Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
20 
amaliyot turlari ham belgilangan, ya’ni: o‘quv 
(o‘quv-kasbiy), pedagogik, ishlab-chiqarish 
(o‘quv-loyihalash, ilmiy-tadqiqot), texnologik 
(tashkiliy-texnologik), bitiruv malakaviy 
ish oldi amaliyotlari
13
. M.N.Bulayevaning 
fikricha, o‘quv amaliyoti vaqtida talabalar 
dastlabki tajribalarni o‘zlashtiradilar
14
. Ishlab-
chiqarish amaliyoti davrida talabalar kasbiy 
modullarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan 
kompetensiyalarini rivojlantiradilar. Ishlab-
chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan maqsad 
talaba o‘zining bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ta’lim 
olish jarayonida turli fanlardan o‘zlashtirgan 
bilimlarini to‘ldiradi, mustahkamlaydi va 
tizimlashtiradi hamda o‘zlashtirilgan bilimlar 
va ko‘nikmalarini ta’lim jarayonlarini tashkil 
etishda qo‘llash uchun tajribalarga ega bo‘ladi. 
Ishlab-chiqarish amaliyotini o‘tash vaqtida 
talabalar o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi 
muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlari, 
ularning tuzilmasi va tashkil etuvchi elementlari 
va boshqalar haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Bitiruv malakaviy ish oldi amaliyoti bu-talaba 
texnologik kompetentligini shakllantirishning 
so‘nggi bosqichi bo‘lib, bunda talabaning 
mustaqil ishlay olishga tayyorligi tekshiriladi. 
Bu amaliyotni ijobiy o‘tash texnologik ta’lim 
pedagogining o‘z kasbiy faoliyatini amalga 
oshirishga mos kelishini anglatadi. Demak, 
bo‘lajak texnologik ta’lim pedagogining amaliy 
tayyorgarlik darajasi uning amaliyotlarni 
o‘tash davrida qo‘yilgan vazifalarni bajara olish 
va amaliyotning turli bosqichlarida kasbiy 
vazifalarni bajara olish sifatiga ko‘ra aniqlanadi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, amaliyot 
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning 
eng muhim usuli hisoblanadi. Bundan shuni 
anglash mumkinki, amaliyotni o‘tash vaqtida 
talaba mustaqil ravishda biluv faoliyatini 
amalga oshiradi, kasbiga oid yangi ko‘nikma 
va malakalarni egallaydi, yangi sharoitlarga 
moslashadi va faoliyatining maqsadidan 
kelib chiqib berilgan vazifalarni bajaradi. 
Ta’lim jarayonlarida amaliy mashg‘ulotlar va 
ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishdan maqsad 
nazariy o‘qish vaqtida olingan bilimlar
ko‘nikmalar va malakalarni umumlashtirish va 
mustahkamlash. Bu oliy ta’lim muassasalari 
talabalarining kasbiy-amaliy tayyorgarligiga 
qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘ziga 
xos xususiyatlarini namoyon etadi, buning 
13 Алешугина Е.А., Кутепова Л.И., Белоусова Г.А. Технологии организации контактной самостоятельной работы в вузе // Балтийский гуманитарный журнал. – 2019. – Т.8. - 
№1(26). – С. 253-255.
14 Булаева М.Н., Ваганова О.И., Иляшенко Л.К. Проектирование образовательных технологий при обучении студентов профессиональной образовательной организации // 
Проблемы современного педагогического образования. – 2019. - № 63-3. – С. 13-17.
15 Мухаметзянова Ф.Ш., Шайхутдинова Г.А. Инновационные принципы в подготовке педагогов профессионального обучения // КПЖ. – 2012. - №1(91). – С. 33-38.
16 Раджабалиев Г.П., Гаджикурбанов Г.М. Кейс-технологии в изучении дисциплины «Схемотехника и цифровая электроника» будущими педагогами профессионального 
обучения // Известия ДГПУ. Психолого-педагогические науки. – 2014. -№ 2 (27). – С. 29-32.
evaziga talabalarda umummadaniy, kasbiy va 
boshqa kompetensiyalarning shakllanishiga 
zamin yaratadi. F.Sh.Muxametzyanovaning 
fikricha, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, kurs ishi 
va loyihalarini bajarish vaqtida talabada 
ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan juda muhim ko‘nikmalar, ya’ni 
zarur va ishonchli ma’lumotlarni izlab topish, 
tanqidiy fikrlash, muammoni belgilab olish va 
uning yechimi bo‘yicha vazifalarni aniqlash
tahliliy ma’lumotlar to‘plash kabi ko‘nikmalar 
shakllanadi hamda ilmiy-tadqiqot bilan 
shug‘ullanuvchi talabaning har tomonlama 
rivojlanishi sodir bo‘ladi
15
. Amaliyotni 
o‘tash vaqtida talabalar kasb-hunar ta’lim 
muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini tahlil 
qiladilar, o‘quv-loyihalash faoliyatni tadqiq 
qiladilar, ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan 
va kasbga yo‘naltirilgan texnologiyalari 
va metodikalarini o‘rganadilar va amalga 
oshiradilar hamda texnologik ta’limning 
o‘quv-kasbiy, ijtimoiy-tarbiyaviy va o‘quv-
ishlab-chiqarish sohasidagi muammolarni 
aniqlab oladilar. O‘quv-kasbiy, ijtimoiy-
tarbiyaviy, o‘quv-ishlab-chiqarish faoliyatiga 
oid tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadilar, 
o‘rta bo‘g‘in xizmatchilarini umumkasbiy va 
kasbiy tayyorlash bo‘yicha o‘quv materiallari 
mazmunini loyihalaydilar, o‘quv, o‘quv-kasbiy 
va ijtimoiy-tarbiyaviy loyihalarni yaratadilar
16

Amaliyot davrida talabalar belgilangan 
dasturni bajaradilar, kundalik daftar 
yuritadilar, shaxsiy rejalar ishlab chiqadilar, 
tahliliy ma’lumotlar to‘playdilar, ta’lim 
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv 
mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar va o‘tkazilayotgan 
o‘quv mashg‘ulotlarini tahlil qiladilar. Amaliyot 
rahbari maslahat va ko‘rsatmalar berib boradi 
hamda berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida 
bajarilishini nazorat qiladi. Amaliyotning 
yakuniy bosqichida talabalar tomonidan 
tayyorlangan hisobotlar tahlil qilinadi va 
xulosalar chiqariladi. Talabalar tomonidan 
har xil amaliyotning o‘talishini nazorat qilish 
va ularning faoliyatini boshqarib turish 
maqsadida mas’ul kafedra tomonidan 
talabalarning amaliyot o‘tash vaqtidagi ta’lim 
faoliyatini kuzatish, belgilangan amaliyot 
oldidan amaliyotchi talabalarga yuklatilgan 
vazifalarning bajarilishini nazorat qilish, 
amaliyot o‘tovchi guruhlarga rahbarlik qiluvchi 
pedagoglardan amaliyotning ahvoli haqida 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


21 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
ma’lumotlar to‘plash, amaliyot bo‘yicha 
olingan natijalarni muhokama qilish uchun 
guruhlar tuzish va amaliyot yuzasidan 
tajribalar almashish kabi usul va metodlardan 
foydalaniladi. 
Texnologik ta’lim pedagogining 
texnologik kompetentligini shakllantirishda biz 
tomonimizdan tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan 
va faoliyatiy yondashuvlar tanlab olingan edi. 
Tizimli yondashuv ijobiy natijaga erishish 
imkonini beruvchi, izchillikni ta’minlovchi 
ta’lim jarayonining mantiqiy ketma-ketligini, 
qonuniyatlarini va tamoyillarini hisobga olgan 
holda texnologik kompetentlikni shakllantirish 
zaruratini belgilab beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan 
yondashuv qo‘llanilganda texnologik va kasbiy 
kompetentlikni shakllantirishning ajralmas 
elementlari sifatida shaxsning qadri, uning 
ehtiyojlari va manfaatlari hamda shaxsiy 
fazilatlarini hisobga olish haqida so‘z yuritiladi. 
Texnologik ta’lim pedagogining shakllanishi 
faqat faoliyatda, talabalar tomonidan 
belgilangan operatsiyalarni amalga oshirish 
jarayonida sodir bo‘lishi sababli, amaliyot biz 
tomonimizdan talabaning kasbiy sharoitlarga 
imkon qadar yaqin bo‘lgan faoliyat turi sifatida 
qayd etildi. Bu yerda u ta’lim texnologiyalarini 
o‘zlashtirganlik ko‘nikmalarini namoyon eta 
olish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa talabada 
texnologik kompetentlikning yuqori darajada 
shakllanishiga zamin yaratadi. Umumiy 
qilib aytganda, amaliyot har qanday soha 
mutaxassisi kasbiy tayyorgarligining eng 
muhim tarkibiy qismlaridan biridir. U talabaga 
o‘zida mavjud bilim va tajribalarni kasbiy 
faoliyatida amalga oshirish imkonini beradi. 
Talabada texnologik kompetentlikning 
shakllanganlik darajasini aniqlash ham faqat 
amaliyot davrida amalga oshirilishi mumkin. 
Pedagogik amaliyotni o‘tash jarayonida 
talabalar nazariy va ishlab-chiqarish ta’limi 
bo‘yicha bir necha mashg‘ulotlar, shuningdek
sinfdan tashqari tadbirlar, sinf soatlari, debatlar, 
tanlovlar, o‘yinlar va boshqalarni o‘tkazadilar, 
bu esa talabaning pedagogik texnologiyalarni 
o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash imkonini 
beradi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin