Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
212 
пожелала перемерить золото и что он 
сделал ошибку, послушавшись её, но 
какой конь не спотыкается и какой 
клинок когда ни будь не отскочит? Он 
сообразил, что исправить оплошность 
можно только сделав тайное явным, 
и что правильно будет ничего не 
скрывать и осведомить брата о 
случившемся. Во всяком случае раз 
денег так много, больше чем может 
исчислить мысль и воображение, то его 
доля не уменьшится, если он поделится 
с братом и они станут владеть ими 
сообща”.
Aynan shu asarning Abdulla Qahhor 
qalamiga mansub o‘zbekcha versiyasidagi 
o‘rinlarni kuzatsak:
“Ali bobo sirining oshkor bo‘lishiga 
xotinining beaqlligi sabab bo‘lganini, uning 
gapiga kirib, xato ish qilganini fahmladi, 
lekin nachora, har qanday ot ham qoqiladi
qilich qo‘ldan chiqib ketadi. Ali bobo bu 
xatoni tuzatmoq uchun birdan-bir chora 
sirni yashirmaslik, bo‘lgan voqeani ro‘y-rost 
aytish kerak, deb o‘yladi. Modomiki, pul bu 
qadar behisob ekan, bir qismini ukasiga 
bersa, bu boyligiga ukasini sherik qilsa, 
ikkovi umr bo‘yi yeganda ham pul tamom 
bo‘lmaydi.”
Ushbu asarning inglizcha tarjimasiga 
e`tibor qarataylik:
“Ali baba recognized that, because of 
his wife`s eagerness, their secret had been 
revealed. Since he trusted his brother, he 
told him the whole story of the cave and 
the robbers”.
Rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi ushbu 
tarjima matnlardan ko‘rinadiki, inglizcha 
versiyada mazkur arab xalq maqolining 
ekvivalenti yohud tarjimasi mutlaqo 
qo‘llanmagan.
Mohir tarjimon Abdulla Qahhor ushbu 
asar tarjimasi borasida o‘z uslubiy taktikasi 
haqida so‘zlar ekan, M.Salye tarjimasining 
“arab tilidan aynan o‘girilgan” deya e`tirof 
etib, quyidagilarni bayon etadi:
1.Men ruscha tarjimasi asl nusxaga 
4 Sayramov T. Asliyat va tarjimada badiiy mahorat. // Filologiya masalalari, 2009 yil, 3-4 son, 65-bet
5 Abdulla Qahhor. “ Badiiy ocherk to’g’risida” maqolasidan 1944. 13-bet
yaqin deb tarjimada shunga qattiq rioya 
qiladigan bo‘lsam, kitobda juda ko‘p 
uchraydigan, mana bu xildagi satrlar 
o‘zbekchada qanday chiqar ekan, degan 
hayolga bordim, chunonchi:
“И она когда возвращалась с 
рынка, красный знак не укрылся от 
неё, а наоборот, её взгляд упал на этот 
значок и она хорошо его увидела”.
2.Kitobda bu xildagi qatma-qat 
jumlalardan tashqari kitobxonni ortiqcha 
ovora qiladigan yaxlit takrorlar ham 
ko‘p uchraydi. Shu xildagi takrorlar olib 
tashlansa, kitobning mazmuniga zarar 
yetarmikan?
Men mana shularni e`tiborga olib 
tarjimada ruscha nusxaga qattiq rioya 
qilmadim, kitobxonga qulay bo‘lsin 
uchun qatma-qat jumlalarni siqishtirdim
takrorlarni qisqartirdim, o‘quvchini 
shunhaga soladigan joylarini olib tashladim. 
Bu narsa afsonaning mazmuni va uslubiga 
hech qancha ziyon yetkazmasa kerak, deb 
o‘ylayman. 
4
Bu kabi masalalarga keng to‘xtalgan 
olimlar Abdulla Qahhor ijodini ham boshqa 
tillarga tarjimasi xususida anchayin 
izlanishlar olib borishmoqda. 
Abdulla Qahhorning tarjimadagi 
hissasi haqida ko‘plab olimlar o‘z 
maqolalarida va ilmiy ishlarida batafsil 
to‘xtalib o‘tgan. Tarjima borasida 
yozuvchining ham o‘z qarashlari mavjud. 
“ Buyuk Pushkin hozir tirik bo‘lsa, “Hayot 
qo‘shig‘i” degan hikoyalar to‘plami 
chiqargan Ma’ruf Hakimning qulog‘idan 
cho‘zib, yuziga bir tarsaki urar va: “ 
Pushti gullagan o‘riklar o‘z gullarini to‘kib, 
dovuchcha tugar edi”, “Otning jilovini siltab, 
tezlashini qistadi” (Uchrashuv) dema, “O‘rik 
gulini to‘kkan edi”, “Otni jadallatdi” degin, 
der edi. Pushkinning o‘zi shunday yozgan. 
Bunga uning hamma proza asarlari dalil. 
Shunday yozgangina emas, zamondosh 
bo‘lgan adiblardan ham shuni talab qilgan 
edi”
5
-deb yozadi yozuvchi. 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin