Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
16 
va ichki olami qalb, jon, vijdon konseptlari 
asosida tahlil etiladi va bu tushunchalarning 
konseptuallashuvini: ranglar: dili qora – tili 
qora; ko‘ngilning olasi – xudoning balosi; 
musaffolik: ko‘ngli toza; dili pokning ishi – pok; 
makon: yo‘l uzoq, ko‘ngil yaqin; ko‘ngil torligi 
– xorlik; geometrik figura: dili to‘g‘rining yo‘li 
– to‘g‘ri; dili qing‘irning tili – qing‘ir; qushlar: 
ko‘ngil qanoti osmondan katta; bino-inshoot: 
g‘aribning ko‘ngli – tangrining uyi; ming 
Makkadan bir ko‘ngil imorat yaxshi; artefakt: 
qiz ko‘ngli qizigan tandir; jarohat: qozon qorasi 
ketar, dil yarasi ketmas; ko‘ngilning qolishi, 
shishaning sinishi; tabiat hodisasi: ochiqning 
ko‘ngli – yorug‘, oyog‘ida xon chorig‘; inson 
qalbi quyoshdan yorug‘; o‘simliklar: inson 
joni – toshdan qattiq, ko‘ngli guldan nozik 
kabi assotsiativ –obrazli metodlar asosida 
namoyon bo‘ladi.
Emotsional konseptlar emotsiya 
subyektning holatini va uning obyektga 
munosabati, emotsiyalarning ijobiy va salbiy 
belgilari asosida talqin etiladi. Emotsiyada 
ijobiy va salbiy qutblar, jumladan, qizg‘inlik va 
keskinlikni yumshatish, hayajon va tushkunlik 
kabi qutblar tavsiflanadi. Shuningdek, keskinlik, 
hayajon va ularning zidlari differensiyalanadi. 
Hayajonli quvonch - tinch quvonch - qizg‘in 
quvonch; keskin qayg‘u - to‘lib toshgan 
qayg‘ular- hayajonli qayg‘u va tinch qayg‘u 
(melanxoliya) va boshqalar. 
Emotsional jarayonlarni bilish 
jarayonlariga qarama-qarshi qo‘ymasdan 
bo‘lmaydi. Inson emotsiyalari individning 
konkret hayoti va faoliyati komponentlariga 
bog‘liq ravishda o‘zida emotsional va 
intellektual, kognitsiya jarayonlari yaxlitligini 
namoyon qiladi. Tahlillar inson ijobiy 
emotsiyasidan ko‘ra salbiy emotsiya miqdoriy 
ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Salbiy emotsiyalarga 
g‘azab, qayg‘u, qo‘rquv va uyat guruhi 
kiritilsa, ijobiy emotsiyalar guruhiga quvonch 
konnotatsiyasini tasvirlovchi, tarkibida qayg‘u 
leksemasini saqlovchi devorni nam yiqitar, 
odamni – g‘am; issiq cho‘pni quritar, qayg‘u 
erni qaritar; zang temirni kemirar, g‘am-odamni; 
qayg‘u – umr egovi; yuragi to‘lganning yig‘isi 
ko‘p kabi proverbial frazeologizmlar tashkil 
etadi. 
Turg‘un birikmalar Oq uy, Oq saroy, 
Nikoh uyi, o‘qituvchilar uyi; fotosuratlar uyi; 
bolalar ijodiyot uyi; ofitserlar uyi; matbuot 
uyi; madaniyat uyi; dam olish uylari; nashriyot 
– matbaa ijodiy uyi, Bolsyur ijodiyoti uyi; 
Xushvaqtboy uyi, Sibelius uy-muzeyi, Avaz 
O‘tar uy-muzeyi, qariyalar uyi, mehribonlik uyi, 
bolalar uyi, mebellar uyi, O‘zbek-Xitoy savdo uyi 
kabilar frazeologik sathdagi birliklar sifatida 
o‘rganilishi lozim.
Xulosa shuki, xalqlarning milliy o‘zligini 
anglashi, milliy ong va tafakkurdagi o‘zgarishlar 
va uning tildagi in’ikosi konsept mohiyatini 
tushunish orqali o‘zbek tiliga xos olamning 
lisoniy manzarasini yanada yaqqol tasavvur 
qilish imkoniyatini yaratadi. 
Frazeologik birliklarning milliy-madaniy 
xususiyatlari lisoniy, etimologik, kognitiv-
semantik va kognitiv-pragmatik tahlili, 
konseptuallashuvi frazeologik birliklarda 
shakllanish va kognitsiya jarayonlarini ochib 
berishga imkon beradi. 
O‘zbek milliy-madaniy dunyoqarashining 
frazeologik sathdagi chuqur ilmiy tahlili 
frazeologik birliklarning semantik-
funksional, grammatik xususiyatlarini yanada 
faollashtirish, xalqimizning iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, madaniy-ma’naviy hayoti, etnik kelib 
chiqishi kabi jarayonlarni batafsil o‘rganish 
imkonini beradi va ilmiy-amaliy ahamiyat kasb 
etadi.
O‘zbek tiliga xos olamning lisoniy 
manzarasini tasavvur qilish, frazeologik 
birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini 
lisoniy, etimologik, kognitiv-semantik va 
kognitiv-pragmatik o‘rganish, inson moddiy 
va botiniy olam konseptlarining frazeologik 
birliklarda shakllanish va kognitsiya 
jarayonlarini ochib berish, frazeologik 
birliklarning milliy-madaniy belgilari, ichki va 
tashqi xususiyatlari namoyon bo‘lishiga, lisoniy 
konseptlar tadqiqi olamning milliy lisoniy 
modelini yaratishga imkon beradi. O‘zbek tili 
frazeologik birliklarning semantik-funksional, 
grammatik xususiyatlarini aniqlash, orfografik 
tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish va ilmiy 
tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy ma’lumotlar 
beradi. O‘zbek tilini o‘qitish bo‘yicha yaratilajak 
darslik va qo‘llanmalar, hozirgi o‘quv hamda 
izohli lug‘atlarning mukammallashuvi uchun 
xizmat qiladi.
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI 
BAYRAMI KUNI


17 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin