Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
200 
bu masala ijtimoiy munosabatlar 
haqidagi bilimlar va tasavvurlarni 
takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Fuqarolik mas’uliyati haqida hozirgacha 
faqat eklektik tadqiqotlar (huquqshunoslik, 
siyosatshunoslik, psixologik, sotsiologik, 
pedagogik va h.) asosida ilmiy manbalar 
mavjud bo‘lgan. Shuning bilan birgalikda 
fuqarolik mas’uliyatini milliy yuksalish 
bilan o‘zaro aloqador jihatlarini, ularning 
uyg‘unligi va bir-birini mazmuni hamda 
mohitini mantiqan to‘ldirishi bilan bog‘liq 
qonuniyatlarni o‘rganish muhimdir.
Shuningdek, rus olimlaridan S.Miller va 
E.Krutixlarning ta’rif berishicha, “Fuqarolik 
mas’uliyati - bu shaxsning fuqarolik-
vatanparvarlik pozitsiyasini, uning vatan 
taqdiri uchun javobgarligi, yurt kelajagi 
uchun daxldorligini belgilaydigan shaxsning 
yaxlit xarakteristikasidir”
4
. Mazkur ta’rifda 
olimlar fuqarolik mas’uliyatni mohiyatini 
ochib berishda uni faqat vatanparvarlik 
va vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi 
xususiyatlari bilan bog‘laganlar. Olimlar 
bergan ta’rifda mazkur voqelikni ijtimoiy 
hayot bilan bog‘liq tomonlari, fuqaroning 
sotsial tarzi va huquqiy qarashlari bilan 
aloqador xususiyatlarini nazarda tutmagan. 
E.Rudnevaning fikricha, fuqarolik 
mas’uliyati, “tizim sifatida mavjud bo‘lib, 
shaxsning atrof-muhit va dunyo uchun 
qayg‘urish harakatlarini, tajribalarini 
umumlashtirib, olamga oid axborotlar 
va ma’lumotlarni o‘zlashtirishidir”
5

Mazkur ta’rifda tadqiqotchi olim fuqarolik 
mas’uliyatini shaxsning faqat atrof-muhit 
va dunyo uchun qayg‘urishi va ma’lumotga 
ega bo‘lishi, masalasidagi fikr bilan 
ta’riflab o‘tgan, xalos. Mazkur ta’rifda u 
fuqarolik mas’ulmiyatini jamiyat va ijtimoiy 
munosabatlar bilan, siyosiy tizim bilan 
aloqador joylarini ko‘rsatib o‘tmagan. 
I.Yarullinning ta’rificha, “fuqarolik 
mas’uliyati ichki erkinlik darajasi va davlat 
hokimiyatiga hurmat, Vatanga muhabbat 
va tinchlikka intilish, o‘z-o‘zini hurmat qilish 
va intizom, vatanparvarlikning uyg‘un 
namoyon bo‘lishi va millatlararo muloqot 
4 Миллер С. Крутых Е. Особенности формирования гражданской ответственности учащейся молодёжи. Современные наукоемкие технологии. – 2013. – № 7 (часть 2) – С. 185.
5 Руднева Е. Социальная ответственность власти в отношении молодежи: социально-философский анализ. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата 
философских наук. Томск, 2020. –С. 15.
6 Яруллин И.Ф. Формирование гражданской ответственности студентов педагогических вузов. Казань: Татарское Республиканское издательство «Хэтер», 2011.
7 Мирбобоев Б., Ҳусанов О., Бегматов А. Ўзбекистонда давлат хизматини ташкил этишнинг ташкилий-ҳуқуқий масалалари. –Тошкент, Академия, 2005. –Б. 81.
8 Саитқосимов А. Фуқаролик масъулияти – жамиятда қонун устиворлигини таъминлашнинг муҳим шарти. Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. №4. 2020 й. –Б. 45.
madaniyatini o‘z ichiga oladi”
6
. Olimning 
bergan ta’rifida ham asosan fuqarolik 
mas’uliyati fenomeni vatanparvarlik 
tuyg‘usi bilan bog‘liq holda ifodalanishi 
bilan birgalikda shaxsning o‘zini o‘zi 
tarbiyalashi, madaniyatlararo muloqotda 
namoyon bo‘lishi aytilgan. Shuningdek, 
bu ta’rifda shaxsning davlat hokimiyati 
bilan aloqalari borasida ham qayd etilgan 
bo‘lib, fuqarolik mas’uliyati borasidagi 
xususiyatlar kengroq qamroq qamrab 
olingan.
Huquqshunos olimlardan 
B.Mirboboyev, O.Husanov, 
A.Begmatovlarning ta’kidlashicha, 
“Mas’uliyat va burch bir-biriga juda 
yaqin tushunchalar bo‘lib, bu muayyan 
sharoitda axloqiy me’yorlar talab qiladigan 
me’yorlarni anglashi, bajarilishini bildiradi. 
Mas’uliyat esa mana shu burch qay 
darajada bajarilgani yoki bajarilmagani 
uchun javobgarlikni sezishdir”
7
. Faylasuf 
olim A.Saitqosimovning fikricha, “Fuqarolik 
mas’uliyati fuqarolarning davlat tomonidan 
chiqarilgan qonunlar va me’yoriy-
huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda va 
ularni amaliyotga joriy etishda chuqur 
mas’uliyat bilan qatnashishida yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Jamiyat o‘z demokratik 
rivojlanishida fuqarolarga tenglik, ozodlik va 
erkinliklarni hayotiy voqelikka aylantiruvchi 
turli huquqlarni berish bilan cheklanmaydi, 
balki shu huquqlarga rioya qilishni, ulardan 
ijodiy, jamiyat manfaatlarini ko‘zlab 
foydalanishni ko‘zlaydi. Shu sababli jamiyat 
qanchalik yuksak darajada demokratik 
bo‘lsa, undagi fuqarolarning mas’uliyati 
shunchalik keng qamrovli shakllanadi”
8
.
“Ijtimoiy-siyosiy mas’uliyat” deganda, 
ijtimoiy foydali(ijobiy), ongli, iqtisodiy, 
siyosiy, ma’daniy jihatdan mas’ullik nuqtayi 
nazari faoliyat tushuniladi. Bundan tashqari, 
huquqiy, siyosiy va ijtimoiy voqelikdan 
kelib chiqib, fuqarolik siyosiy mas’uliyatga 
fuqarolarga tabiatan xos bo‘lgan siyosiy-
huquqiy xususiyat sifatida yondashish 
mumkin. Bu siyosiy-huquqiy xususiyat 
huquqiy va siyosiy muhit bilan insonning 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin