Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


201 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
o‘zaro aloqasi jarayonida shakllanadi 
hamda uning siyosat va huquqiy tartibga 
solish sohasida mas’uliyat bilan faol ish 
olib borish qobiliyatini ifodalaydi. Shuning 
uchun ham siyosiy-huquqiy mas’uliyat- bu 
fuqaro faoliyatining huquqiy va siyosiy 
madaniyati darajasini aks ettiruvchi omil 
sifatida amal qiladi.
Bizning fikrimizcha, fuqarolik 
mas’uliyati shaxsning jamiyat ijtimoiy-
siyosiy jarayonlarida, davlat va jamiyatga 
oid bo‘lgan muhim masalalarda, fuqarolik 
jamiyati institutlarida muntazam ishtirok 
etish qobiliyati, ularning ijtimoiy voqelik 
bilan munosabati, siyosat subyektlarining 
boshqa aholi toifalariga ilg‘or dasturiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar 
orqali ta’sir o‘tkazish madaniyati, milliy 
manfaatlar doirasida jamiyat jarayonlariga 
ijtimoiylashuvi, ijtimoiy ishni sitqidildan 
bajarishi, vatanparvar bo‘lishi bilan bog‘liq 
fenomendir.
Fuqarolik mas’uliyati fenomenining 
namoyon bo‘lishi jamiyat taraqqiyoti bilan 
bog‘liq falsafiy qonuniyatlar bilan o‘zaro 
bog‘liq ravishda kechadi. Jamiyat doim 
ijtimoiy o‘zgarishlarni boshidan kechiradi, 
modernizatsiyasion va tranformatsion 
bosqichlarni o‘taydi. Jamiyat ma’lum 
ijtimoiy-siyosiy bosqichdan ikkinchisiga 
o‘tganda fuqarolarning dunyoqarashi
hayotiy faoliyati va jamiyatga bo‘lgan 
munosabatlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Ana shunday o‘zgarishlar fuqarolik 
mas’uliyati fenomenida ham yuz berib, 
jamiyatning turli bosqichlarida turlicha 
ko‘rinishda bo‘ladi. Yangi jamiyat ijtimoiy 
jarayonlarida fuqarolik mas’uliyatiga xos 
bo‘lgan zamonaviy an’analar vujudga keladi, 
eski jamiyatga taalluqli bo‘lgan xususiyatlar 
inkor qilinadi. Mazkur jarayon makon va 
zamon xususiyatari bilan bog‘liq holda 
ijtimoiy munosabatlar qonuniyatlariga 
o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. 
Jamiyat ishida mas’uliyatli asosda 
hatti-harakatlarni amalga oshirishlarini 
quyidagi jihatlarga ega bo‘lgan fuqarolik 
mas’uliyatiga ega deb hisoblash mumkin. 
Bularga quyidagilar kiradi: 
1) ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
o‘zgarishlarni aniq idrok etgan
2) demokratik jarayonlar va 
islohotlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan; 
3) qonunlar va me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarni qabul qilish, uni hayotga tadbiq 
etishda befarq bo‘lmagan; 
4) mustaqillikni mustahkamlash, 
Vatan, el-yurt va xalqning taqdiri va istiqboli 
uchun qayg‘urayotgan; 
5) muayyan siyosiy partiya, ijtimoiy 
xarakatlar va jamoatchilik bilan o‘z 
faoliyatini bog‘lagan, shunga ehtiyoj 
sezgan; 
6) ijtimoiy zararli illatlar, muammolar 
va ziddiyatlar va inqirozli vaziyatlar bilan 
murosa qilmaydigan. 
“Milliy yuksalish sharoitida fuqarolik 
ma’suliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy 
xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya 
tadqiqoti bo‘yicha olib borilgan ishlar 
natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi:
1. Globallashuv sharoitida ijtimoiy 
munosabatlar ko‘lami tobora o‘zgarib, 
taraqqiy etib borishi zamonaviy fuqaro 
fenomenidagi progressiv omillar 
takomiliga ham o‘zining ijobiy ta’sirini 
ko‘rsatmoqda, natijada fuqarolar ma’naviy 
tafakkuri makon va zamon xususiyatlariga 
ko‘ra takomillashib bormoqda.
2. Ilmiy tafakkur insoniyat 
ma’naviyatining asosiy yo‘nalishiga 
aylanayotgan hozirgi sharoitda ilmiy-
nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or milliy 
yuksalish g‘oyasi ustuvorlik kasb 
etadi hamda u inson ma’naviy-ma’rifiy 
tarbiyasida, ayniqsa yoshlarimizni ona 
vatanga sodiqlik g‘oyalari targ‘ibotida 
muhim rol o‘ynaydi.
3. Jamiyatning faol qatlami bo‘lgan 
ijtimoiy mas’uliyatli fuqaroni “fuqaro-
ijtimoiy guruhlar-jamiyat” konseptual 
tizimida huquqiy va siyosiy salohiyatini 
oshirish, ayniqsa yoshlarimizni ona 
vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalashning 
milliy yuksalish jarayonidagi o‘rnini tadqiq 
etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
4. Ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi, 
jamiyat umummanfaatlari doirasida 
insonning ijtimoiy, siyosiy va huquqiy 
qarashlarining yuksalishi, uning fuqarolik 
mas’uliyati bilan uyg‘unligini ta’minlovchi 
falsafiy g‘oya, konsepsiya, dunyoqarash va 
tafakkur shakllarini ilmiy o‘rganish ehtiyoji 
vujudga kelgan. 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin