19 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son pedagogik jarayonlarni o‘zgartirishga
qaratilgan bilimlar, ko‘nikmalar va usullar
majmuasi bo‘lgan texnologik kompetentlik
tushunchasini kiritish zarurligini ko‘rsatib
o‘tgan
8
. E.Bachivanning fikriga ko‘ra, ta’lim
faoliyatini amalga oshirishda qo‘llaniladigan
ko‘nikmalarning eng samarali va ijobiylari
pedagogning texnologik kompetentligiga oid
bo‘lgan ko‘nikma va malakalar hisoblanadi
9
.
Ilmiy adabiyotlar tahlili natijasida
olingan ma’lumotlarga asoslanib texnologik
kompetentlikning quyidagi ta’rifini keltirish
mumkin: -texnologik kompetentlik bu –
pedagogning ta’lim oluvchilarni tayyorlashda
eng mahsuldor natijalarga erishishni
ta’minlash uchun o‘z kasbiy faoliyatida amalga
oshiradigan ma’lum bir ta’lim texnologiyalari
majmuini o‘zlashtirish darajasi demakdir.
Texnologik kompetentlikni shakllantirish
bo‘yicha olib borilgan ishlarning metodologik
asosi sifatida shaxsning kasbiy shakllanishi
konsepsiyasidan foydalaniladi, unga ko‘ra
shaxs kasbiy shakllanishining negizi – uning
ta’lim olish jarayonida rivojlanishi, o‘z kasbini
puxta o‘zlashtirishi va o‘z kasbiy faoliyatini
samarali amalga oshirishga tayyorligi
tushuniladi. Texnologik ta’lim pedagogi
texnologik kompetentligining shakllanish
tizimini yaratishning asosi sifatida tizimli,
shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatiy kabi
nazariy-metodologik yondashuvlar xizmat
qiladi. Texnologik ta’lim pedagogining
o‘zining bo‘lg‘usi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini
tayyorlashdagi faoliyatini tashkil etish
va amalga oshirishida ko‘maklashuvchi
fazilatlarining shakllanishi asosan talabalar
tomonidan muayyan vazifalarni amalga
oshirish jarayonidagi faoliyatda sodir bo‘ladi,
uning texnologik kompetentligi faqatgina
faoliyati davomida shakllanadi.
Texnologik kompetentlikning
shakllanishi tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan
va faoliyatiy yondashuvlar asosida amalga
oshadi. Tizimli yondashuv talabalarga
yaxlit ishlab chiqilgan tuzilma va yaratilgan
tizim doirasida kompetentlikni bosqichma-
bosqich o‘zlashtirish imkonini beradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv har bir
talaba shaxsining salohiyatini ochib berishga
qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil etishga
va ta’lim jarayonini individuallashtirishga
imkon beradi. Texnologik kompetentlikning
8 Манько Н.Н. Когнитивная визуализация – базовый психолого-педагогический механизм дидактического дизайна // Вестник Учебно-методического объединения по профессионально-педагогическому образованию: специализированный выпуск. – Екатеринбург, 2007. – Вып. 2(41). 9 Bahcivan E., Gurger M.D., Yavuzalp N. et fl. J Sci Educ Technol. – 2019. – 28. – P. 579. – URL: https://doi.org/10.1007/s10956-019-09788-6. 10 Mishra P. & Koehler M. J. (Technological pedagogical content knowledge: a framework for integrating technology in teacher knowledge // Teachers College Record. – 2006. – 108(6). – P. 1017-1054. 11 Pometun O.I. & Gupan N. M. Studying history as an educational spase of students’ critical thinking development // Humanitarian Balkan Research. – 2018. №1. – P. 60-63. 12 Rees Lewis D.G., Gerber E. M., Carlson S. E. et al. Education Tech Reseaech Dev. -2019. – 67. – P. 953. – URL: https://doi.org/10.1007/s11423-019-09673-4. faqat faoliyat davomida shakllanishidan
kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki,
texnologik ta’lim pedagogini tayyorlashda
eng muhim element amaliyot hisoblanadi.
Faoliyatiy yondashuvning amalga oshishini biz
talabalarning amaliyotlarni o‘tash jarayonlarida
kuzatishimiz mumkin.
P.Mishraning fikriga ko‘ra,
ta’lim texnologiyalarining mohiyatini
nazariy o‘rganish, ularning toifasiga
ko‘ra yondashuvlarni tanlash, ayrim
texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini
o‘zlashtirish ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar
davomida amalga oshirilsa, talabaning taqdim
etilgan ma’lum bir texnologiyalarni o‘zlashtirish
darajasini o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
muassasalarida pedagogik amaliyotni o‘tash
orqali aniqlash eng to‘g‘ri va maqsadga
muvofiq hisoblanadi
10
. Chunki bu turdagi
amaliyotni o‘tash davomida talabalarning
o‘zlari o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar va
pedagogik jarayonni tashkil etadilar
11
. Ishlab-
chiqarish texnologik va psixologik nuqtayi
nazardan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan
talabalar ishlab-chiqarish, o‘quv va pedagogik
amaliyotlarni o‘tash vaqtida bo‘lg‘usi kasbiy
vazifalarini samarali amalga oshirish, o‘quv
mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishlariga to‘sqinlik
qilishi mumkin bo‘lgan turli ta’lim texnologiyalari
va yondashuvlardan foydalanishda ayrim
muammolar va qiyinchiliklarga duch kelishlari
mumkin. Amaliyot davomida talabalar ta’lim
jarayonida egallangan bilim va ko‘nikmalarni
namoyon etish bilan birga, egallangan
ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llaydilar, zero
hozirgi vaqtda texnologik va boshqa har
qanday kompetentlikning shakllanganligini
tekshirish talaba tomonidan egallangan
bilim va ko‘nikmalarning o‘zaro bog‘liqlikda
va integratsiyalashuvini ta’minlash orqali
amalga oshirish mumkin
12
. Pedagogik
amaliyot doirasida talabalarning o‘zlari nazariy
va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadilar,
shuningdek auditoriyadan tashqari ish o‘yinlari,
debatlar boshqa mashg‘ulotlarni o‘tkazadilar.
Darhaqiqat, texnologik kompetentlikni
shakllantirish va o‘zlashtirish, asosan,
talabalar tomonidan turli amaliyotlarni o‘tash
davrida sodir bo‘lishi aniqlangan va davlat
ta’lim standartlarida va o‘quv rejasida bo‘lajak
texnologik ta’lim pedagoglarini tayyorlashda
ular tomonidan o‘tashlari lozim bo‘lgan
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM