11
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI
BAYRAMI KUNI
she’rida ham yaqqol namoyon. She’r matnidagi
barcha so‘zlar ma’nodor va
ohang dorligi bilan uning
ta’sirchanligini oshiradi. Garchi qofiyalari arabcha-
forscha so‘zlar bo‘lsa-da, (xub-yaxshi, matlub-
talab qilingan, marg‘ub-yoqimli, mahbub-sevimli,
do‘st ma’nolarida qo‘llangan) ular o‘zbekcha so‘z-
iboralardek asosiy fikr va tuyg‘ularni kuchaytirib,
she’rning g‘oyaviy mazmunini yorqin ifodalashga
xizmat qiladi. So‘zni malham deb bilgan Navoiy
mazkur ruboiy matnidagi har bir so‘z, xatto
tovush-
ohangigacha e’tibor bergan. She’rdagi turkiy
“o‘lg‘il” so‘zini “bo‘lg‘il”shakliga xayolan almashtirib
ko‘raylik. Avvalo, ikki b undosh tovushi yonma-
yon qo‘llanishi talaffuzni og‘irlashtiradi, misralar
ritmiga, ohangdorligiga ham xalal beradi. Binobarin,
“ziynatlangan she’r” (Navoiy) matnidagi so‘zni,
xatto xarfni ham almashtirish mushkul. Bunday
ibratomiz misollarni ulug‘ shoir “san’atxonasi”dan
istagancha keltirish mumkin.
Navoiyning bunday mahorat saboqlari va
qutlug‘ an’analari keyingi asrlarda ham ko‘plab etuk
shoiru yozuvchilarimiz tomonidan muvaffaqiyatli
davom ettirildi. Ulug‘ so‘z san’atkorlarimizning
buyuk
xizmati yana shundaki, ular o‘zlarining
mumtoz badiiy asarlari bilan adabiyotimizni
yangi bir pog‘onaga ko‘tarish barobarida milliy
tilimiz ning boyishi va rivojiga ham beqiyos hissa
qo‘shdilar. Ustoz shoir va yozuvchilarlarning
adabiyotimiz xazinasidan o‘rin olgan asarlari
nafaqat hayotiy mazmuni va yorqin xarakterlari
bilan, balki ular o‘zbek tilimiz nafosati va boyligini
o‘zida mujassamlashtirganligi bilan ham alohida
ajralib turadi. Bu adiblarimiz ijodi o‘zbek tilimiz
rivojida qanchalik katta ahamiyat kasb etganini
quyidagi qiyosdan ham anglash mumkin. Ona
tilimiz sofligi va xalqchilligi yo‘lida izchil kurashgan
A.Qahhor turli yillarda yaratilgan asarlar tilidagi
keskin tafovut misolida tilimizda yuz bergan
ulkan o‘zgarishlarni shunday e’tirof etadi:”Hozirgi
adabiyotimizning darajasi va
mahorati kuchini
shu kungi va yaqin o‘tmishdagi tilimiz orasidagi
tafovutdan ham bilsa bo‘ladi. Furqatning 1891
yilda yozgan maktubidan bir parcha:”...xossa ul
siyodat panohi karim tab’ Muhiddinxo‘ja qoziykim,
holo nomlari qazo devonining debochasig‘a
tug‘rodur, tabiat lari fazilat ahlig‘a moyil ermish bir
do‘st vositasi birla shinosolig‘ muyassar bo‘ldi.”*
Bugungi adabiy til va uslubidan keskin farq qiluvchi
mazkur jumlalar murakkab va og‘irligidan tashqari
ular fors va arab tillaridan bexabar kitobxon uchun
deyarli tushunarsiz. Shu muqoyasadan ham
tilimizning tadrijiy rivojini tasavvur etsa bo‘ladi.
Ustoz adiblarimizning yetuk asarlari
tufayli tilimiz xalq hayoti va
ruhiga yaqinlashdi,
jonli so‘zlashuv nutqiga ham ko‘proq moslashib,
sayqal topdi, natijada tilimiz yanada sodda
2 Кибриё Қаҳҳорова. Чорак аср ҳамнафас. Т.:2007. 64-б.
va ravon bo‘lib borganligi hech kimda shubha
uyg‘otmaydi. Ayniqsa Navoiy, Bobur, Qodiriy,
Cho‘lpon, G‘.G‘ulom, Oybek, A.Qahhor, H.Olimjon va
Mirtemir, E.Vohidov va A.Oripov singari mashhur
adiblarimizning so‘z san’atidan ko‘proq
saboq
olishimiz ma’naviyatimizni behad boyitadi. Hayratli
bir jihat: ular o‘z asarlari, nutq-yozishmalarida
bo‘lsin, tilning qonun-qoidalari va uslub me’yorlarini
hech qachon buz magan. Bir misol: Cho‘lponning
“O‘zbegim” (1919) she’rida shunday satrlarni
o‘qiymiz: Qishloqda faqirlar kutadir
Kechada, kunduzda, saharda. Tilimizda sahar
so‘zining ma’nosi bilan bog‘liq tarzda “saharlik”,
“tong saharlab” va “saharda”
shakllari ham keng
ko‘llaniladi. Lekin Cho‘lponning o‘zbek tilimizning
fasohat va tabiatini va ichki boyish imkoniyatlarini
chuqur bilganligi va yuksak badiiy mahorati
tufayli “kechada”,”kunduzda” so‘zlari ham xuddi
avvaldan ishlatilib kelingan tub so‘z-iboralarday
tabiiy va erkin qabul qilinadi. Bunday misollar ham
adiblarimiz faxr bilan ta’kidlaganidek, tilimizning
olmos yanglig‘ serjilo, eng murakkab, eng nozik
fikr-tuyg‘ularni ham yaqqol ifodalash imkoniyati
kengligini ko‘rsatib turadi.
Ona tilimizning fidoiy jonkuyarlaridan biri
sifatida tan olingan Abdulla Qahhorning ham
betakror so‘z san’atkorligi hech kimda shubha
uyg‘otmaydi. Taniqli olimlar ta’kidlaganidek, ustoz
adiblarning so‘z qo‘llash san’ati o‘ziga xos bir
mahorat maktabidir. Bunday mavzu-muammolarni
badiiy matnning lisoniy xususiyatlari bilan bog‘liq
tarzda keng o‘rganish, ayniqsa, bugungi kunda
yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Qodiriy va Qahhorning adabiyot va
tanqidchilik muammolariga bag‘ishlangan biron
ta nutq yo maqolasi yo‘qki, unda adabiy tilimizning
beqiyos boyligi va bu bebaho merosi mizni asrab-
avaylab, kelgusi avlodlarga
etkazish xususida
jiddiy fikrlar bildirmagan bo‘lsin.. Mana- Abdulla
Qahhorning bundan 60 yillar muqaddam Chet
tillar pedagogika instituti- hozirgi Jahon tillari
univer siteti talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvdagi
nutqidan bir parcha:“ Sizlar institutni bitirgandan
keyin joylarga borib o‘quvchilarga ingliz, nemis,
fransuz, ispan tillarini o‘rgatasiz lar. Mening sizlarga
aytadigan eng zarur gapim shuki, sizlar boradigan
joylaringga chet tillar bilan birga birinchi nav batda
o‘z ona tilimiz-o‘zbek tiliga cheksiz muhabbat
tuyg‘usini olib boring lar! O‘zbek tili-g‘oyat boy,
nihoyat chiroyli, har qanday fikr va tuyg‘uni ifoda
qilishga qodir ekan ini amalda ko‘rsatinglar;
sizlar qaerda va qanday sharoitda ishlamanglar,
til madaniyatimizning mash’ali bo‘linglar!”
2
Bu
so‘zlar zamiridagi hayotiy ma’no,
olijanob maqsad
va tilak yangi O‘zbekistonimiz kelajagi bo‘lmish
bugungi yoshlarimiz uchun qimmatli dasturilamal