ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 12 bo‘la oladi. Ayni vaqtda, ular hazrat Navoiyning
shoirlarimiz o‘z ona tili-“turkiyda ko‘prak yozsalar
edi” degan asriy orzusi ham, eng avvalo, millati
mizning ma’naviy ehtiyoji va kamoloti bilan bog‘liq
ekanligini anglashimizga yordam beradi.
Ma’lumki, ulug‘ adib va mutafakkirlar
hamisha milliy tillari sofligi va ravnaqi uchun faol
kurashib kelganlar va bu bilan ham o‘zlarining
vatanparvarlik burchlarini ado etganlar. Abdulla
Qahhor uchun ham til hamisha adabiyot rivojining
asosiy sharti, omili bo‘lgan. “Adabiyot-bu til! Men
shu vaqtga qadar biror yozuvchi tilsiz, imo-ishoralar
bilan badiiy asar yaratganini eshitganim yo‘q”. Bu
muxtasar e’tirof orqali ham tilning nafaqat ijod
uchun, balki inson uchun bamisoli suv va havodek
aziz va qadrli ekanligi ta’kidlangan. Adibimizning bu
fikrini tilga bo‘lgan g‘oyat mas’uliyatli munosabati
va badiiy til haqidagi qarashlari mohiyatini
belgilovchi negiz deb qarash mumkin. Aslida,
bundan boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas.
Chunki til shunchaki tashqi bir bezak yoki libos
bo‘lib emas, balki asar mazmunining, yozuvchi
g‘oyaviy-estetik maqsadining badiiy ifodasi bo‘lib
yashaydi. Zotan, buyuk allomalar aytganlaridek,
til inson uchun non-suv va havodek tengsiz ruhiy
bir ne’mat, hayotiy ehtiyoj va bebaho milliy va
umuminsoniy qadriyatdir.
Ona tilimizning nufuzi va mavqeini ko‘tarishda
o‘z asarlari va adabiy-tanqidiy fikr va qarashlari
bilan faollik ko‘rsatayotgan ijodkorlar safi
kengayayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Atoqli
adiblar O.Yoqubov, P.Qodirov, O.Sharafiddinov,
E.Vohidov, shuningdek. T.Mirzo va E.Shukurlarning
turkum asarlari va taniqli olimlar imizning yirik
asarlari nomlari ham, mazmuni ham so‘z bilan
bog‘liq ekanligining o‘ziyoq ibratlidir. Zero, Til
millat qalbi va tafakkurining ko‘zgusi bo‘lganidek,
so‘z ham hayotiy va ma’naviy-ruhiy ehtiyoj matlabi
sifatida adabiyotda ham, eng avvalo, san’atkor
fikr-tuyg‘ularini ifodalash maqsadida qo‘llanadi.
“So‘zimni o‘qub bilgaysen o‘zimni” (Bobur)
deganlaridek, ijodkor shaxsi va tafakkur tarzi,
so‘z tanlash va qo‘llash mahorati- barchasi so‘zda
aks etib turadi. Bu jihatdan E.Vohidov ijodi va til
saboqlari alohida e’tiborga munosib. Darhaqiqat,
unutilgan so‘zlarimizni tiklash, borini boyitib
borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish
faqat tilshunoslarning emas, butun millatning
umumxalq ishidir. Tilga mehr-e’tibor ham
muqaddas burchimiz. Tilimiz boyligi xalq hayoti
va ko‘p asrli tarixiy ildizlariga bog‘liq. Xalq tili va
dilining tarjimoni bo‘lolgan mutafakkir-shoir katta
ishonch va g‘urur bilan aytganidek:
Notiq dedi:
“Taqdir shul, Bu jahoniy iroda, Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda. “Va’zingni qo‘y, birodar, Sen aytganing bo‘lmaydi. Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi” Erksevar va ma’rifatparvar xalqimiz qalbini oftob
yanglig‘ munavvar etib turgan yuksak ishonch
tilimiz, adabiyot va ma’naviyatimiz rivoji yo‘lida
tog‘day tayanch bo‘lgan qudratli zaminga-tarixiy
haqiqatga asoslangandir.”* O‘zligini anglayotgan
butun bir millatning xohish-irodasi va asriy
orzularini ifoda etgan tarixiy Farmonlar halqimiz
ongu tafakkuri, madaniyati va yosh avlod kamoloti
uchun nechog‘lik katta ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy-
estetik ahamiyatga ega ekanligi yillar o‘tgan sari
yaqqolroq namoyon bo‘lishi shubhasizdir. Ustoz
shoirlarimiz aytganidek, ona tili umummillat
mulkidir. Demak, til oldidagi ma’suliyat ham
umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson
o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Chunki
bir millatni yo‘qotish uchun uni qirib tashlash
shart emas, balki tili va tarixiy xotirasidan judo
qilish kifoya ekan. Zotan, adabiyot va she’riyatda
millatimiz va xalqimiz hayoti, orzu-umidi, tili va
tarixiy xotirasi mujassamdir.
Bu qismini qisqartish ham mumkin.
E’tirof etish lozimki, mumtoz
adiblarimizningmashhur asarlari tilini lingvistik,
lingvostilistik nuqtai nazardan o‘rganish bo‘yicha
ham qator ishlar amalga oshirildi va ular badiiy
matn tahlili rivojida munosib o‘rin tutadi. Lekin
rivojlanayotgan ilmiy texnik asr va kompyuter
lingvistikasi shoir va yozuvchilar ijodi, so‘z boyligi
va san’atkorligini o‘rganishga yangicha usullar
bilan yondashish zarurligini taqozo etmoqda.
Taniqli olimlarimiz I.Qo‘chqortoev, R.Qo‘ng‘urov,
S.Karimov, N.Mahmudov, Y.Solijonov, B.Mengliyev,
A.O‘rozboyev kabilarning tadqiqot arida
ta’kidlanganidek, davr talablar idan kelib chiqib,
adiblarimizning asarlari tilini mukammal o‘rganish
borasida ham tahlil metodlarini qayta ko‘rib chiqish
zarur bo‘ladi. Bugun u yoki bu shoir va yozuvchi
asarlari matnidagi obrazlilik namunalari bo‘lgan
bir necha til birligini ajratib olib, udarni tahlil qilish
zamonaviy tilshunoslik nutayi nazaridan yetarli
deb bo‘lmaydi. Zero, asarda qo‘llangan u yoki bu
til birligining yana boshqa ma’nolari badiiy matn
ostida yashirinib qolib kelayotgan bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan yana bir muammoga
e’tiboringizni qaratmoqchimiz. U yoki bu shoir
va yozuvchi ijodi yoxud muayyan bir asariga
bag‘ishlangan maqola va taqrizlarda, hatto yirik
monografiya va to‘plamlarda ham o‘sha ijodkorning
til mahorati va so‘z san’ati kabi jihatlarga etarli
e’tibor berilmaganligiga guvoh bo‘lamiz. Bunday
asarlarni, maqola yo taqrizlarni to‘laqonli asar
deb bo‘larmikin? Biznigcha, bu holat ham bugungi
tilshunoslik va adabiyotshunosligimizning muhim
vazifalaridan bo‘lishi lozim.
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI
BAYRAMI KUNI
13 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI
BAYRAMI KUNI