Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
14 
oid ilmiy va amaliy tadqiqotlar yaratilgan. 
Ta’kidlash lozimki, frazeologizmlarning 
lisoniy madaniyatshunoslik doirasida 
o‘rganish natijalari tahlili asosida 
lingvomadaniyatshunoslikning integrativ 
mustaqil fan sohasi ekanligi e’tirof etiladi.
Tilshunoslik tarixida til va madaniyatning 
o‘zaro munosabati birinchidan: til 
madaniyatning oddiy in’ikosi, ikkinchidan: tilni 
madaniyat, falsafa va psixologiyaning negizi, 
ya’ni tilning madaniyatga ta’sirini birlamchi 
deb hisoblaydigan hamda uchinchidan: 
til – biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan 
madaniyatning tarkibiy qismi, til – biz uning 
yordamida madaniyatni o‘zlashtirishimizdagi 
asosiy vosita va nihoyat til – ruhimiz voqeligi 
kabi uch yondashuv e’tirof etiladi.
Bunda lingvistika va madaniyatshunoslik 
paradigmalari kesishmasida paydo bo‘lgan 
lisoniy madaniyatshunoslik fanining 
mohiyati til, mentalitet va madaniyat 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tabiatini 
ochib berish hisoblanadi. Olamning lisoniy 
manzarasini hosil qiluvchi verballashgan 
ruhoniy va moddiy madaniyat tadqiqi lisoniy 
madaniyatshunoslikning predmeti hisoblanadi. 
Lingvokulturologiya – bu lingvistika va 
madaniyatshunoslik kesishmasida paydo 
bo‘lgan va tilda aks etgan, mustahkamlangan 
xalq madaniyatlari ko‘rinishlarini tadqiq 
qiluvchi fandir. Lisoniy madaniyatshunoslik 
etnolingvistikaning bir tarmog‘i emas, balki 
lingvistika va madaniyatshunoslikning 
o‘zaro kesishma nuqtasida paydo bo‘lgan 
majmuaviy ilmiy mustaqil fan sohasi bo‘lib, til 
+ inson + madaniyat fenomenlarining o‘zaro 
munosabatlarini o‘rganadi, ya’ni tildagi madaniy 
omil va insondagi lison omillariga yo‘nalgan, 
madaniyat til prizmasi orqali tavsiflanadi, ya’ni 
til madaniyatni fiksatsiyalovchi va namoyon 
etuvchi vosita sifatida o‘rganiladi. Tilshunoslar 
lisoniy madaniyatshunoslikning predmeti 
sifatida “til va madaniyatning o‘zaro ta’sir 
usullari va sinxron harakatdagi vositalarni 
tadqiq qilish va tavsiflash”
3
dir, – deb e’tirof 
etadi. Til milliy ong, milliy tafakkur, milliy 
madaniyat, milliy ma’naviyat, milliy mentalitet, 
milliy xarakter kabi tushunchalarning 
3 Телия В.Н. Русская фразеология: семантико-прагматический и лингвокультурологический аспекты. М.:2009.-218 с.
negizini tashkil etadi, tilsiz ularning mohiyati 
barqaror bo‘la olmasligini ochib berish ham 
lingvomadaniyatshunoslik fanning asosiy 
maqsadidir. 
Olam lisoniy manzarasi va til shaxsining 
milliy o‘ziga xos xususiyatlari olam manzarasi 
«kishining ongiga bog‘lanmagan real yoki 
ehtimoliy voqelikga nisbatan subyektning fikri 
va bilimlar majmui» bo‘lsa, olamning lisoniy 
manzarasi bizni o‘rab turgan olamdagi moddiy 
va nomoddiy obyektlarning til vositasida 
moddiylashib va badiiy tavsiflanib, yaxlit 
gavdalangan shakli ekanligi anglashiladi. 
Lisoniy madaniyatshunoslik lisoniy konseptlar 
shakllanishida madaniyat, madaniy 
mazmunning birikishi, madaniy ma’no tavsifi 
hamda tadqiqot usullari bilan shug‘ullanishi 
lozim. Olam lisoniy manzarasi borliqdagi 
predmet va hodisalarning til vositalari bilan 
milliy-madaniy qayta in’ikos etilgan lisondagi 
yaxlit tasviridir. 
Tilning milliy madaniyat bilan aloqasini 
o‘rganuvchi lingvokulturologiya sohasida 
samarali ishlar olib borilishiga qaramay, 
etnosning moddiy-ma’naviy tamaddunida aks 
etgan milliy ong, tarixiy tajriba, dunyoqarash, 
tafakkur, milliy mental xoslanishni 
namoyon etuvchi frazeologik birliklarning 
lingvokulturologik tadqiqi doirasida izlanishlar 
yetarli darajada amalga oshirilmadi. Zotan, har 
qanday milliy tilning leksiko-frazeologik qatlami 
diaxron va sinxron jihatdan etnomadaniy 
aspektda tavsiflanmas ekan, uning milliy til 
bilan munosabatlari haqida batafsil fikr bildirib 
bo‘lmaydi.
Frazeologik birliklar asrlar davomida 
shakllanib, xalq tarixini, madaniyatini, turmush 
tarzini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lib 
kelgan va bu omillarning semantik tabiatini, 
boshqa tillarda muqobili uchramaydigan 
mental ko‘rinish va shakllarini lingvokulturologik 
tamoyillar asosida ilmiy tadqiq etish hozirgi 
zamon tilshunosligining dolzarb masalasidir.
Til mohiyatini olamning lisoniy manzarasi 
nuqtayi nazaridan tadqiq etish, til va madaniyat 
munosabati, milliy mentallikni anglash aynan 
til mohiyatini, uning kommunikativ vazifasini 
chuqur va ilmiy o‘rganish ham muhimdir.
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI 
BAYRAMI KUNI



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin