joni uzildi, — dedi yigit
osmonga qarab olib. (Tohir Malik «Davron»)
4. Ko‘chirma gaplarda so‘zlovchining
tafakkur faoliyati bilan bog‘liq fe’llar
ham qo‘llaniladi. Tilimizda o‘y surmoq,
xayolidan o‘tkazmoq, fikr qilmoq, xayolga
botmoq, o‘z-o‘zi bilan gaplashmoq kabi
fe’llar ko‘chirma gapning hosil bo‘lishida
qatnashib, so‘zlovchi yoki asar qahramoni
holatini, o‘y-kechinmalarini ifodalash
vazifasini bajaradi:
Chunki u «Qandaydir bahonani pesh
qilib, iltimosimni yerda qoldiradi», deb
o‘ylagan edi (Tohir Malik «Davron») Ba’zan
esa muallif gapi kesimi o‘ylaydi fe’li bilan
ifodalanganda, muallif gapidan so‘ng
keluvchi ko‘chirma gap shu fe’l mazmunini
ifodalashga xizmat qiladi: Davron bu
yo‘ldan har o‘tganida shuni o‘ylaydi. «Nima
bu? Tabiatning qaltis hazilimi? Balki
qadimda vodiy o‘rni bus-butun shunday
bo‘lib, odamlarning matonati tufayli
bo‘stonga aylangandir? Balki qumlik bilan
olishgan bobokalonlarimiz avlodlarga
yodgor bo‘lsin, deb sahroning bir qismini
tabiiy muzey sifatida qoldirishgandir?»
(Tohir Malik «Davron») «Shu gap
bolalarning xayoliga kelarmikan, — deb
uyladi u, — yo aytib chiqsammikan?
Birontasini militsiya kuzatayotgan bo‘lsa-
chi? Qamar o‘tirib chiqqan. Uni kuzatishlari
mumkin. Salim ham shuniki-da. Yarasiga
qarashganmikan? Qamar qararmikan?»
(Tohir Malik «Alvido, bolalik»)
Ko‘chirma gap o‘ziga xos bo‘lgan bir
qator grammatik xususiyatlarga egaki, ular
quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi. Agar
ko‘chirma gaplarning tarkibida undalma
ishtirok etsa, gapning fe’l kesimi buyruq
mayli shaklida bo‘ladi: Shu sening ukangmi,
og‘zingdan qoning kelgur! — Mavluda
dag‘dag‘a bilan ustimga bostirib keldi. —
O‘gay ukangga joning shunchalik achidimi,
yetimcha — yetti kulcha! Tur yo‘qol! (O‘.
Hoshimov)
Umuman, yuqorida qayd
etilgan
holatlar o‘zbek tili sintaktik tizimida
ko‘chirma gaplarning muhim ahamiyat
kasb etishi, personajlar xarakter-xususiyati,
ruhiy holati, munosabatini ko‘rsatish
vositalaridan ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: