FRAZEOLOGIZMLARNING ANTROPOSENTRIK LINGVOMADANIY TADQIQI Abdugafur Mamatov – professor, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Mazkur maqola tilshunoslikda dolzarb bo‘lgan til va madaniyat munosabati, milliy madaniyatning lisoniy manzarasi va ularning konseptuallashuvi masalalariga bag‘ishlangan. Аннотация: Эта статья посвящена взаимосвязи языка и культуры в лингвистике, языковому ландшафту национальной культуры и их концептуализации. Abstract: This article focuses on the relationship between language and culture in linguistics, the linguistic landscape of national culture and their conceptualization. Kalit so‘zlar: lisoniy konsept, lingvomadaniyatshunoslik, integrativ, verballashish, olamning lisoniy manzarasi, madaniy komponent, konsept, kognitiv-semantik, kognitiv-pragmatik. Ключевые слова: лингвистический концепт, лингвокультурология, интегратив, вербализация, языковое мировоззрение, культурный компонент, концепт, когнитивно-семантический, когнитивно-прагматический. Keywords: linguistic concept, linguocultural studies, integrative, verbalization, linguistic worldview, cultural component, concept, cognitive-semantic, cognitive-pragmatic. Hozirgi zamon lingvistikasida til va
madaniyatning o‘zaro munosabati masalasi,
konsept tushunchasi va uning bag‘rida
lingvomadaniy tahlilning metod va usullari
tadqiqi amalga oshirilmoqda. Tilshunoslikda
til birliklarini lingvopragmatik, lingvokognitiv,
antropotsentrik pradigma kabi yangi ilmiy
konsepsiyalar asosida tadqiq etish ustunlik
qilmoqda. Til va madaniyat munosabatini
olamning lisoniy manzarasi nuqtayi
nazaridan o‘rganish, milliy mentallikni anglash
masalalarini tahlil qilish ham tilshunoslik
uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Til birliklarining lingvokulturologik
tadqiqi jarayonida va natijasida ularning
mohiyati to‘laroq ochiladi, amaliy ahamiyati
oshib boradi. “Frazeologik birliklar u yoki bu
xalqning ma’naviy qadriyatlari, milliy tafakkuri,
hayot tarzi hamda urf-odatlarini namoyon
etadigan til hodisasidir”
1
. O‘zbek tilining o‘ziga
xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti,
uning istiqboli bilan bog‘liq muammolarni
aynan lingvokulturologik nuqtayi nazardan
tadqiq etish tilimizning jahon tillari orasidagi
munosib o‘rnini belgilashda o‘ziga xos mohiyat
kasb etadi.
Tilshunoslikda inson faoliyatini
o‘rganishga yo‘naltirilgan antropotsentrik
tadqiqotlar yuzaga kelmoqda. Modomiki,
frazeologik birliklar inson faoliyati bilan bog‘liq
narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalar ekan,
shunday hodisalarni emotsional-ekspressiv,
1 Маматов А. Ўзбек тили фразеологияси (ўқув қўлланма). Тошкент, «Наврўз» нашриёти, 2019. 11-бет. 2 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие. М.: 2001. 37 с. obrazli ifodalash ehtiyoji asosida shakllanar
ekan, ularni til va madaniyat munosabatida
tadqiq etish yanada dolzarblik kasb etadi.
Mazkur maqoladagi til materiallari o‘zbek
milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik
sathdagi aspektlarini tahlil va tavsif etishga
yo‘naltirilgan.
Til u yoki bu millat madaniyatining
elementi, qismi, fakti, omili, shakli, manbasi,
saqlovchisi, xotirasi, translyatori, mavjudlik
sharti hisoblanadi. Lingvomadaniyatshunoslik
integrativ mustaqil fan sohasi sifatida olamning
lisoniy manzarasi va til shaxsining milliy
o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi hamda
yuzaga chiqaradi.Tilshunos V.A.Maslova
lisoniy madaniyatshunoslikning predmetini:
1) noekvivalent leksika va lakunalar; mifologik
lisoniy birliklar; 3) til paremiologik fondi; 4) til
frazeologik fondi; 5) etalon, streotip, simvollar;
6) til metafora va obrazlari; 7) turli tillar uslubiy
tarzi; 8) nutqiy xulq; 9) nutqiy etiket maydoni”
2
kabi turlarga ajratib yanada aniqlashtiradi.
Frazeologizmlar millatning mahsuli sifatida
milliy madaniy manzarani kognitiv-pragmatik
aspektlarda bayon etadi. Lisoniy konsept va
uning lingvomadaniy aspektlari esa madaniy-
lisoniy aloqalarning ko‘p qirrali jihatlarini ifoda
etadi.
Jahon va o‘zbek tilshunosligida
frazeologik birliklarning milliy-madaniy
o‘ziga xos xususiyatlariga hamda til va
madaniyatning o‘zaro munosabatlariga