171
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
topishga motivatsiyaning paydo bo‘lishiga,
axborot texnologiyalaridan foydalanishning
muhimligini tushunishga, mustaqil ta’lim
olishga intilishga, axborot bilan ishlashga
ehtiyojni paydo bo‘lishiga, ta’lim oluvchida
subektiv pozitsiya paydo bo‘lishiga, axborot
muhitga mo‘ljal ola bilishga va bilimlar
manbasi sifatida axborot ta’lim resurslaridan
foydalanishga tayyorligini anglashga imkon
beradi. Shuningdek, V.V.Brejnev taklif etgan
tuzilmada qadriyatli motivatsion komponent
bilan birga, tabiat va jamiyatdagi axborotli
jarayonlar haqidagi bilimlar majmuasini
egallashga imkon beradigan, turli xil
axborotlarni izlab topish, olish, almashtirish va
foydalanishni ko‘zda tutuvchi ta’limiy faoliyatni
boshqarishga qobiliyatni shakllantirishni
ta’minlovchi, olamning ichki axborotli
manzarasini yaratishga va ushbu olamda
shaxsning o‘zini aniqlashiga ma’sul bo‘lgan
kognitiv va operatsion faoliyatli komponentlar
ham ishtirok etadi.
V.V.Brejnevning tasnifi bo‘yicha axborot
kompetentli tuzilmasidagi oxirgi element bu
o‘zini o‘zi nazorat qilishga, axborotli faoliyati
jarayonida axborot va kommunikatsiya bilan
ishlash natijalariga tanqidiy baho
bera oladigan
refleksiv-kommunikativ komponentdir.
N.H.Nasirovaning fikriga ko‘ra, axborot
kompetentligi quyidagi elementlarga ega:
texnik, dasturiy vositalar va axborot sohasidagi
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga
motivatsiya, ehtiyoj va qiziqish; zamonaviy
axborot jamiyatining tizimini ifodalovchi
ijtimoiy, tabiiy va
texnik bilimlarning majmuayi;
izlanishli bilishga oid faoliyatning axborot
asosini belgilovchi usullar va amallar;
dasturiy ta’minot va texnik resurslar sohasida
izlanish faoliyati tajribasi; “inson-kompyuter”
munosabatlari tajribasi
14
.
Axborot kompetentligi tuzilmasi haqidagi
mavjud yoshdashuvlar tahlili bizga quyidagi
xulosalarni chiqarishga imkon berdi: axborot
kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish
muammosi bilan bir
qator vatanimiz va
xorijiy tadqiqotchilar shug‘ullanganligiga
qaramasdan, hozirga qadar uning yagona
tuzilmasi mavjud emas: Mavjud yondashuvlar
esa turli xil asoslarga tayanadi va shuning
uchun ham urg‘u axborot kompetentligining
tuzilmasidagi turli tashkil etuvchilarga
qaratilgan.
Bizning
fikrimizcha, maktab yuqori sinf
o‘quvchisining axborot kompetentligi quyidagi
o‘zaro bog‘langan va o‘zaro shartlashilgan
14 Насырова Н.Х. Проектирование подготовки студентов гуманитарных факультетов классического университета по информатике: Автореф. дис. … канд. пед. Наук- Казань,
2000.- 17 с
tashkil etuvchilarning murakkab tizimini o‘z
ichiga oladi:
- ichki to‘siqlarni bartaraf etish, ta’lim
oluvchining ongini va
uning axborotli
muhitda ishlashga psixologik tayyorgarligi
uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratishni ko‘zda
tutuvchi qadriyatli-motivatsion komponent.
Ta’lim oluvchilarda axbrot-kommunikatsiya
texnologiyalariga nisbatan qiziqish va mustaqil
ta’lim olishga ehtiyoj paydo qilish uchun ular
axborotning ahamiyatini to‘laligicha anglashi
zarur. Ana shundan so‘nggina ta’lim oluvchida
kundalik hayotda, o‘quv va kasbiy faoliyatda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
imkoniyatlaridan faol foydalanishga ehtiyojni
shakllantirish mumkin bo‘ladi;
- kognitiv komponent – axborot bilan
ishlash tamoyillari haqidagi nazariy bilimlar,
axborotni izlab topish, o‘zlashtirish, tahlil qilish,
filtrlash, himoyalash, uzatish ko‘nikmalari
majmuasi;
- amaliy–faoliyatli komponent – bu qayd
etilgan barcha nazariy bilimlar majmuasini
kundalik hayotga, o‘quv va kasbiy faoliyatga
qo‘llash ko‘nikmasi;
- etik-huquqiy komponent –
axborotlashgan muhitda
individ xulqini
reglamentlovchi me’yorlar, qoidalar va
qonunlarni bilish va rioya qilish;
- refleksiv – o‘zining xatti-harakatlari va
postupkalarini o‘zi baholash va o‘zi tahlil qilish.
Ta’lim oluvchining o‘zini o‘zi rivojlantirish va
o‘zini o‘zi amalga oshirishi uchun zaruriy shart
bo‘lib hisoblanadi.
Ta’limga axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy
etish nafaqat
o‘quv materiali mazmuniga, balki o‘quv
jarayonini tashkil etish shakliga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Maktab yuqori sinf o‘quvchilarida
informatika darslarida o‘quvchilarda axborot
kompetentlikni shakllantirish uchun axborot
texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli
yo‘nalishlaridan biri loyiha metodi hisoblanadi.
Loyiha metodining asosiy maqsadi
turli xil predmetli sohalardagi bilimlarni
integratsiyalashni talab etuvchi
amaliy masala
yoki muammoni yechish jarayonida bilimlarni
mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatini taqdim
etishdan iborat.
Maktab informatika darslarida loyiha
metodining asosiy vazifasi quyidagilardan
iborat: o‘quvchilarda bilish malakalarini, o‘z
bilimlarini mustaqil qurish ko‘nikmalarini
rivojlantirish; tanqidiy va ijodiy fikrlashni,
masalalarni shakllantirish va yechish,
Dostları ilə paylaş: