5
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
va yetuklikka boshlagan fidoyi ustozlarimizni
hamisha minnatdorlik bilan yodga olamiz. 17-18
yoshli o‘spirin bo‘lgan biz kabi g‘o‘r
va tajribasiz
shogirdlariga shuncha yillar sabot bilan beminnat
saboq berib, otalarcha mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik
ko‘rsatib, lekin evaziga bizdan bir piyola choy ham
ta’ma qilmaganlar... Mana shu fazilatlari uchun
ham ularga hamisha qalbdan ta’zim qilamiz.
Vodarig‘ki, ularning ko‘pchiligi endilikda olamdan
o‘tishgan va qadrdon kursdoshlarimizdan ham
bir nechalari bugun qatorimizda emasligi biz
uchun ham og‘ir yo‘qotish. Olloh ularni rahmat
qilsin. Yana bir
tasalli shuki, biz hamisha e’zozli
ustozlarimizning, demakki, xalqimizning ham umid-
ishonchini oqlashga intilib, o‘qituvchi-murabbiylik
kasbimiz bilan yoshlarning Ona-Vatanimizga
mehr-sadoqatini oshirib, jamiyatimizga baholi
qudrat xizmat qilib kelganimiz umrimizga
mazmun va ko‘nglimizga xotirjamlik bag‘ishlaydi.
Ayniqsa, bugungi kunda o‘qituvchi kasbining
naqadar ulug‘lanib, ularga ko‘rsatilayotgan
cheksiz e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka
yetgudek quvonamiz. 30-40 yillik hayotiy va
pedagogik tajriba-malakamiz bilan barkamol
avlodni tarbiyalashdek ezgu ishlarga kamarbasta
bo‘lib kelayotganimizdan, O‘zbekistonday erkin
va farovon bir insonparvar yurtimiz va zukko,
mehnatsevar xalqimizga kerak ekanligimizdan
o‘zimizni baxtli his etamiz. Aslida, bu minglab
o‘qituvchilarimizga xos bir
umrguzaronlik-yashash
tarzi bo‘lsa kerak.
Jizzax DPIda ham boshqa OTMlaridagi kabi
professor-o‘qituvchilar, salohiyatli yoshlarimiz
o‘zlarining kreativ iqtidori, zamonaviy tafakkuri va
innovatsion g‘oyalari bilan institutimizning ilmiy-
pedagogik salohiyatini oshirish yo‘lida samarali
izlanish olib borishyapti. Iqtidorli magistrlar va
umidli talabalarimiz bularga ergashib, ertangi yetuk
pedagog kadrlarimiz zaxirasi shakllanmoqda.
Joriy 2021-yili 40 nafarga yaqin tadqiqotchilarimiz
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasini yoqlashdi.
Iste’dodli yoshlarimizdan Sayfiddin O‘kanov
o‘zining ijodkorlik talanti va yuksak vatanparvarligi
va ibratli faoliyati uchun Prezidentimiz tomonidan
“Mard o‘g‘lon”
ordeni bilan mukofotlangani
va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
bo‘lganligi institutimiz va viloyatimiz yoshlari
uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Afsuski, ko‘p
sonli professor-o‘qituvchilar orasida o‘z ustida
ishlamayotgan va xalqimiz va yurtboshimizning
ishonchi va g‘amxo‘rligini qadriga yetmayotgan,
faqat kun o‘tsa bo‘ldi, deb o‘zini ham, jamoani
ham orqaga tortayotgan, “uzatgan oyog‘ini yig‘ib
ololmagan”, mas’uliyatsiz hamkasblarimiz ham
yo‘q emas. Ana shunday layoqatsiz, g‘ayrati va
ahamiyati sust pedagoglar
hisobiga institutimiz
respublikamizdagi OTM orasida past o‘ringa
tushib qolayotgani bizni tashvishlantiradi. Yangi
O‘zbekistonimiz yuksalishi va porloq kelajagi
barchamizga bog‘liq bo‘lgan tarixiy kunlarda keksa-
yu yosh hamkasblar yuksak burchimizni bajarish
haqida hamjihatlik bilan o‘ylashimiz zarur. Zakiy
xalqimiz va yurtparvar Prezidentimizning yuksak
ishonchi va doimiy g‘amxo‘rliklariga munosib yetuk
ziyoli bo‘lish baxti va mas’uliyati barchamizga
nasib etishini istardik.
So‘nggi yillarda bevosita muhtaram
Prezidentimiz rahnamoligida mustaqil mamla-
katimizda, jumladan, Jizzax viloyatimizda
ham ko‘plab yangi ishlab chiqarish korxonalari,
sanoat zonalari barpo etilib, ijtimoiy-iqtisodiy
va xalqaro turizm
sohalari rivojlanishiga ham
keng imkoniyatlar yaratilayotganligi xalqimizni
va ayniqsa, yoshlarimizni faollikka undamoqda.
Ayni vaqtda, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,
xususan, Jizzax vohasining ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa ustuvor sohalarini rivojlantirish va xalqaro
hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun yetuk
mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Hozirgi davr talab etayotgan
zamonaviy mutaxassiskadrlar tayyorlash ehtiyojini
e’tiborga olib hamda yurtboshimiz tomonidan
belgilab berilgan ustuvor
vazifalarni bajarish
uchun viloyatimizda keng profilli universitet
tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lishini
bugungi murakkab davr ham taqozo etmoqda.
Universitet tashkil etilishi davlatimiz belgilab
bergan dolzarb mavzu-muammolarni ilg‘or
innovatsion loyihalar asosida bajarish bilan birga
mamlakatimiz va vohamiz taraqqiyoti uchun zarur
mutaxassis kadrlar tayyorlash, ilm-fan va ishlab
chiqarish integratsiyasini kuchaytirish va ularning
samaradorligini oshirish uchun
ham tayanch
markaz bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Ba’zi muammolar va taklif-mulohazalar
Eng avvalo, talabalarda va ayrim prof.-o‘qituvchilar,
ayniqsa, yoshlarimizdagi noto‘g‘ri tushuncha-
qarashni o‘zgartirish lozim. Ya’ni OTM-mo‘may
daromad manbai emas. Bu illatni birgalikda bartaraf
etish mumkin. Oylab-yillab o‘qishga kelmaydigan
layoqatsiz talabalar, hatto magistrlar ham bitirib
ketayotganligi barchamizni tashvishlantirishi
lozim. Iqtidorlilarni tanlab, maqsadli tayyorlashni
yo‘lga qo‘yolsak edi. Darslik, o‘quv qo‘llanmalar
tayyorlashga ayrim kafedralarda salohiyat yetarli.
Shularga imkon yaratilsa, yaxshi natija bo‘lar edi.
Tajribali mutaxassislardan iborat jamoatchilik
guruhi prof.-o‘qituvchilar darsini tahlil etishini yo‘lga
qo‘yish zarur. Bitiruvchilarning Diplom ilovalarida
Testdagi kirish bali ham ko‘rsatilsa ma’qul bo‘ladi.
Faqat ingliz tilida emas, o‘zbek yoki rus tilida
nutqi ravon, uslubi va savodxonligi yaxshi talabalar
va o‘qituvchilar tanlovini har yili o‘tkazish va
g‘oliblarni rag‘batlantirish ham ko‘p
jihatdan foydali
bo‘lar edi. Nomutaxassis yo‘nalishlarda O‘zbek tili
fanini grammatizmdan xoliroq shaklda Adabiyot
bilan bog‘lab o‘tish yo‘lga qo‘yilsa, ta’lim sifati va
samaradorligi oshar edi.
Dostları ilə paylaş: